Bilimingizni tekshirib ko‘ring



Download 19,76 Kb.
Sana29.06.2021
Hajmi19,76 Kb.
#104626
Bog'liq
meh huq 5


Bilimingizni tekshirib ko‘ring
1.Kafolatli to‘lovlar deganda nimalarni tushunasiz va ularning ahamiyati nima?

2.Davlat va jamoat vazifalarini bajargandagi kafolatli to‘lovlar haqida so‘zlab bering.

3.Jamiyat manfaatlari yo‘lida qilingan harakatlar paytida kafolatli to‘lovlar to‘lash tartibi qanday?

4.Ish beruvchi va mehnat jamoalari manfaatlari yo‘lida harakat qilganda kafolatli to‘lovlar to‘lash qanday amalga oshiriladi?

5.Kafolatli to‘lovlar berish paytida o‘rtacha ish haqi qanday tartibda hisoblab chiqiladi?

6.Kompensatsiya to‘lovlari deganda nimalar tushuniladi va uning qanday turlari mavjud?

7. Xizmat safari deganda nima tushuniladi?

8. Xizmat safariga yuborish tartibi qanday?

9Xizmat safari paytida qanday kompensatsiya to‘lovlari berish ko‘zda tutilgan?

10.Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish qanday xususiyatlarga ega?

11. Xizmat safariga yuborilgan xodimga qanday kafolatlar ko‘zda tutilgan?


Javoblar …
1. Kafolatli to‘lovlar qonunda maxsus nazarda tutilgan hollarda to‘lanadi va ko‘pchilik hollarda xodimni ish vaqti davomida davlat, jamiyat vazifalarini bajarishlikka, korxona ish beruvchisi manfaatlariga mos keluvchi, mehnat vazifasi jumlasiga kirmaydigan ishlarni bajarishlikka jalb etilishi bilin bog‘liq bo‘ladi.

Kafolatli to‘lovlar ish haqidan farq qilib, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga ko‘ra emas, balki qonunda ko‘zda tutilgan sabablarga ko‘ra to‘lanadi. Kafolatli to‘lovlarning ijtimoiy vazifasi xodim o‘zining huquqlarini amalga oshirishi, majburiyatlarini bajarishi tufayli ishlamagan vaqtlarda ular turmush darajasining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

Kafolatli to‘lovlar fuqaro o‘zining fuqarolik burchini, ijtimoiy-siyosiy huquqlari va majburiyatlarini bajarishlari tufayli belgilangan konstitutsiyaviy kafolatlardan hisob-lanib, ular barcha korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan so‘zsiz ta’minlanishi shart.

2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 165-modda-sida aytilishicha:

Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organi, tergovchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tarzida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi kerak. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

3. Xodimlar tomonidan jamiyat manfaatlari yo‘lida qilinadigan harakatlar:

avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish;

inson hayotini saqlab qolish;

quyish uchun qon topshirish va boshqa hollar. Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va boshqa hollarda) ana shu davr uchun uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

4. Xodim ish beruvchi va mehnat jamoalari manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida ularga beriladigan kafolatlar, shu jumladan kafolatli to‘lovlar Mehnat Kodeksining 165-moddasida ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra:

Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy etish ishlarida qatnashish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va boshqa hollarda) maqsadida xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek, ana shu davr uchun to‘lanadigan kafolatli to‘lovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yiladi, lekin bu to‘lov miqdori o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.

5. Xodimlarga kafolatli to‘lovlarni berish paytida o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra:

Ta’tillar vaqtiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga; etti oy to‘liq ishlaganlarga ettidan birga va hokazolar), o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o‘ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi.

Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘quvchilariga qo‘shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

6. Xodimning o‘z hizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ravishda qilgan xarajatlari ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplab borilishi nazarda tutilgan. Bunday to‘lovlardan ko‘zlangan maqsad xodimning ish beruvchi manfaatlari yo‘lida o‘z yonidan qilgan moddiy va pul xarajatlarini unga qaytarib qoplab berish, shu yo‘l bilan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarilganligi tufayli uning mulkiy jabr ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

Mehnat qonunchiligi xodimning xizmat burchlarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda qilgan va ish beruvchi tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlar doirasini:

Xizmat safariga borish bilan bog‘liq xarajatlar;

Boshqa joyga ko‘chish bilan bog‘liq xarajatlar;

Xodimga tegishili bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, xodim amalda qilgan boshqa xarajatlar ish beruvchi bilan kelishib belgilanadi.

7. Xizmat safari deganda – xodim tomonidan xizmat vazifalarini ish beruvchining farmoyishiga muvofiq korxona joylashgan aholi punktidan boshqa aholi punktida bajarilishi tushuniladi. Xizmat safari mamlakat ichkarisidagi muayyan aholi punktiga (u erdagi korxona, muassasa, tashkilotlarga) bo‘lishi yoxud xorijiy mamlakatga (u erdagi firma, kompaniya, muassasa, tashkilotga) bo‘lishi mumkin.

8. Mamlakat hududi doirasida xizmat safariga yuborish tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbarining bu haqda chiqargan buyrug‘i (farmoyish) asosida amalga oshiriladi. Unda xizmat safariga yuborilayotgan shaxslar), safarning muddati va maqsadi ko‘rsatib qo‘yiladi. Xizmat safariga borish haqidagi ish beruvchining buyrug‘i (farmoyish) xodim uchun majburiy bo‘lib, unga bo‘ysunmaslik xizmat vazifalarini uzrli sababsiz bajarmaslik deb baholanadi.

Ammo xodimlarning muayyan toifalari (18 yoshga to‘lmagan shaxslar, homilador va 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollar, I-II guruh nogironlari va boshqalar) xizmat safariga yuborilmaydi.

9. Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish joyi va o‘rtacha ish haqi butun xizmat safari davomida saqlanib turiladi, u safarga borgan korxona xodimlari son tarkibiga kiritilmaydi, biroq o‘sha erdagi korxona ish vaqti rejimiga rioya qilgani holda ishlaydi hamda dam olish vaqtidan foydalanadi. Xizmat safariga borgan xodimga belgilangan normalar doirasida yo‘l-transport xarajatlari, ish bajarish uchun shinam turarjoy bepul berib qo‘yilmagan bo‘lsa, turarjoy ijarasi xarajatlari, sutkalik pul to‘lanadi.

10. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin chet ellar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy, tijorat aloqalar benihoyat darajada ko‘paydi. Xorijiy firma va kompaniyalar, ilmiy, madaniy va boshqa muassasalari bilan aloqalarni davlat tomonidan rag‘batlantirilayotganligi tufayli chet ellarga xizmat safariga borish ham keskin ortdi. Ana shunday sharoitda xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish masalalarini maxsus tarzda huquqiy tartibga solish dolzarb masalalardan biriga aylandi. SHu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyundagi 932-tartib raqami bilan «Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar xodimlarini O‘zbekiston hududidan tashqariga xizmat safariga yuborish paytida xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘ berish tartibi»ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi84.

Mazkur tartib xodimlarni xorijga xizmat safariga yuborishni rasmiylashtirish, yuborilayotgan xorijiy mamlakatning yoki boshqa davlatning qattiq valyutasida xizmat safari xarajatlarini qoplash tartibi, normalarini belgilab qo‘ydi.

11. Xorijiy xizmat safariga yuborilgan xodimga quyidagi xizmat bilan bog‘liq xarajatlar qoplanishi ko‘zda tutilgan:

a) sutkalik xarajatlar;

b) turarjoy xarajatlari;

v) transport xarajatlari;

g) mulozamat xarajatlari;



d) ko‘zda tutilmagan xarajatlar;

e) qoplanishi lozim bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Download 19,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish