Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Mayda tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o`rni



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

 
3.5. Mayda tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o`rni 
Ko`pchilik mamlakat bozor iqtisodiyotida kichik biznesning ahamiyati juda 
katta. Mayda tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal qilishda yetakchi 
o`rinni egallaydi. Hatto bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda ham bu soha xalq 
xo`jaligi rivoji, ijtimoiy muammolarni yechishda, ishda bandlik darajasida katta rol 
o`ynaydi. Ishlab chiqariladigan tovarlar va ularni sotish, xizmat ko`rsatishni 
rivojlantirish sohalarida salmog`i juda katta. Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida 
esa iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, raqobatni taraqqiy ettirishda, yangi ish 
joylarini ko`paytirishda, iste’mol bozorini tovarlar bilan to`ldirishda, tadbirkorlikni 
kengaytirishda asosiy ahamiyat kasb etadi.


98
Bundan 
tashqari 
tadbirkorlik 
iqtisodiyotda 
va 
jamiyatda 
tuzumiy 
o`zgarishlarning boshlovchi va ularni ishga tushuruvchi mexanizm vazifasini ham 
o`sishning katalizatori bo`lib, yalpi mahsulot ko`payishiga yordamlashadi. Bunda 
asosiy narsa innovatsiyadir. Chunki bu tufayli yangi tovar va xizmat turlari paydo 
bo`ladi. 
Mayda tadbirkorlikning bir qancha ustunliklari mavjud. Rivojlangan 
mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, mayda tadbirkorlik yirikka nisbatan har bir 
mamlakat sharoitiga qarab ko`p sohalarda ustunlik qiladi. Bular quyidagilardan 
iborat: kichik biznes xo`jalik yuritishda mahalliy sharoitga juda tez moslashadi, 
ularning sub’ekti faoliyatida katta mustaqillik mavjud. Chunki erkin harakat 
imkoniyati katta. Xo`jalik xajmi katta emasligi manevr qilish, o`zgarishlar kiritish 
erkinligini kengaytiradi. Mayda tadbirkorlikda operativlik, chaqqonlik darajasi yuqori 
bo`ladi. Ular sharoit va talabga qarab tez qaror qabul qilish imkoniga ega. Korxonalar 
mayda bo`lgani tufayli xarajatlar nisbatan past bo`lishi mumkin, bu ayniqsa 
ma’muriy boshqarish xarajatlariga taalluqlidir. Xo`jalikni yuritish uchun katta kapital 
talab etilmaydi. Bozor talabiga asosan mahsulot ishlab chiqarishni o`zgartirish 
imkoni katta bo`ladi. O`z kapitalining aylanishini tezlashtirish, undan unumli 
foydalanish darajasi yuqori. Shu bilan birga tadbirkor o`z g`oyalarini biznesga tez 
singdirish imkoniga ega. Masalan, Halqaro mehnat byurosining dokladida mayda va 
o`rta tadbirkorlar katta raqobatlik qobiliyatiga ega, yirik korxonalarga nisbatan har bir 
ishlovchi hisobida kam kapital xarajat qiladilar, mahalliy xomashyo va mehnat 
resurslaridan keng foydalanadilar, deb ta’kidlaydi. Mayda korxona egalari tejamlikka 
va investitsiya qo`llashga moyilligi ko`p, yangilik-innovatsiyaga motivatsiyasi yuqori 
bo`lib, korxona faoliyatiga samarali ta’sir ko`rsatadi. Kichik korxona sub’ektlari 
mahalliy bozorlarning kon’yukturasini, talab darajasini yaxshi biladilar va bu sohada 
ham yirik korxonalarga nisbatan ustunlikka ega. Bu mutaxassis xodimlarni tayyorlash 
va ularning tajribasini yoyishga ko`maklashadilar. Mayda va o`rta korxonalar soni, 
tovarlar ishlab chiqarish xajmi, ish xajmi va xizmat ko`rsatish bo`yicha 
mamlakatlarda har tomonlama balandlik qiladilar.


99
Albatta mayda va o`rta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatidagi ustunlik va 
kamchiliklar ichki va tashqi sabablar, xizmat sharoitlariga ko`p tomondan bog`liq 
bo`ladi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, mayda firmalarning muvaffaqiyatsiz faoliyati 
ko`pincha menejerlar tajribasizligi yoki korxona egalarining kasbiy noloyiqligi 
tufayli yuzaga keladi.
Kichik firmalar faoliyati amaliyoti shuni ko`rsatadiki, bitta tadbirkorlik 
darajasi, ishga jadallik bilan kirishishning o`zi yetishmaydi. Hozirgi davrda kichik 
biznes maxsus bilimni talab qiladi. Amalda esa ko`pincha kommersant, yo injener 
tijoriy ish boshlaydi. Lekin u ishlab chiqarish yoki tijorat to`g`risida hech narsa 
bilmaydi. Kichik firma egalari ichida biznes maxsus tuzilmasini boshqarish tajribasi 
bilan firmaning muvaffaqiyat imkoni ortib boradi. Firmaga bir kishi uzoq rahbarlik 
qilsa daromad doimiyligi yuqori bo`ladi. Agar u tez-tez o`zgarib tursa buning aksi 
bo`ladi. 
Firma faoliyatida bir pasayib, bir ko`tarilib turadigan ijtimoiy ehtiyojlarni 
doimiy axtarish va unga to`xtovsiz moslashib borish kichik biznesni ng strategiyasini 
belgilab beradi. G`arb mutaxassislarining bir qismi kichik tadbirkorlikni yangi 
shaxsiy o`zaro munosabatlarning maktabi va kelajak tadbirkorlik asoslari usullarining 
sinov maydoni, deb biladilar. 
Mayda va o`rta firmalarning ish bilan band bo`lishdagi hissasi katta. Aytaylik, 
AQSHda mayda va o`rta tadbirkorlikda - 70,2 lmn. kishi; yeIda – 68 mln.; 
Germaniyada – 15,5 mln.; Italiyada – 16,8 mln.; Fransiyada – 15,2 mln. va 
Yaponiyada – 39,5 mln. kishi band. YAIMdagi hissasiga kelsak (% hisobida): Buyuk 
Britaniyada – 50-54; Fransiyada – 55-62; yeI mamlakatlarida – 63-67; AQSHda – 50-
52; Yaponiyada – 52-55; Rossiyada – 20-22; O`zbekistonda – 30-32. 
Kichik va o`rta tadbirkorlik quyidagi masalalarni xal qilishning sharti bo`lib 
xizmat qilishi mumkin: 
- raqobatli, 
ц
ivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarini shaklantirish; 
- tovarlar, xizmatlar va ish assortimentini yaxshilash, ularning sifatini 
ko`tarish; 


100
- ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarni aniq iste’molchilarga 
yaqinlashtirish; 
- iqtisodiyotning tuzumiy qayta tuzilishiga ko`maklashuv; 
- ishlab chiqarish rivojiga aholining shaxsiy mablag`larini jalb etish; 
- qo`shimcha ish joylarini yaratish va ishsizlik darajasini pasaytirish; 
- shaxslarning ijodiy imkoniyatlarini ishga solish, ularning talantini ochish, 
turli hunarlarni rivojlantirish; 
- aholining ayrim guruhlarini, ayniqsa yirik ishlab chiqarish ma’lum 
chegaralanishni yuklagan shaxslar- uy bekasi, nafaqaxo`rlar, nogiron va o`quvchilar 
kabilarni ish faoliyatiga jalb etish; 
- mulkdorlar, xo`jalik egalari, tadbirkorlar kabi ijtimoiy qatlamning 
shakllanishi; 
- ilmiy-texnik rivojni faollashtirish va yirik korxonalar chiqindilarini 
o`zlashtirib foydalanish; 
- ijara va sotib olish yo`li bilan davlatni past rentabelli va foydasi ishlaydigan 
korxonalardan xoli etish. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish