11
bo`ysundirilgan bo`lishi shart. Lekin qanday bo`lmasin belgilangan vaqt doimiy
tavsifda bo`lishi muhimdir.
Keyingi zarur talablardan yana biri manbaalarni aniqlash hisoblanadi. Ishni
boshlash va bog`lanishdan oldin rivojlangan mamlakatlar tajribasini o`rganish
manbaini to`la
aniqlash va uning turi, xilini tanlay bilish bilan bog`liq ishlar amalga
oshiriladi. Busiz ish samara berishi qiyin. Bunda aniqlik bo`lmasa vaqtning behuda
ketishi, vaqtni unumsiz o`tkazish mumkin. Manbaalarni belgilashda eng, yangilik
tomonlari bor, foydalanish oson bo`lganlarini tanlash va ularga moslashish maqsadga
muvofiq bo`lib, bu har tomonlama yengillik tug`diradi.
Manbaalarni to`g`ri belgilagandan keyin foydalanish usullari va yo`llarini
aniqlab belgilash kerak bo`ladi. Chunki har bir manbaadan foydalanishning o`z shart-
sharoitlari bo`lishi mumkin. Bularni tezroq to`la bilgan
xolda harakat qilish yaxshi
samaraga olib kelishi ma’lum. Shart-sharoitlar manbaalarga qarab boshqacha
bo`lishi, shu bilan birga ular oson xal qilinadigan yoki mushkulroq bo`lib, turlicha
yondoshuvga olib kelishi mumkin.
Har sohaga o`xshagan rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasini o`rganish
tizimlilikni talab qiladi. Bunda bevosita faoliyat ko`rsatayotgan korxona, tashkilotga
xos yoki tarmoqqa taalluqli bo`lib, bularga ko`proq e’tibor berish zarur bo`ladi. Bu
sohadagi ma’lumot va axborotlar birinchi navbatda va tezroq, ko`proq bo`lishi turgan
gap.
Shu bilan birga mamlakatlar bo`yicha eng zarurlarini ajratish mumkin bo`ladi.
Korporatsiyalar, trans milliy kompaniyalarga aniqlik kiritish foydadan xoli emas.
Umumiy oqimli soha, mamlakatlar tizimi bo`lishi mumkin. Aytaylik, yetakchi
“sakkizlik”, “O`nlik”, “yigirmalik” mamlakatlari, yoki Yaponiyaning o`zi,
yangi
industrial Sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek sobiq sotsialistik iqtisodli bozorga
o`tuvchi mamlakatlar yoki sobiq Itifoqqa kiruvchi O`zbekistonga o`xshagan suveren
mustaqil davlatlar kabilarga bo`lingan xolda o`rganib, ma’lumotlar yig`ish va tahlil
qilish ma’lum ma’noni belgilaydi va tizimlar turliligiga qarab ish tutishga undaydi.
Magistr uchun eng muhim narsa ma’lumotlarni tahlil eta bilish va maksimum
ravishda foydalana olishdir. Biznes faoliyatda yangilikka intilish rivojlangan
12
mamlakatlarda bozor tajribasini qo`llay bilishni talab etadi. Buning uchun bunga
taalluqli ma’lumot, axborotlarni tahlil etish, to`la tushunish
va amaliyotda ishlata
olish darajasiga olib kelish ishlarini amalga oshirish jarayonlarini bajarish kerak. Shu
bilan birga o`z amaliyotidagi o`lchovlarga taqqoslay bilish salbiy va ijobiy
tomonlarini aniqlay bilish muhimdir. Shu taqdirda amalda qo`llash uchun yo`l
ochilishi mumkin.
Tahlil eta bilish, taqqoslash xulosa chiqarishga olib kelib, amaliy yo`llarni
aniqlash talab etiladi. Buning uchun bu tajribalardan kelib chiqadigan xulosalardan
foydalanish yo`llari, usullarini belgilash bilan bog`liq ishlarni bajarish kerak.
Bunda
samaradorlikni belgilash amalda qo`llash darajasini aniqlash bilan bog`liq vazifalar
ado etiladi.
Ma’lumot, axborotlarni tizimlay bilish va vaqt, hudud, tarmoqlar bo`yicha
tartiblashtirib borishi zarur. Bularni yig`ish tartibi, ularni o`rinlashtirish va kerakli
vaqtda qayta foydalanish imkonini beruvchi tartibli xolda saqlanishini ta’minlash
talab etiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini o`rganish va ulardan samarali
foydalanish diqqat bilan ish tutishni taqozo etadi. Shu bilan birga bu ma’lumot va
tajribalardan firma ichki faoliyati
va chet iqtisodiy harakatlarda, shuningdek halqaro
faoliyatda foydalanishda mustaqil ish yurita bilish magistrdan malakali bo`lishni talab
etadi.
Magistr bu sohada ilmiy ishlar olib borishi hamda tajriba materiallaridan erkin
xolda keng foydalana olishni taqozo etadi. Chunki bu sohadagi faoliyat shaxsan o`z
manfaati bilan chegaralanmay boshqalar uchun foyda keltirishi kerak.
Magistr jahon bozori tajribasidan keng foydalanishi uchun bunga taalluqli
vositalarni bilishi va erkin tarzda ishlata olishi zarur. Bular internet, kompyuter, ilmiy
adabiyotlardan iboratdir. Bunda boshqalarning yordamisiz mustaqil ishlay bilishi
zarur.
Shuni ta’kidlash kerakki, bozor munosabatlari harakati,
biznes avji jahon
tajribasisiz kutilgan natija bermaydi va bu vaqtinchalik narsa bo`lmay, doimiy davom
etuvchi, to`xtovsiz yangilanib turuvchi xodisalarki, buni hech qo`ldan bermay doimo
13
shug`ullanib borish maqsadga muvofiqdir. Bu har bir magistr uchun ihtiyoriy
zaruriyatga aylanishi hamda xavas, ko`ngil qo`yish bilan bajarilib borishi talab
etiladi. Magistr uchun jahon bozor tajribasini o`rganib, uni amalda qo`llab borish
zarur shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: