Yassi ko’zgu. Nima sababdan qog‘oz ho‘llansa orqasidagi yozuvlar ko‘rinadi?



Download 4,12 Mb.
Sana14.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#801104
Bog'liq
2 5341535948544940541


MAVZU: YORUG’LIK HODISALARI HAQIDA BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI.
YASSI KO’ZGU.
1. Nima sababdan qog‘oz ho‘llansa orqasidagi yozuvlar ko‘rinadi?
2. Suv yoqasida o‘tirgan bola, suvda Quyoshning aksini ko‘rib turibdi. Bola o‘rnidan tursa, Quyoshning aksi qaysi tomonga siljiydi?
3. Suv ichida turib atrofga qaralsa, undagi toshlar, suv o‘tlari va
h.k., suv ustidan turib qaralgandagidek ko‘rinadimi?
Uy vazifasini takrorlash:
Yorug‘lik hodisalari allomalarimizdan Beruniy va Ibn Sinoning ham e’tiborini jalb qilgan. Oldingi mavzularda Yerdagi energiyaning (issiqlikning) asosiy manbai Quyosh deb ko‘rsa tilgan edi. Bu haqda Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida quyidagicha bayon qiladi:
«Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida ba’zilar bunga sabab nur desalar, ba’zilar esa nur aksi – burchaklarining o‘tkirligi sabab deganlar. Unday emas, balki nurning o‘zida harorat mavjud – deydilar». Beruniyning bu fikri Quyoshdan Yerga issiqlik nurlanish tufayli kelishini isbotlaydi.
Ko‘rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday savol yuboradi: «Ko‘z nuri vositasi bilan idrok qilish – ko‘rish qanaqa, nima uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko‘rinib turadi, holbuki ko‘z nurining ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi silliq va yaltiroq-ku».
Ibn Sino o‘zining javoblarini keyinchalik «Fizika», «Tib qonunlari» nomli asarlarida aniqroq tafsiflaydi. «Agar ko‘zimizdan nur chiqib, buyumlarni yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko‘radi gan bo‘lsak, nima uchun kechasi ko‘rmaymiz? Nahotki ko‘zimizdan chiqqan nur butun olamni yoritishga yetsa?» – deya Aflotunning fikrini rad etadi. Ibn Sino ko‘rishning asosiy sababi aksincha, buyumlardan kelayotgan nurlarning ko‘zimizga tushishi va ko‘z gav haridan o‘tib sinishi, so‘ngra ko‘zdagi to‘r pardada tasvirning paydo bo‘lishi natijasida deb tushuntiradi.
• Markaziy Amerikada Anableps degan baliq bor. U suvda ham, quruq likda ham bir xil ko‘rsa kerak. Chunki u suv yuzida katta ko‘zlari ning yarmi suvda, yarmi havoda bo‘lgan holatda suzib yuradi.
Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko‘zgu deyiladi.
Yorug‘likning qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko‘zguda tasvir hosil qilishni ko‘raylik (110-rasm). Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko‘zguga yo‘naltiriladi. Bu nurlar ko‘zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib qaytadi.
Ko‘zgudagi buyum o‘zidan nur chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi.
Buyumning yassi ko‘zgudagi tasviri mavhum, to‘g‘ri, o‘lchamlari buyum o‘lchamlariga teng, buyum ko‘zgudan qancha masofada bo‘lsa, ko‘zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni o‘ng tomoni bilan almashinib ko‘rinadi.
Sferik ko‘zgular*. Sharning bir bo‘lagi ko‘rinishida bo‘lgan ko‘zgular sferik ko‘zgular deyiladi. Ular ikki turda bo‘ladi: botiq va
qavariq. Botiq ko‘zguda nur sferaning ichki qismidan, qavariq ko‘zguda sferaning tashqi qismidan qaytadi.
BOTIQ KO’ZGU
Botiq ko’zgu yordamida to’nkarilgan, haqiqiy kichiklashgan yoki kattalashgan tasvir hosil qilish mumkin.
QAVARIQ KO’ZGU
Qavariq ko’zgu yordamida to’g’ri, kichiklashgan va mavhum tasvir hosil qilish mumkin.
Sferik ko’zgularning fokus masofasini va
ular yordamida tasvir yashashda hisoblash
formulasi quyidagicha ifodalanadi.

1
2
Bu yerda, F - fokus masofa, R – sferik ko’zguning egrilik radiusi, f – tasvirdan ko’zgugacha bo’lgan masofa, d – buyumdan ko’zgugacha bo’lgan masofa.
Masalalar ishlashda qiyinchilik bo’lmasligi uchun (2) formuladan F, f va d ni topishni o‘rganamiz.
F, f va d larning XBSdagi birligi 1 m (metr), masala ishlaganda sm da ishlab javobini chiqarsa bo’ladi.
Masala yechish namunasi:
Odam ko‘zguga 1 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Uning tasviri ko‘zguga qanday tezlik bilan yaqinlashadi?
Masala yechish namunasi:
Buyum botiq ko’zgudan 25 sm masofa uzoqlikda joylashgan, botiq ko’zguning fokus masofasi 10 sm. Buyumning botiq ko’zgudagi tasviri ko’zgudan qancha masofada hosil bo’ladi? Tasvirini chizib ko’rsating.
Uyga vazifa
1. Mavhum tasvir deganda nimani tushunamiz?
2. Tajribada sferik ko‘zgularning fokusi qanday topiladi?
3. Sferik sirt markazi va ko‘zgu fokusi ustma-ust tushadimi?
4. Botiq ko‘zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni qayerga qo‘yish kerak?
1.Yassi ko’zgu oldida odam turibdi. Agar u ko’zguga 1 m yaqinlashsa, odam va uning tasviri orasidagi masofa qanday o’zgaradi?
2.Qizcha ko’zguga tik yo’nalishda 0,5 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Qizchaning tasviri unga va ko’zguga qanday tezliklar (m/s) bilan yaqinlashadi.
3.Botiq ko’zgudan 20 sm uzoqlikda buyum turibdi, botiq ko’zguning fokus masofasi 10 sm. Shu botiq ko’zguda hosil bo’lgan buyumning tasviri ko’zgudan qancha masofa uzoqlikda hosil bo’lgan. Ushbu masalaning tasvirini chizib ko’rsating.
Uyga vazifa masalalar.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish