102
borish talab etiladi. Ma’lumki, moliyaviy-kredit tomonidan qo`llanilib turish, shu
bilan birga ma’qul soliq tizimining shakllanishi taqdiriy masalalardan hisoblanadi.
Mayda tijorat sub’ektlarining faoliyati iqtisodiy erkinlik, huquqiy,
kafolatli
sharoitlarni mukammal bo`lishini talab etadi. Chunki busiz qonun tomonidan
belgilangan huquqlar asosida faoliyat ko`rsata oladi, ya’ni tadbirkor faoliyati erkin
harakat, lekin u qonun bilan chegaralangan biznesdir. Ikkinchi tomondan mayda
tadbirkorlik qonuniy va boshqa rasmiy xujjatlar bilan ma’lum darajada
majburiyatlarga ham ega.
Qonuniy va normativ xujjatlar tufayli tadbirkorning moliyaviy,
iqtisodiy,
moddiy rag`batlantiruvchi tizim shakllari, bozor iqtisodidagi xolati belgilanadi.
Shuningdek noqonuniy harakatlar ta’qiqilanadi. Ayni vaqtda tadbirkorlik organlari
tashqi tazyiq va hokimiyat organlari tomonidan nohaq qilinadigan harakatlardan
himoyalaydi.
Huquqiy muxitning yaratilishi tadbirkor duch keladigan ko`pchilik
muammolarni xal qilish sharoitini yaratadi. Bu tadbirkorlikning shakllanishidan
tortib, to rivojlanishigacha bo`lgan jarayonlarni muvaffaqiyatli o`tishida asos bo`lib
hisoblanadi. Aytaylik, ro`yxatga
olish va rasmiylashtirish, faoliyat turini
litsenziyalashdan
to
bankrotlashuv
va
faoliyatni
to`xtatuvgacha
bo`lgan
muammolarni yechishda yordamchi vazifasini o`taydi.
Davlat qonunlarida tadbirkorlikning huquqiy va erkinliklari, faoliyatlarining
tashkiliy-huquqiy shakllari, tashkil etish, o`zgartirish va faoliyatning to`xtatish
mexanizmlari belgilanadi. Mulkiy huquqlari
va uni himoyalash, bundagi javobgarlik
kabilar kafolatlanadi.
Soliq imtiyozlari qo`llaniladi, ayrim hollarda byudjetdan fondlar tashkil etish,
tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmalar usullarini qo`llash kiritiladi. Ustuvor
tarmoqlar va bunda kichik biznesning imtiyozlari qo`llaniladi. Hatto bunday
tarmoqlarda tadbirkorlar ma’lum vaqtga soliqlardan ozod qilinadi va so`ngra
imtiyozli soliq qo`llaniladi. Kichik korxonalarni moliyalashtirib kredit xizmati
ko`rsatadigan banklar uchun soliq miqdori kamaytirilishi ham mayda biznesni
qo`llashga qaratilgan tadbirlardan hisoblanadi.
103
Qonu va qoidalarda kichik biznesning tashqi
iqtisodiy faoliyati har
tomonlama taqdirlanadi. Uni himoyalash, imtiyozli kredit qo`llash, davlat tomonidan
ko`p jarayonlarga yordam berish kabilar qo`llaniladi. Hatto eksport va import bilan
bog`langan eng og`ir jarayonlarni davlat o`z zimmasiga oladi.
Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes uchun yaratilgan infratuzilmaning
yaratilishi juda muhimdir. Masalan, AQSHda kichik biznes uchun maxsus
ma’muriyat tashkil etilgan. Bu kichik biznesni qo`llash, rivojlantirish bilan bog`liq
ishlarni amalga oshiradi. Ayniqsa moliyaviy yordam, texnik
va maslahat xizmatlari
ko`rsatish, kadrlar tayyorlash, davlat buyurtmalarini olish va boshqa shunga o`xshash
xizmatlar amalga oshiriladi. Bu ma’muriyat shtabi AQSH poytaxtida joylashgan
bo`lib, 10 regional birlashmalar, 100 maxalliy bo`limlarga ega. Bo`limlar davlat
hokimiyati organlari, kollej, universitetlar, korxonalar va
jamoat tashkilotlari bilan
bog`liq xolda faoliyat ko`rsatadi. Bu ma’muriyatdan tashqari Ichki ishlar vazirligi,
Uy-joy qurilish va shaharlarni rivojlantirish vazirligi, Milliy ilmiy fond, Fermer
xo`jaliklari bo`yicha ma’muriyat, mayda biznesni rivojlantirish institut va markazlar
ham mayda korxonalarni qo`llash bilan shug`ullanadi. Bularning soni AQSHda 2700
dan ortiq.
Rossiyada
esa
kichik
biznesni
rivojlantirish
ishini
boshqaradigan
maxsus
organ
kichik tadbirkorlikni qo`llash va
rivojlantirish Davlat komitetidir.
Bu
asosan mamlakatda kichik
biznesni rivojlantirish va qo`llash
bo`yicha davlat siyosatini amalga
oshirish bilan bog`langan takliflar
ishlab chiqish, tadbirkorlarning
haqqoniy
talablarini
qondirish,
tajribalarni umumlashtirish kabilar
bilan shug`ullanadilar. Shu bilan
Соли
Соли
қ
қ
юкининг
юкининг
пасайиши
пасайиши
9
Do'stlaringiz bilan baham: