6
munosabatlariga o`tishda yaxshi natijalarga erishayotgan mamlakatlarning soni ortib
bormoqda.
Sivilizatsiyali iqtisodiyot (madaniylashgan iqtisodiyot) bozor mexanizmini,
bozor munosabatlarini takomillashtirib, bozor iqtisodiyotiga, umuman iqtisodiy
taraqqiyotga katta o`zgarishlar kiritmoqda. Bu iqtisodiyotning ijtimoiy yo`nalishi,
davlatning iqtisodiyot voqeligiga ishtirokining kengayishi,
aralash iqtisodiyotning
ahamiyatli bo`lib borishi kabilarda o`z aksini topmoqda.
O`zbekiston ham o`z iqtisodiy taraqqiyotida bozor yo`lini tanladi. Zero,
O`zbekiston faqat bozorgina inson manfaatlariga mos mehnatni rag`batlantiruvchi
mexanizmga ega bo`lgani, jahon hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichiga
juda mosligi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira olishi, ishlab
chiqarishni iste’molchilar manfaatiga bo`ysundirishi, tejamli xo`jalik yuritishning
kuchli, oqilona jixatlarini yaratishi, yangiliklarga sezgirlikni oshirishi va fan-texnika
yutuqlarini dadil joriy etish sharoitlariga ega bo`lishi kabilarni e’tiborga olgan xolda
uzil-kesil bozor munosabatlariga o`tishni tan olib, bozor
iqtisodiyoti sari dadil
qadamlar qo`ymoqda.
Davlatimiz Prezidenti I.A. Karimov aytganidek, “Mamlakatimizni iqtisodiy
rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik maqsadni amalga oshirishning
mantig`i mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan va O`zbekistonning
jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga
yo`naltirilgan tarkibiy o`zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy
tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2011 yildagi
asosiy ustuvor yo`nalish sifatida davom ettirishni taqozo yetmoqda”
2
.
Sobiq
Ittifoqning
tarqalishi,
o`z
mustaqilligini
ta’minlash,
iqtisodiy
kompleksdan chiqish, milliy iqtisodiyotni shakllantirish, industrlashtirish kabi jiddiy
qiyinchilik sharoitlarida O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish boshlandi. Yangi
iqtisodiy tuzumga o`tish yangi texnologiya asosida
ishlab chiqarish tuzumini
o`zgartirish va uni boqarish munosabatlari asosida olib borish bilan birgalikda amalga
2
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz tarraqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini
oshirishga xizmat qiladi. Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor yo`nalishlarga bag`ishlangan O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // Xalq so`zi, 2011 yil 22 yanvar.
7
oshirila boshladi. Qisqa vaqt o`tishiga qaramay o`tish iqtisodiyoti davomida katta
muvaffaqiyatlar kuzatilmoqda. Markazlashgan umumrejali ma’muriy iqtisodiyot
o`rniga erkin bozor iqtisodiyoti sari katta qadamlar bosildi. Bozor munosabatlariga
o`tishni ta’minlovchi yirik o`zgarishlar yuz berib, erkin
iqtisodiy taraqqiyot uchun
sharoitlar yaratilmoqda. Bozor iqtisodiyoti asoslari yuzaga kelmoqda.
Bozorni asosan talab, taklif, raqobat va bozor bahosi kabilar shakllantiradi.
Umuman olganda bahoning tashkil topish usuliga qarab xo`jaliklarni bozor yoki
nobozor xo`jaliklar qatoriga qo`shish mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishni uch
tomoni mavjud bo`lib, bu umumiylik,
xususiylik va jahon tajribasidir. Umumiylik
bozor iqtisodiga o`tishda barcha mamlakat,
xudud va xalqlar uchun bir xildir. Aytaylik,
uning
umumiy
darajalari
(kategoriya),
mexanizmlari, munosabatlari mavjudki, ular
milliy davlat chegaralarini tan olmaydi,
barchaga taalluqli va zarurdir,
bularsiz bozor
umuman o`z mazmuniga ega bo`lmaydi.
Lekin hech vaqt bozor munosabatlarining
shakllanishi mamlakatlarda bir xilda yuz
bermaydi. Chunki, bozor iqtisodiga o`tishda
mamlakatlarda
o`ziga
xos
xususiyatlar
mavjud bo`lib, bunga ta’sir ko`rsatuvchi
tomonlar,
omillar
ko`pdir.
Har
bir
mamlakatda bozor iqtisodiyotining
barpo etilishi umumiy qonuniyatlarning aniq sharoitda amalga oshishi va barcha
mavjud xususiyatlarni, aniq shart-sharoitlarni e’tiborga olgan xolda reallashuvi
mumkin. Bu jarayonda har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi,
intellektual xolati, moddiy boyliklar, ayniqsa tabiiy boyliklar,
mehnat resurslari kabi
imkoniyatlar xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Agar bularga geografik joylashuv,
Do'stlaringiz bilan baham: