3
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti shakllanishi va taraqqiyotini rivojlangan mamlakatlar
tajribasisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Rivojlangan mamlakatlar
bozor tajriabsini
o`rganish jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv hamda jahon standartlarini
o`zlashtirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun yo`l ochadi. Rivojlangan
mamlakatlar qatoriga kirish, halqaro iqtisodiy
munosabatlarda ishtirok etish, ilg`or
tajribalar xususiyatlarini chuqur o`rganish orqali amalga oshirish mumkin. Chunki
bozor iqtisodiga o`tish jarayonining faqat mamlakatning o`z yo`li bilan chegaralanish
doimo muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Jarayonni tez rejalashtirish rivojlangan
mamlakatlar tajribasini o`rganish, ularni o`zlashtirish va tadbiq qilishni talab etadi.
Bu bozor iqtisodiga o`tish muammolarini tez xal qilish, ortiqcha
urunishlarni oldini
olish, sinovdan o`tgan usul va yo`llarni qo`llash imkonini beradi.
Mazkur darslikning maqsadi – talabalarni jahonning yetakchi mamlakatlari
iqtisodiy rivojlanishining o`ziga xos hususiyatlari bilan tanishtirish, milliy xo`jaliklar
taraqqiyoti hususiyatlari va maqroiqtisodiy modellar taxlili, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlanishi jahon tajribasini o`rganishdan iborat.
Prezident Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor
yo`nalishlarga bag`ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganlaridek: “Mamlakatimizda, xorijiy davlatlar
tajribasini chuqur o`rgangan holda, iqtisodiy islohotlar bo`yicha o`ta
muhim chora-
tadbirlarning amalga oshirilayotgani, bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy
mulkchilik shaklini rivojlantirish, tadbirkorlik harakatini qo`llab-quvvatlash
uchun
huquqiy tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarni tug`dirib berish bunday yuksak
natijalarni qo`lga kiritishda hal qiluvchi omil bo`lmoqda, desam, hech mubolag`a
bo`lmaydi”.
4
“Mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhiti jahon tajribasida qabul qilingan
biznesni yuritish mezonlariga qay darajada mos kelishini doimo kuzatib borishimiz
va tegishli qarorlar qabul qilishimiz zarur”.
1
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida jahon
bozor tajribasini puxta
o`zlashtirishlari, kelgusi faoliyatda samarali foydalanishlari hamda ijodiy
yondashishlarini ta’minlash fanning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Ana
shu masalalar bo`yicha haqiqiy ahvolni atroflicha o`rganishimiz, hozirgi vaqtda
mutaxassislar tayyorlanayotgan har qaysi ixtisoslik yo`nalishi real hayot talablariga
qay
darajada javob berishi, unga nafaqat bugungi, balki yaqin istiqbolda qanday
ehtiyoj borligini har tomonlama chuqur aniqlashimiz lozim.
1
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiya yo`lini qatiyat bilan davom ettirish.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2012 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag`ishlangan majlisi. –T.: Xalq so`zi 2013 yil 19 yanvar,
№
13(5687), 3 bet.