Amir temur yetuk diplomat buxoro viloyati Jondor tumani



Download 20,52 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi20,52 Kb.
#519510
Bog'liq
AMIR TEMUR YETUK DIPLOMAT


AMIR TEMUR YETUK DIPLOMAT
Buxoro viloyati Jondor tumani
1-umumta’lim maktabi tarix fani
o‘qituvchisi Ro‘zuyeva Istat
Annotatsiya: Barchamizga ma’lumki, yigirma birinchi asr texnika hamda texnologiya asridir.Bu davrda mamlakatlar o‘z hududi ,o‘z rahbariga ega va bu ma’sul shaxslar davlat fuqarolari tinchligi uchun tinmay kurashadilar.Ammo bunday jonkuyarlik avvalgi zamonlarda davlat rahbari uchun ancha qimmatga tushgan. Tarixda ana shunday adolatli, kuchli davlat rahbarlaridan biri bu Amir Temur edi. Bu maqola ana shu tarixiy shaxs va tashkil qilgan davlat,uning diplomatik aloqalari va ijtimoiy hayotiga bag‘ishlanadi.
Barchamizga ma’lumki, yigirma birinchi asr texnika hamda texnologiya asridir. Dunyoning turli burchaklarida taniqli davlat va jamiyat arbobolari , olimlar va adiblar ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlatimiz,xususan, Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qo‘shgan munosib ulushini yuksak baholab kelmoqda.
Tarixiy hujjatlarning dalolat berishicha,14-asrning 70-yillaridanoq Evropa davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib,bu yerdagi yangi mustaqil davlatning qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar. Amir Temur o’zining markazlashgan davlati uchun tuzilgan tom ma’nodagi Konstitutsiyasi bo‘lgan “Temur tuzuklari” kitobi asosida boshqargan. Amir Temur ot surgan paytda dunyo qanday qiyofada edi? Bundan 680 yil oldingi manzarani ko‘z oldimizga keltirsak ,odamzod bugungi Amerika qit’asini bilmas ham edi. Evroosiyo materigi odamlari esa daraxt yaprog‘iga yopinib,cho‘qmor bilan ayiq, baliq ovlab, qorin to‘yg‘azib yurgan edi.Bu davrda Sohibqiron saltanati buyuklikka erishib,zolimlar jilovlangan,xalq osoyish topgan ,davlat esa takomillashgan edi.
A.Temurning markazlashgan davlatni barpo etishi oson bo’lmagan albatta. Bu qon to‘kishlar va shiddatli janglar natijasidir.Shu o’rinda ayrim janglarni eslash joizdir.
-Terek daryosi yonidagi jang (1395-yil,15-17-aprel) Temur bu jangda 200000 qo’shin bilan jang qilgan,yutug‘i- taktik jihatdan bu harbiy qo’shilmalar mustaqil harakat qilgan va bosh qo’mondonga bo’ysungan.
-Jangi loy-Temur va Husayn ibn Musalabning Jeta(Mo‘g‘uliston)xoni Ilyosxo‘ja bilan bo‘lgan .
-Anqara jangi-(1402-yil 12 –iyul) A.Temur va turk sultoni Boyazid I Yildirim o‘rtasida bo‘lgan.
- Qunduzcha jangi(1391-yil 18-iyun) Amir Temur va Oltin O‘rda xoni To‘xtamish qo‘shini o‘rtasida
Xuddi shunga o‘xshagan bir necha janglar va g’alabalar buyuk davlat asosi uchun poydevor bo‘lgan desak adashmaymiz. Masalan,qumbul,qunbul,qanbul (mog ‘ulcha- markazni qurshamoq, qanot muhofazasi,qo’shin qanotlarini dashman hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism)Amir Temur jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo’lib jang maydonida 7 qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etgan.
Amir Temur yoshligidan noyob qobiliyat, aql va tafakkurga ega ekanligi ma’lum. Shuning uchun ham boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar qura olgan.Qudratli davlat shakllangach, Kasteliya va Leon qiroli Don Enrike III, Fransiya hukmdori Karl VI,Angliya qiroli Genrix IV saroyga elchilar yuborgan va diplomatik aloqalar o’rnatganlar. Sohibqiron elchisi arxiepiskop Ioanning “Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar” asari ham o’tgan 600 yil mobaynida diplomatik aloqa haqida turli tillarda yaratilgan 1000 dan ziyod asarlar orasida ishonchli va xolis manba sifatida alohida o’rin tutadi. Turli mamlakat diplomatlari bu shaxs bilan aloqalar o’rnatishga harakat qilganlar.
Yuqorida aytilganidek, “Temur tuzuklari” davlat boshqaruvi uchun asos bo’lgan.Quyidagi iqtiboslar shu asardan keltirilgan. “…Mening qattiqqo’lligim, bag’ritoshligim,eng avvalo xalqimning tinchligi saltanatimning ravnaqi uchundir.Dushmanlaimga ayovsizligim rost. O’g’rilik, talonchilik ,zo’ravonlik ildizlariga qattiqqo;llik bilan bolta urilmasa , muloyimmijozlik bilan natijaga erishib bo’lmaydi…”, “…Ehtiyot bo’ling, sharob, may va boshqa kayf beruvchi narsalardan saqlaning.Agar unga ruju qo’ysangiz ,bilingki,mulkingiz barbod bo’ladi,hokimiyatingiz qulaydi.”
Amir Temurni mohir strateg,omadli sarkarda deb ta’riflaydi va uning e’tiqodi,saltanatida dinlarning o’rni, holati xususida quyidagilarni yozadi.”Saltanatda diniy huquq hukmron bo’lsada, Temur shu qadar dono ish yuritar ediki, o’zini islomning sodiq bandasi bir necha bor amalda isbotlab bergan.
Onlayn kitob ilovalarida fransuz yozuvchisi Marsel Brionning “Men kim Sohibqiron jahongir Temur” deb nomlangan kitobiga ko’zim tushib qoldi. Asarni o’qir ekansiz, unda Temur hayoti va faoliyati, markazlashgan davlat asoschisi ekanligiga amin bo’lasiz. Dastlab muallif Amir Temurga bag’ishlangan “Temurlan” ocherkini 1942-yilda chop ettirdi.
Odamzod naslining bir vakili hayotligida qanday bo‘hronlarni boshdan o‘tkazgan. Nima bo‘lganda ham Amir Temur xuddi poytaxtda o‘rnatilgan muhtasham haykal kabi insoniyat tarixi xiyobonida hech narsani pisand qilmay,mag‘rur turibdi. Shunday mahalda beixtiyor Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek,Sohibqiron Amir Temurning Fransiya qiroli SharlVI ga yo‘llagan “Salom va tinchlik e’lon qilaman!” degan so‘zlari bilan boshlanadigan maktubi yodga tushadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.A.Saidov.Temur va Evropa. “Milliy tiklanish” gazetasi. 2010-yil,
7-aprel.14-son
2.Yunus O‘g‘uz. Amir Temur.Tarixiy roman. “Yangi asr avlodi”. 2014
3.Amir Temur. Temur tuzuklari. “O‘qituvchi” 2018
4.Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. “Mehnat”1991, 1-qism
5.Internet ma’lumotlari
Download 20,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish