“Muloqotchanlik ko’nikmasini shakllantirish”
mavzusida trening mashg’uloti
Trenerlar: Nuriddinov Abdurahim
Pardayev Zafar
Ochilova Muhlisa
Ortiqov Muhiddin
Odiljonov Abdulloh
Sayfullayev Qodirjon
Sagdiyev G’ anisher
Salomov Diyosiddin
№
|
Trening mashg’ulotining rejasi
|
Davomiyligi
|
O’quv vositalari
|
Mashq maqsadi
|
1
|
Kirish qismi. Tanishuv. Oltin qoidalar. Mashg’ulotdagi kutuvlar
|
10 daqiqa
|
|
Ishtirokchilarning bir-birlari va trener bilan tanishtiruv
|
2
|
“Salbiy xususiyatlar”
|
10 daqiqa
|
A4 qog’oz 3 ta
|
Guruhdagi muloqotchanlikni shakllantirish
|
3
|
“Avtobusda”
|
10 daqiqa
|
|
Muomala madaniyatini oshirish
|
4
|
Asosiy qism. “Rolli o’yinlar bahosi”
|
5 daqiqa
|
A4 yozilgan savollari bilan 3 ta
|
Muloqotchanlik ko’nikmalarini rivojlantirish
|
5
|
“Ma’lumotlarni so’zsiz uzatish”
|
5 daqiqa
|
|
Pantomima harakatlarini ko’rsatish
|
6
|
Psixokorreksion mashq. “Avtobus” o’yini
|
15 daqiqa
|
|
Noverbal harakatlarni namoyish qilish
|
7
|
“Yashirin lider”
|
5 daqiqa
|
|
Kuzatuvchanlikni oshirish
|
8
|
Yakunlash
|
10 daqiqa
|
Stickerlar 50 ta
|
Qayta aloqa. Olingan bilimlarni, treningdan kutilgan natijalarni umumlashtirish
|
“Muloqotchanlik ko’nikmasini shakllantirish”
mavzusida trening mashg’uloti
Kirish qismi.
Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayoni. Ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir-biriga ta’sir etishi, axborot almashish.
Muloqatchanlik – kishilarning boshqalar bilan muloqotga tez kirishuvchanlik qobiliyati.
Mashg’ulotning maqsadi:
Guruhdagi har bir ishtirokchiga muloqot bilan bog’liq muammolarni yechishda yordam berish
Guruhdagi ishtirokchilarga shaxslar bilan, guruh bilan muloqot qilish usullarini o’rgatish
Guruhdagi ishtirokchilarga turli hil mashqlar orqali muloqot ko’nikmalarini shakllantirish
Kutilayotgan natijalar:
Turli xil vaziyatlarda o’zgalar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini shakllantirish.
Suhbatdoshning noverbal xatti-harakatlarini tushunishga o’rgatish.
Qoidalar:
1. Biri-birini hurmat qilish.
2. Bir-birini shaxsiyatiga tegadigan gap yoki so’zlarni ishlatmaslik
3. Yagona mikrofon.
4. Shu yerda va hozir.
5. Treningni qoidalarini buzgan odamga guruh tomonidan shart aytilishi va bajarishi kerak.
6. Fikrni qisqa va lo’nda bildirish.
Rejalar:
1. Tanishuv "Universitetdagi ilk kunim"
Maqsad: Talabalar bir-biri bilan tanishish va boshqalarni eshitishga o’rganiladi.
Guruhdagilar orasidagi kim bilan ilk suhbatda bo’lgani, qanday savollar bilan murojaat qilganligi, u bilan qanday tanishganligi so’raladi.
2."Salbiy xususiyatlar"
Maqsad: Insonning o'zini namoyon etish imkoniyatlarini yaratish, o'ziga bo'lgan ishonchni shakllantirish. Ishtirokchilar doira bo'lib o'tiradilar.
Psixolog: Nima deb o'ylaysiz, Qaysi xususiyat insonning muloqotga kirishishiga, shaxslararo munosabatlarda o'z o'rnini topishga halaqit beradi? Ushbu xususiyatlardan eng asosiy va jiddiy 1 tasini sanang. Guruh a'zolari bilan muhokama qilinadi. Aytilgan fikrlar yozib boriladi. Barcha guruh ishtirokchilari fikrlarini bildirib bo'lgach, birma-bir bu holat tahlil qilinadi. Masalan, uyatchanlik.
So'ng bir salbiy xususiyat o'qilib, ushbu holatning ma'lum vaziyatdagi ijobiy jihatini topishga harakat qiladilar. Bunda xar bir ishtirokchi bir-birini takrorlamagan holda ushbu holatning biron bir ijobiy tarafini sanadi.
Masalan, uyatchanlik- odob-axloq, madaniyatlilik belgisi, insondagi salbiy jihatlarini berkitishga yordam beradi.
3. "Avtobusda"
Maqsad: Talabalarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni ijobiy rivojlantirish.
Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o’ynaydi, qolganlar esa yo’lovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o’rindiqni egallab olib biriga o’zi o’tiribdi, biriga esa so’mkasini qo’ygan. U hech kimga joy bermoqchi emas. Yo’lovchilardan har biri bezori bilan til topishib uning yoniga o’tirishga harakat qilib ko’rishi kerak. Shart shuki-maqsadga janjalsiz erishish lozim.
4."Rolli o’yinlar bahosi"
Maqsad: muloqatchanlik ustanovkalarini shakllantirish; o’z holatini boshqarish ko’nikmalarini tarkib topdirish. Ishtirokchilar 3 guruhga bo’linib:
1. Men doimo senga achinaman. Ushbu hisdan qanday qutilsam ekan?
2. O’zimdan o’zim nafratlanaman. Nima qilsam ekan?
3. Menda ko’pincha, ayniqsa, hozir tushkunlik holati hukmronlik qiladi. Uni qanday o’zgartirsam ekan? degan savollarga javob izlaydilar. So’ng guruhiy mushohada davom etadi. Sarflanadigan vaqt 15 daqiqa.
5. "Ma’lumotni so’zsiz uzatish"
Bu o’yinda boshlovchi yo’naltirib turuvchi rolini bajaradi. Boshlovchi bu o’yinda ushbu yo’riqnomani beradi: “Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa unga qanaqa ma’lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu ma’lumotni uzatishga harakat qilishadi. Chaqirilgan odamning vazifasi – guruh unga aytmoqchi bo’lgan ma’lumotni anglab olishdan iborat”.
6."Avtobus" o’yini
Maqsad: Muloqot mazmunini shaxsning noverbal harakatlaridan anglash imkoniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Noverbal komponentlar: imo-ishora, mimika va hissiy holatlarni o’qiy olish qobiliyatilarini aniqlash.
Boshlovchi ishtirokchilarga insonning muloqot jarayoni qanchalik boy ekanligi, u faqatgina ogʼzaki muloqotdan iborat boʼlmay, balki soʼzlar yordamisiz uzatiladigan maʼlumotlarga ham boy ekanligi haqida aytib oʼtadi. Soʼzlar yordamisiz uzatiladigan maʼlumotlar muloqotdagi noverbal komponent deyiladi. Bu xil komponentlarni: imo-ishoralar, mimika (yuz ifodasi) va ixtiyorsiz tana harakatlarini muloqotga kirishayotgan har qanday odamda kuzatish mumkin. Bu xil komponent-larni zehn bilan kuzatish va tushunish natijasida koʼpincha suhbatdoshimiz ayta olmaydigan mayl, istaklari haqida maʼlumot olishimiz mumkin. Bu xil harakatlarni kuzata olish qobiliyati inson ichki olamida yuzaga kelayotgan noroziliklarni oldindan sezish, suhbatdoshini «yarimta» gapidan tushuna olish imkoniyatini beradi. Natijada, muloqot jarayonida bu xil omillarni hisobga olish bu jarayonni ancha yengillashtiradi va oʼzaro tushunish hissini keltirib chiqaradi.
Oʼquvchilarda bu xil bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi mashq taklif etiladi. Oʼquvchilar ikki qator boʼlib bir-birlariga qarama-qarshi holda yuzma-yuz turadilar. Har bir oʼquvchi qarshisidagi sherigi bilan mashqni bajaradi.
Yoʼriqnoma: Tasavvur qiling, sizlar qarama-qarshi tomonlarga ketayotgan avtobusda ketayapsizlar, avtobus oynasidan boshqa avtobusda ketayotgan tanishingizni koʼrib qoldingiz. Birinchi guruhdagilar sizlarning oʼsha tanishingizga biron zarur, muhim gapingiz bor. Imo-ishora orqali unga oʼz fikringizni tushuntirishingiz kerak. Ikkinchi guruhdagilar, sizlar oʼz suhbatdoshingizni imo-ishorasidan nima demoqchi ekanligini tushunib olishingiz kerak.
Oʼquvchilar mashqni bajarib boʼlganlaridan soʼng boshlovchi har bir guruh ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat kiladi: Sherigingiz bermoqchi boʼlgan maʼlumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi guruxdagilarga esa «Siz aslida nima demoqchi edingiz?», deb soʼraladi. Natijalar solishtirib chiqiladi va noverbal imo-ishora va xatti-harakatlar individal xususiyatga ega boʼlishi bilan birga umumiy tomonlarga ham egaligi taʼkidlab oʼtiladi. Muloqot davomida bu jarayon ishtirokchilarning nafaqat soʼzlari balki, xatti-harakatlari, yuz ifodasi, tovushidagi intonatsiyalarni oʼqiy olish zarurligi haqida xulosa chiqariladi.
7. "Yashirin lider"
Guruh a’zolaridan biri xonadan chiqib turadi. Qolganlardan birini – “lider”ni tanlashadi. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi: lider muayyan harakatlarni bajarganda ular ham bu harakatlarni takrorlashi kerak. Xonadan chiqarib yuborilgan ishtirokchilarni xonaga taklif qiladilar, uning vazifasi: “lider” kimligini aniqlashi kerak. Agar to’g’ri topsa, lider bilan o’rin almashadi.
8. "Yakuniy qism"
Ishtirokchilarning mashg’ulot borasidagi tassurotlari o’rganiladi. Har bir ishtirokchiga qog’oz beriladi. Ekranda emotsiyalar ko’rsatiladi.
Psixolog: Bugungi mashg’ulotlardan so’ng sizning kayfiyatingiz qay darajada o’zgardi. Ushbu emotsiyalar ichidan sizning hozirgi holatingizga mos suratni tanlab, o’z qozingizga o’sha yuzning tasvirini chizing. Ya’ni hozirgi kayfiyatingizning tasvirini qog’ozda aks ettiring. Ishtirokchilar vazifani bajarib bo’lgach,qog’ozlar doskaga yopishtiriladi.
"Lirik chekini
Semenarda 500 kishi qatnashayotgandi. Maruzachi kutilmaganda to’xtab, mashg’ulotni guruh shaklida davom ettirishga qaror qildi. U hammaning qo’liga 1 tadan shar berdi va uning ustiga har kim o’z ismini yozishni taklif qildi. Keyin barcha ismlar yozilgan sharlarni 1ta xonaga to’pladi. Ishtirokchilar xonaga kirishdi, ulardan 5 daqiqa ichida hamma o’zining ismi yozilgan sharni topish so’raldi. Hamma o’z ismini telbalarcha qidira boshladi. Odamlar bir-biri bilan talashgan, tortishgan, bir-birini xafa qilgan, bir birini turtkilagan xolat u yerda hukm surardi. 5 daqiqa yakunlanganiga qaramasdan, hech kim o’z sharini topa olmadi. Maruzachi bu safar har kim 1 tadan shar olishini va uni ismi yozilgan odamga berishini tayinladi. Atiga bir necha daqiqa ichida hamma o’z ismi yozilgan shariga ega bo’ldi.
Buni hayotda ham kuzatamiz, hamma xuddi aqldan ozganday o’z baxtini izlaydi, ammo uning qayerdaligini hech kim bilmaydi. Aslida bizning baxtimiz, o’zgalarning baxtida yashiringandir. Boshqalarga baxt ulashaylik, shunda o’zimizning baxtimizga erishamiz.
"Navbat"
Mashq maqsadi: talabalarda bevosita kommunikativ xulq-atvor shakllarini rivojlantirish. Guruhdan 8 kishi tanlab olinadi, ularning biri boshlovchi 7 kishi do’kondagidek ketma-ket navbatda turadi 8 kishi esa do’konganavbatsiz kiradi. U maqsadiga erishish uchun har bir ishtirokchi bilan gaplashadi. Navbatda turganlar uni harid qilishga qo’ymasliklari zarur. Bu vaziyat o’ynalayotganda guruhdan boshqa a’zolari kuzatuvchi bo’ladilar, keyin umumiy muhokama o’tkaziladi. Navbatda turganlarning kim “zo’ravon”ni o’tkazib yuboradi, kim o’tishiga yo’l qo’ymadi, qanday vositalar qo’llanilgan (iltimos, qo’rqitish, zo’rlik) muhokama qilinadi.
"Qayerga, qayerga" ("uchlar")
Guruh a’zolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o’z raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so’ng ular aralashib ketishadi. Boshlovchi o’rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamlar bilan nomlangan ishtirokchilar “qayerga, qayerga” deb bir-birlarining o’rinlariga o’tib olishlari zarur. Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan ishtirokchi o’yindan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |