Rivojlangan darslik lotin tayyor doc



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

3.3.2.-chizma 
Soliq yukining pasayishi
Soliq yukining pasayishi


104
birga Rossiyada yana shu soha bilan shug`ulanuvchi kichik tadbirkorlikni qo`llovchi 
Federal fond mavjud. Bu fond asosiy diqqatini kichik biznesning davlat tomonidan 
qo`llanilishini moliyaviy ta’minlashga qaratadi. Shuningdek Rossiya mayda 
tadbirkorlikning ilmiy-texnik sohada rivojlanishiga yordam ko`rsatish Fondi ham 
tashkil etilgan.
Kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan infratuzilmaga yana bir necha 
nodavlat tashkilotlarni qo`shish mumkin. Ayniqsa bunday tuzilmaga kiruvchi 
tashkilotlar Moskva shahri hukumati qoshida ham ko`p tuzilgan. Bularning ichida 
eng asosiysi Shahar kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va qo`llash Departamentidir. 
Mayda tadbirkorlik infratuzilmasiga lizingli firma va kompaniyalar biznes-inkubator, 
ishlab chiqarish-texnologik markaz, kredit va boshqa tashkilotlarni kiritish mumkin. 
Kichik biznes faoliyatidagi eng muhim omil soliqlardir. Bu majburiy to`lov 
hisoblanadi. Soliqlar davlat, maxalliylarga bo`linadi. Bu asosan foydadan olinadi. 
Shuningdek yig`imlar, boj to`lovi, aksiz kabi turli to`lovlar ham mavjud. 
Bozor iqtisodiyotida soliqlar asosan ikki vazifani bajaradi: fiskal va 
rag`batlantiruvchi. Fiskallik byudjetni to`ldirish uchun kerak bo`lsa, rag`batlantirish 
korxonalar faoliyatini boshqarish uchun qaratiladi. Qo`llaniladigan soliqlar miqdori, 
darajasi soliq to`lov ob’ektlari bu sohadagi qonuniyatlarni buzish javobgarligi, soliq 
imtiyozlari provardida mayda korxona faoliyatining yillik natijasida o`z ifodasini 
topadi.
Albatta soliqlar tizimida davlat byudjeti manfaati tadbirkorlar manfaati bilan 
yaxshi bog`langan xolda bo`lishi yaxshi samara beradi. Buning uchun fiskal siyosat 
albatta tadbirkorlikni taqdirlash va uning faoliyatini rivojlantirishga qaratilsa kichik 
biznes moddiy rag`batlantirilgan bo`ladi. Bunda mamlakatlarda o`tkazilgan tijoriy 
faoliyatni rag`batlantirish bo`yicha davlatning fiskal siyosatning samarali darajasini 
aniqlash reytingi o`tkazilishi natijasi qiziqarlidir. Bunda eng yuqori ko`rsatkich 9,11-
7,08 bo`lib, bu eng tez iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlardan Yangi Zelandiya, 
Malayziya, Singapur, Gonkongdir. Bundagi o`rtacha ko`rsatkich AQSH, Yaponiya, 
Shvetsiya, Xitoy kabi mamlakatlar bo`lib, bularda taxminan 6,5-4,6 bo`lgan. Past 


105
ko`rsatkich 4-2 Portugaliya, Ispaniya, Vengriya davlatlariga to`g`ri kelgan. Bu 
reyting Rossiya fiskal siyosati uchun 0,56 ga teng bo`lgan. 
Mayda korxona bilan individual tadbirkorlik o`rtasida soliq to`lashda 
tafovutlar mavjud. Individual tadbirkorlikda daromad solig`i asos bo`lib, bunda yalpi 
daromad, daromad bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar, yalpi yillik (sof) daromad, soliq 
olinadigan yalpi milliy daromad kabilar hisoblanishi kerak. Yalpi daromad bilan 
xarajatlar o`rtasidagi farq miqdori soliq olinadigan yillik yalpi daromad miqdorini 
tashkil etadi. 
Mayda tadbirkorlikni huquqlari bilan birga sub’ektlarning javobgarligi ham 
mavjud.. Javobgarlik qonunlarga rioya qilmaslikdan kelib chiqadi. Asosan soliq, 
bojxona, jinoiy ekologiya va boshqa shunga o`xshash qonunchilikni buzishdan kelib 
chiqadi. Bunday xolat har qadamda bo`lishi mumkin. Shuning uchun har qanday 
tadbirkor o`z faoliyatiga xos qonunlarni yaxshi bilishi kerak. Ma’lumki, qonunlar 
ijrosi boshqa rasmiy xujjatlarda ifodalanib, bularning barchasi yaxshi o`rganish va 
ularni qo`llash yo`llarini puxta bilishni talab etadi. Bundagi beparvolik juda 
qimmatga tushishi mumkin. Imkoni bo`lsa bu sohada yuristlar xizmatidan 
foydalanish mumkin. Lekin bari-bir mavjud qonun-qoida va tartiblarni belgilovchi 
xujjatlarni o`rganish juda zarur.
Tadbirkorlikdagi javobgarlik avvalo majburiyatlarda o`z ifodasini topadi. Har 
bir tadbirkor qonun oldida, shartnomalar bo`yicha javobgarligi mavjud. Belgilangan 
majburiyatlarni ijro etish javobgarlikdan xoli etadi. Agar bu bajarilmasa albatta 
javobgarlikka olib keladi. Majburiyatlarni bajarmaslik yoki kerakli darajada ijro 
etmaslik boshqa tomonga zarar keltirishi yoki jamiyatga ziyon keltirishi mumkin. Har 
bir majburiyatning miqdori va sifat tomoni, muxlat va xususiy shartlari bo`lib, 
kelishilgan yoki talab etiladigan darajada ijro etilmasligi ko`ngilsiz voqealar bilan 
bog`liqdir. Bu albatta jazoga olib keladi. Jazolar esa shartnomalarda, qonun-
qoidalarda belgilanadi.
Javobgarlik ijro etish bilan yoki rasmiy bekor qilinishi bilan yakunlanishi 
mumkin. Javobgarlik bajarilmasa zarar ko`rgan tomon belgilangan vositalar asosida 
ijro etishni talab etadi. Bu zarar darajasiga qarab ma’muriy, jarima yoki sud asosida 


106
qoplanishi kerak. Sud tomonidan zararni to`la qoplash bilan birga qonun va 
shartnoma buzuqchiligi uchun muayyan jazo belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli majburiyat, javobgarlik bilan bog`langan 
masalalar xo`jalik sudi, fuqarolik sudi va agar jinoiylik mavjud bo`lsa jinoyat sudi 
tomonidan xal qilinishi kerak. 
Javobgarlik ichida davlat byudjeti oldidagi majburiyat aloxida o`rin tutadi. Bu 
asosan soliq to`lovlari bilan bog`langandir va jamiyat oldidagi majburiyat hisoblanib, 
hatto bu bankrotlikkacha olib kelishi mumkin. Chunki barcha asosiy va aylanma 
mablag`lar davlat ixtiyoriga o`tishi mumkin. Ma’lumki bu to`lov layoqatligini 
yo`qotish hisoblanadi. Bu tadbirkorlik uchun taqdiriy hukmdir. 
Shuningdek, bojxona to`g`risidagi qonunlar oldidagi majburiyatlarni 
bajarmaslik ham yomon xolatlar bilan bog`langan bo`lib, kechirib bo`lmaydigan 
buzuqchilik hisoblanadi va oqibati og`ir bo`ladi. Albatta har bir tadbirkor uchun juda 
muhim talab iste’molchilarga hiyonat qilmaslik va ularning manfaatini doimo 
ko`zlashdan iborat bo`lishi va ular oldidagi majburiyatni to`la bajarish zarur ekanini 
esdan chiqarmaslik kerak.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish