Xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Jahon iqtisodiyoti kafedrasi



Download 17,64 Kb.
bet2/2
Sana11.07.2022
Hajmi17,64 Kb.
#775797
1   2
Bog'liq
Xalqaro iqtisodiyot va menejment

Jahon iqtisodiyoti kafedrasi


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy Kengashining 1993 yil 9 va 22 apreldagi qaroriga muvofiq chiqarilgan buyruqqa asosan 1993 yil 3 mayda «Xalqaro iqtisodiy rivojlanish» kafedrasi tashkil qilindi.
1998 yilda kafedra nomi «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar», 2010 yil 1 martda «Xalqaro iqtisodiyot» deb o‘zgartirildi.
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kengashining qarori bilan 2017 yilda qayta tashkil etildi.
Bugungi kunda kafedra 5231100 – «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, 5A231101 – «Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)» hamda 5A231102 – “Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi mustaqil kafedra sifatida faoliyat olib bormoqda.
Kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dots.N.S.Ismailova 2017 yil iyul oyidan boshlab kafedraga to‘liq stavkada raxbarlik qilib kelmoqda.
Kafedrada Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OO‘MTVlari buyruqlari, hay’at qarorlari va modemnomalari ijrosini ta’minlash mexanizmi yaratilgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.
Ushbu mutaxassisliklarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va uning tarkibiy tuzilmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo‘mitasi;
Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari;
Aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar, assotsiatsiyalar, konsernlar va uyushmalar;
Tijorat banklari;
Nodavlat va notijorat tashkilotlari;
Ilmiy tadqiqot markazlari, loyihalash institutlari va ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari.
Hozirgi kunda kafedrada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda 2 ta professor, 2 ta dotsent va 7 ta katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning xalqaro hamkorligini rivojlantirish doirasida Yaponiyaning Xokkaydo universiteti professori Masato Xivatari va Fransiyaning Gavr universiteti professori P’er Shaballar kafedra professor-o‘qituvchilariga seminar trening o‘tkazib, kelgusida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Xokkaydo va Gavr universitetlari o‘rtasidagi imzolanadigan memorandum doirasida o‘zaro aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Yaponiya xukumati xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Xalqaro savdo yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis Naruse Jiro ikki o‘quv yili davomida kafedrada o‘z faoliyatini olib borib, “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha yetuk magistrlar tayyorlashda ishtirok etadi. Shu bilan birga, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Biznes inkubator markazi direktori Ruslan Mamedov tomonidan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Xalqaro biznes strategiyasi” mavzusida master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazildi.
Jahon iqtisodiyoti” kafedrasining ilmiy salohiyati bugungi kunda 35 foizni tashkil etadi. Kafedrada asosiy shtat va o‘rindoshlik asosida 17 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Ulardan 3 nafari fan doktori, 2 nafari fan nomzodi, 6 nafari katta o‘qituvchi, 3 nafari assistent faoliyat olib bormoqda.
Kafedra bo‘yicha yosh kadrlarni tayyorlash va ularning ilmiy salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, kafedrada bir nafar tayanch doktorant kafedraning fundamental ilmiy mavzusi doirasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida o‘zining ilmiy izlanishni olib bormoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularning ilmiy izlanishlariga ko‘maklashish maqsadida talabalarning ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. Kafedra qoshida “Xalqaro yosh iqtisodchilar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu to‘garakda talabalar eksperimental va amaliy yondashuvlarni qo‘lllab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha nazariy hamda uslubiy masalalariga tegishli muammolarni keng tadqiq qilib kelishmoqda. Shuningdek, kafedrada faoliyat yuritayotgan ilmiy to‘garakda talabalar faol qatnashib, ilmiy ma’ruzalari bilan chiqishlarni amalga oshirmoqda.
Kafedrada o‘quv jarayonni va ilmiy izlanishlarini darajasini davr talabiga javob beradigan darajada tashkil etish maqsadida, professor va o‘qituvchilar o‘zlarning bilimini, mahoratini, ma’ruza matnlarini, o‘quv va ishchi dasturlarni doimiy ravishda takomillashtirmoqdalar.
Kafedra a’zolari xalqaro va respublikamizdagi gazeta, jurnallarda, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zlarning maqola hamda tezislari bilan faol ishtirok etishadilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar xalqaro, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Kafedrada “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida O‘zbekistonning zamonaviy o‘rni va strategiyasi” fundamental ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Umuman olganda, bugungi kunda kafedraning professor va o‘qituvchilari jahon iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 3 o‘quv qo‘llanmalarni nashr etishga tayyorlamoqda, 6 ilmiy maqola xorijiy jurnallarda va 19 ilmiy maqola va tezislar respublika jurnallarda nashr etildi.
Download 17,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish