3.4.1.-jadval
Tadbirkor va menejer o`rtasidagi tafovutlar
Faoliyat turlari
Tadbirkor
Menejer
Strategik yo`nalish
Asosiy harakatlantiruvchi kuch –
istiqbolli
imkoniyatlardan
foydalanish
Asosiy harakatlantiruvchi
kuch
–
mavjud
resurslardan foydalanish
Maqsadlarni
amlaga oshirish
Inqilobiylik – keskinlik asosida
tezlik bilan natijaga erishuv
Evolyutsion
usullar
–
uzoq istiqbolni ko`zlash
Resurslarni
ishga
solish
Keng tomonli, iloji boricha erkin
harakat imkonini saqlash
Bir qadamlilik, qo`yilgan
vazifaga atalgan fondlarni
birdaniga qo`lga kiritish
Resurslarni
jalb
etish shakllari
Ijara va zarur resurslarni vaqtincha
jalb etishning boshqa shakllari
Resurslarni o`z mulkiga
aylantirish va ishlovchilar
sonini ko`paytirish
Tashkiliy struktura
Gorizontal, norasmiy aloqalardan
foydalanish
Rasmiylashgan bog`liqlik
aloqalari
Jadvaldagi taqqoslashga e’tibor bersak, xo`jalik faoliyati tadbirkor va
menejerning xususiyatlari va bir-birlaridan asosiy tomonlar bo`yicha katta, hattoki
qarama-qarshi tafovutlar borligini kuzatish mumkin. Keltirilgan eng muhim tomonlar
shuni ko`rsatadiki, hayot tadbirkorlik va menejerlar uchun turli talablar qo`yadi.
Strategik nuqtai nazardan tadbirkor, avvalo yangi imkoniyatlar axtarishga
intiladi. Bu ayniqsa daromad pasaya borishi, texnologiyaning tez almashuvi,
iste’molchi talabining o`zgara borishi, ijtimoiy talablarning o`sishi tufayli siyosiy
ko`rsatmalarning yangilanishi sharoitlarida juda sezilarli darajada bo`ladi. Agarda
faqat rejani bajarish va resurslardan foydalanish samaradorligini hisoblash yo`nalishi
bo`lsa, tadbirkorga nisbatan ma’muriyatchi menejer qo`l keladi.
90
Maqsadlarni amalga oshirishni olsak, bunda ham ular tubdan farqlanadilar.
Tadbirkor masalani o`rnida hal qilishi, juda tezlik bilan choralar qo`llashi,
maslahatlashib o`tirmay, zudlik bilan aniq bir fikrga kelishi, xatarli yo`l tanlashi
kerak. Menejer esa, aksincha, yangi ish tarafdori bo`lmay, ko`ngilsizlik bilan
kirishadi va kirishsa ham hech o`zgarishlarga yo`l qo`ymay, ishga zarar keltiradi.
Resurslardan foydalanishda ham shunday holatga duch kelamiz. Tadbirkor ish
davrlari va ma’lum maqsadga erishuviga qarab vaqti-vaqti bilan yangi-yangi
resurslarni ishga solib boradi. Bu albatta qiyin jarayon, chunki investor, kreditchilar
bilan hal qilinadi. Menejer esa resurslarni ishning ayrim qismlarini ko`zlab emas,
balki jarayonlarni boshidan oxirigacha ko`zlab oladi.
Resurslarni ishga solishda ham ularning harakatlari boshqachadir.
Menejerning ish haqi real foydalanilayotgan resurslarga bog`liq bo`lgani uchun
resurslarni ko`paytirishga, fondlarni kengaytirishga urinadi. Korporatsiyaning ichki
qoidalari, mavjud xo`jalik va moddiy qiziqish ma’muriyatchi-menejerning ijara va
boshqa resurslarni vaqtincha jalb etish usullarini qo`llamaslikka undaydi. Tadbirkor
uchun, aksincha, doimo pul yetishmaydi, yangi jihozlarga to`xtovsiz ehtiyoj tug`ilib
turadi. Juda tezkorlik, chaqqonlik, xatarlilikka moyillik kuchli bo`lib, zaruriyatga
ko`ra ijara va resurlardan vaqtincha foydalanishning boshqa turlarini qo`llash ehtiyoji
tadbirkorda kuchli bo`ladi.
Keyingi taqqoslash tashkiliy tuzilmaga oid bo`lib, menejer mavjud tuzilma
tarafdoridir. Bu bir-biriga bog`liq tepadan-pastga qaratilgan tashkiliy tuzilmadir.
Bunday sharoitda boshqaruv nazariyasining o`zi vakolatlik va javobgarlikni juda aniq
belgilanishini talab qiladiki, bundan og`ish menejer uchun ma’qul bo`lmaydi, uning
moddiy taqdirlanishi ham topshirilgan vazifaning to`la va aniq bajarilishiga
bog`liqdir.
Tadbirkor bilan menejer o`rtasidagi umumiylik deganimizda mohir
tashkilotlilik, boshqaruvchanlik, tashabbuskorlik, mas’uliyatchilik, jonkuyarlik kabi
xususiyatlarni keltirish mumkin. Bular, albatta juda muhim ijobiy tomonlardir. Lekin
ish muvaffaqiyati uchun, yuqori samara natija uchun bular yetarli emas.
91
Tadbirkordan qo`shimcha ravishda to`xtovsiz yangilik tarafdori va u boridan
qoniqmaydigan,
tezkorlik,
xatarlilik,
o`ta
javobgarlilik,
to`la
mustaqillik
xususiyatlariga ega bo`lishi talab etiladi. Tadbirkorda ijodkorlik va ijrochilik
mujassamlashsa, menejerda ijrochilik ustun keladi.
Bularning asosida mustaqil harakat negizi yotadi. Tadbirkor, bilamizki,
kapital egasi, korxona boshlig`i. Shuning uchun ham kapital harakati to`lig`icha
tadbirkor ixtiyoridadir. Bu esa unga to`la mustaqil ish tutish imkonini beradi va u
harakatidagi kapital yo`nalishini belgilash, yo`nalishini o`zgartirishda to`la
huquqlidir. Korxona faoliyatidagi vazifani tadbirkor belgilaydi va u korxona ishi
uchun to`la javobgardir.
Menejer esa yollanuvchi, u ma’muriyatchi, ya’ni yo mudir, direktor, yo
boshqaruvchi. Shuning uchun ham unga xos narsa masalani hal qilish, yangi
yo`nalishlar, umumiy vazifalarni belgilash emas, balki asosan ijro etish va mavjud
belgilangan vazifalarni o`z vaqtida to`la bajarishdir. Demak, umumiy farq shuki,
tadbirkor mustaqil ish olib boruvchi bo`lsa, menejer ijrochidir.
Bu taqqoslash, umumiy xususiyatlarni aniqlashda qaratilgan fikrlardir.
Bundan istisno holatlar ham mavjuddir. Aytaylik, menejerlar ichida shundaylari
borki, yollanuvchi bo`lishiga qaramay tadbirkorning vazifalarini ham bajaradi. Bu
ko`pinchi yirik korxonalar, korporatsiyalar boshqaruvchilariga taalluqli bo`lib, ularda
mustaqillik darajasi va javobgarlik yuqori bo`ladi. Oladigan daromadlari ham shunga
monand; juda yuqori ish haqi oladilar va katta boylikka ega bo`ladilar, mavqelari ham
shunga qarab yuqori bo`ladi. Bunday talantli boshqaruvchi – menejerlar juda
qadrlanib, tadbirkorlar ular bilan hisoblashadilar. Shuningdek, menejerlik qobiliyati
past bo`lgan tadbirkorlar ham bo`lb, asosiy ishni mustaqil ish olib borib, deyarli
tadbirkorga xos xususiyatlarga ega bo`lgan boshqaruvchilarga yuklaydilar. Chunki
bunday tadbirkorlar o`z vazifalarini chegaralaydilar.
Ijodkor-kashfiyotchi, konstruktorlar bilan tadbirkorni taqqoslasak, albatt
atadbirkorning ustunligini ko`ramiz. Chunki kashfiyotchi yangilik ochish bilan
chegaralanadi va shu bilan uning vazifasi tamom bo`ladi. Yangilikni hayotga tadbiq
qilish, ishlab chiqarishga singdirishga qurbi yetmaydi. Yangilikni ishga solish, undan
92
foydalanish tadbirkorning qo`lida va ixtiyorida bo`ladi, kashfiyot tadbirkor faoliyati
tufayligina amalda qo`llanilishi mumkin.
Tadbirkor o`ziga xos xususiyatlar, shaxsiy sifatga ega bo`lib, har bir
mamlakatning katta milliy boyligini tashkil etadi. Shuning uchun ham yuqori darajali
barcha xususiyatlarga ega bo`lgan tadbirkorlikni shakllantirish o`tish davrini
boshidan kechirayotgan respublikamiz uchun zaruriyatdir.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida mayda tadbirkorlikning
ta’siri va ahamiyati kattadir. Har bir mustaqil faoliyatli fuqaro o`rnini biznesda sinab
ko`rishga urinadi. Shuning uchun ham tadbirkorlik eng ommaviy va keng tarmoqli
xolatdir. Bu to individual, oilaviylikdan tijoriy tashkilot darajasigacha bo`lishi
mumkin. Lekin eng muhim tomoni shuki, bu ko`p bo`lmagan va oz sonli yoki o`rta
miqdordagi ishlovchilardan iborat bo`lib, bular kichik va o`rta tadbirkorlik
mazmunida bo`ladi.
Bunday tadbirkorlikning asosiy belgisi xodimlar miqdori, rejali kapital xajmi,
foyda miqdori kabilar bilan ifodalanadi. Ko`pchilik manbaalarda mayda tadbirkorlik
nisbatan katta bo`lmagan ishlovchilar guruhi yoki korxona bo`lib, u yagona mulkdor
tomonidan boshqariladigan faoliyat, deb tushuntiriladi.
Albatta bu oddiy ishlab chiqarish bo`lmay, yangilik, tashkiliy talant, ijodiy
boshlanuv, boylikni orttirish va xatarlikka tayyorlik mazmunidagi xo`jalik yuritish
mazmunida bo`lib, haqiqiy tadbirkorlikdan iborat bo`lishi kerak. Tadbirkorlikni
chegaralab turadigan xususiyatlar ham shundan iborat.
Chunki xususiyatdagi biron tomon yetishmasa, aytaylik, doimo yangilikka
erisha olmasa, ya’ni daromad qila olmasa, ijodiylik, tashkilotchilik ham yetishmasa
va h.k. ishlarga o`xshagan xususiyatlar mavjud bo`lmasa, albatta u bozordan siqib
chiqarariladi va tadbirkorlik bilan shug`ullana olmaydi.
Tadbirkor barcha soha, tarmoqlarda faoliyat ko`rsatib, o`zini sinab ko`rishi
mumkin. Ma’lumot, tibbiyot, ilm-fan, yurisprudensiya, arxitektura-qurilish, ijtimoiy
xizmat ko`rsatish, ishlab chiqarish, taqsimot sohalarida harakat qilishi mumkin.
Mayda biznesni umumlashtirib aytganda, bu qandaydir yangilik yaratish jarayoni,
boylik – qadrli narsa yaratish, o`ziga moliyaviy va ijtimoiy-ruhiy javobgarlikni
93
bo`yniga oluvchi hamda natijada pul daromadi ishlarining natijasi bilan
qanoatlanuvchi jarayon deyish mumkin.
O`z ishini tashkil qilishni hal qilgan shaxs ishonchlarga to`la, ko`ngilsizlik,
notinchlik, qattiq mehnat qilish kabilarga boy bo`ladi. Shu bilan birga omadsizlika
duch kelishi ham turgan gap. Chunki kutilgan talab bo`lmaydi. Raqobat kuchli
bo`lishi mumkin, yoki kutilgan moliyaviy qo`llash bo`lmasligi mumkin. O`z tijoratini
boshlashda moliyaviy va emotsional xatarlik kuchli bo`lishi mumkin. Shuning uchun
ham o`z tijoratiga kiritish va uni jonlantirib, gurkiratib yuborish juda og`ir narsa.
Shuning uchun dunyoda har yili millionlab yangi korxonalar ochiladi, yopiladi.
Haqiqatdan ham iqtisodiy tushkunlik, iqtisodiy tizimlar o`zgarishi, inflyatsiya, kredit
haqining oshib borishi, zaruriy infratuzilmalar yo`qligi, kelajakning noaniqligi,
xatarlikni kuchliligi kabilarga qaramay yangi korxonalar ochiladi, biznes, tadbirkorlik
faoliyati kengayadi.
Tadbirkorlikka otlanish hayotda keskin yasashdan iboratdir. Bunda hayotiy
tarzda burilish paydo bo`ladi. Mavjud hayotiy tarzdan voz kechib, yangisiga o`tishga,
ya’ni tadbirkorlikni boshlashga ahd qilinadi. Eng muhimi bunday keskinlidka turtki
bilan birga katta istak talab etiladiki, u tijoratni o`z hayotida asos qilib belgilaydi.
Tadbirkorlikka kirishishda qandaydir boshlang`ich asoslar bo`lishi shart.
Chunki bir istak, turtki, tavakkalchilikning o`zi yetishmaydi. Avvalo sarmoya asosi,
ma’lum moddiy qo`lanish, atrof-muxit, davlat tomonidan qo`llash va doimo yordam
olish imkoniyatlari mavjudligi ko`zda tutiladi.
Umuman olganda iqtisodiy tarmoqlar turliligidan qat’iy nazar kichik biznesni
uch xil kompaniyalarga bo`lish mumkin: oilaviy uy firmalari, innovatsion korxonalar
va kelajakli venchur kompaniyalar.
“Uy” firmasi xususiy bo`lib, o`sishi sekin davom etadigan, sarmoyalari
chegaralangan bo`ladi. Albatta bular kichik korxonaligicha davom etadi. Bundagi
asosiy maqsad korxona egasining hayotiy vositalar bilan ta’minlanishidir. Bular
imkoniyatlari bilan chegaralangan xolda kengayish va ilg`orlar qatoriga chiqishni
maqsad qilib qo`ya olmaydilar.
94
“Innovatsion” korxonalar asosan ilmiy kashfiyotlar yoki yangi texnologiyalar
manbaida tashkil etiladi. Ko`pincha yangi tarmoqlar asosi hisoblanadi. Bular
aksionerlik kompanyailari darajasiga kamdan-kam erishadi.
Kelajakli venchur kompaniyalari asosan innovatsion tavsifli bo`lib, xatarlilik
kuchli va tez rivojlanadigan biznesdir. Bular ko`pincha aksionerlik kompaniyalariga
aylanib ketadi yoki yirik kompaniyalar sotib olib, o`zlariga qo`shib yuborishadi.
Aytganimizdek, xo`jalik sub’ektlarining kichik tadbirkorlik mazmunida
bo`lishi xodimlar soni, aktiv miqdori, daromad xajmi bilan belgilanadi. Bu turli
mamlakatlarda har xildir. Lekin barcha mamlakatlarda bu sohada birinchi o`rinda
bandlik miqdori turadi. Masalan, rivojlangan mamlakatlardan iborat bo`lgan yevropa
Ittifoqini (EI) olsak, bunda kichik korxonalarga xodimlar soni 50 kishi, yillik mablag`
aylanishi 4 mln. yevro, balans summasi 2 mln. yevro miqdorida bo`lishi belgilangan.
Bu mamlakatlarda o`rta korxonalar xodimlar soni 50-250 kishi, yillik aylanma
16 mln. yevro, balans summasi 8 mln. yevro miqdorida deb belgilangan. yeI
komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan mayda korxonalar ko`rsatkichida xodimlar
soni 100 kishidan oshmasligi, xususiy asosiy sarmoyalar 75 mln. yevrodan kam
bo`lishi kerak. Lekin yirikroq kompaniyalarning hissasi 1/3 dan oshmasligi sharti
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |