Xalqaro iqtisodiyot va menejment
“Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 1995-yil 23-oktyabrda tashkil topgan. Fakultetning asosiy vazifasi – Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi shuningdek chet el elchixonalari va chet el bilan hamkorlikda ish olib boradigan Respublikamizning barcha tashkilotlariga yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
“Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti ilk kunlaridanoq «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo’yicha)» yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlab kelmoqda. 2000-yilda magistratura tashkil etilib, 2015-yildan boshlab fakultetda “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” yo’nalishlari bo’yicha magistrlar tayyorlanib kelmoqda.
Hozirgi kunda “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti Respublikada Xalqaro iqtisodiy va iqtisodiy fanlar bo’yicha kadrlarni yetkazib beruvchi yetakchi fakultetlardan biri hisoblanadi.
Ta’lim yo’nalishi
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo’nalishidagi bakalavr quyidagi fundamental va maxsus tayyorlov ko’rinishadagi professional faoliyatlarni amalga oshira oladi:
amaliy faoliyatlar doirasida: Tashqi ishlar vazirligida attashe, referent va inspektor, Tashqi savdo vazirligida iqtisodchi ekspert, qo’shma korxonalarda xalqaro iqtisodchi, menejer va marketolog;
tashkiliy-boshqaruv faoliyatlari doirasida: qimmatbaho qog’ozlar mutaxassisi, moliyaviy va bankka oid tashkilotlar dilleri, buxgalter, auditor;
ilmiy tadqiqot ishlari doirasida: zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo’yicha asosiy muammolarni o’rganishga oid materiallarni tahlil qilish va tayyorlash.
O’qitish uslublari
O’qitish jarayonida eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shuningdek, an’anaviy uslublardan foydalaniladi. Darslar Respublikaning malakali mutaxassislari va professor-o’qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Bitiruvchilar
Fakultet tashkil topganidan buyon “Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo’nalishi bo’yicha 1000 dan ortiq mutaxassislar tayyorlangan.
Ushbu o’quv yilida magistratura yo’nalishida 39 ta, bakalavriatura yo’nalishi bo’yicha 471 ta talaba tahsil olmoqda. Ushbu sohaning asosiy fanlari: jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy integratsiya, moliya, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, xalqaro biznes strategiyalari, strategik menejment, marketing.
Ushbu yo’nalish doirasida quyidagi tashkilotlar uchun maxsus tayyorlov ko’zda tutiladi: diplomatik va tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradigan davlat maussasalari, xalqaro hukumatlararo va nodavlat tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institut va bank muassasalari hukumati, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini olib boradigan tashkilotlar va kompaniyalar.
Hozirgi kunda fakultetda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlari” kafedrasi, «Xalqaro savdo va investitsiya» kafedrasi, «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi, «Matematik modellashtirish va informatika» kafedralari faoliyat olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |