72
Ilmiy g`oyalarni yangi mahsulotlarda moddiylashtirishga keyingi yo`l tub
mazmuni bilan tadbirkorlik bo`lib, yangi g`oya asosida korxona bunyod qilishdir. Bu
eng og`ir yo`l. Chunki bu yangi tadbirkorlik faoliyati bilan bog`langandir. Ma’lumki,
yangi ishni boshlash hamma vaqt katta qiyinchiliklar bilan bog`liqdir.
Yangi
tadbirkorlik barcha narsalarni yangidan, boshidan boshlashni talab etadi. Bunda
tadbirkordan zarur pulni topish, korxonaga ega bo`lish va uni ishga tushirish, tijoriy
ish tajribasiga ega bo`lish va boshqa bir qancha muammolarni hal qilish talab etiladi.
Bunda yangi g`oyani maromiga yetkazish, uni reallashtirish uchun qayta-qayta ko`rib
chiqish zaruriyati majuddir.
Yana bankirlar bilan, mahsulot yetkazib beruvchilar,
iste’molchilar, ulgurji savdogarlar, reklama agenti vakillari kabilar bilan muomala
qila bila shva hamkorlikka qo`shila bilish uquvi bo`lishi zarurdir. Bularsiz hech
qanday muvaffaqiyatga erishib bo`lmaydi.
Tadbirkorlik va iqtisodiy o`sish.
Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoriy mahsulotga
aylantirish, yangi tovar va xizmatlar turlarini yaratish sohasidagi eng ma’qul yo`l
yangi
korxonalar, yangi tarmoqlar yaratishdir. Shu kunda bu sohadagi eng ma’qul
yo`l yangi tadbikorlik, yangi korxonalar, yangi ish boshlash yo`li bilan yangi tovar va
xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etishdir.
Tadbirkorlik mahalliy iqtisodiy holatga katta ta’sir ko`rsatib, yangi ish joylari
yaratadi, iqtisodiy asosni kuchaytiradi. Shuning uchun ham bunday tadbirkorlik
iqtisodiy taraqqiyotda eng ahamiyatlidir.
Umuman tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli, o`rni haqida gap
yuritar ekanmiz, avvalo daromadlarning o`sishi, aholi iste’molining ortib borishini
tasavvur etamiz. Chunki har bir mamlakatda tadbirkorlik rivoji har bir tadbir, har bir
ishlovchining individual daromadlarining o`sib borishiga va natijada umuman, milliy
daromadning
ortib borishiga, shaxsiy iste’mollar ko`payib, aholi turmush
darajasining ko`tarilishiga olib kelishini ko`ramiz. Eng rivoj topgan, qudratli
iqtisodiyotga erishgan va aholisining turmush darajasi yuqori bo`lgan mamlakatlar
muvaffaqiyatlari tadbirkorlik taraqqiyoti natijasidir. Lekin tadbirkorlik ahamiyati
faqat bu bilan chegaralanmaydi. Chunki
tadbirkorlik iqtisodiyot, jamiyatdagi
o`zgarishning harakatga keltiruvchi mexanizmi, uni amalga oshiruvchi vazifasini
73
bajaradi. Bu o`zgarishlar umumiy iqtisodiy o`sishni ta’minlab, mahsulotning
to`xtovsiz ko`payib borishiga olib yeladi. Bunday hodisadan barcha manfaatdordir.
Tuzilma o`zgarishi va iqtisodiy taraqqiyotning mexanizmi nimadan iborat
bo`lishi mumkin? degan savol tug`iladi. Ba’zilar buni
innovatsiya jarayoni bilan
bog`liq deb tushuntirailar. Innovatsiya tufayli yangi oovar va xizmatlar barpo etiladi,
shuningdek,
yangi
tuziladigan
kompaniyalardagi
investitsiyalar
ham
rag`batlantiriladi. Iqtisodiy tenglashuvda yangi investitsiya talab va taklifning
o`sishiga qaratiladi. Chunki yuzaga keluvchi kapital tovarlar chiqarishni ko`paytirib,
taklifni qo`llaydi. Xarajatlarning ko`payishi va mahsulot o`sishi esa talabni
kuchaytiradi.
Shunga qaramay, innovatsiya va investitsiyaning iqtisodiy o`sishdagi
ahamiyatliligi tadbirkorlikning ahamiyatini to`la ochib bera olmaydi. Chunki
yuqorida ko`rsatganimizdek, innovatsiya davlat va mavjud korxonalarda ham amlaga
oshishi mumkin.
Tadbirkorlikning taqdiri, istiqboli bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan
bog`liqdir. Kelajak bozor iqtisodiyoti
bilan belgilanar ekan, demak, tadbirkorlik
ijtimoiy hayotda o`zining ahamiyatini oshirib boradi. Shuning uchun yildan-yilga
tadbirkorlikka jamiyat, davlat va hukumatlarning e’tibori ortib bormoqda. Bular
tadbirkorlikka bog`liq ilmiy tadqiqotlarning
kengayishi, tadbirkorlik mutaxassisligini
o`rgatishning rivoji, dalvatning tadbirkorlikni kuchaytirish sohasidagi tadbir-
choralarining kengayishi, jamoatchilikning e’tiborini o`sishi kabilarda o`z ifodasini
topmoqda.
Tadbirkorlik barcha sohalarda va tarmoqlarda mavjud. Tadbirkorlik
darajasiga kelsak, bu hamma sohada bir xil bo`lmaganidek, dalvat korxonalari va
korporatsiyalardagi yollanma boshqaruvchilik bilan xususiy korxonalardagi
tadbirkorlik sharoiti va darajasini ham bir xil deb bo`lmaydi.
YOllanma boshqaruvchilik sharoitida tadbirkorilk to`la erkinlikka ega emas,
chunki bunda chegaralanish mavjud va asosan ijrochilik ustunlik qiladi.
Xususiy korxonalarda esa ahvol boshqacha va tadbirkorlikdagi
chegaralanish
deyarli yo`q. Ularda to`la iqtisodiy harakat sharoitlari hukmronlik qiladi,
74
tashabbuskorlik, xatarlilik cheklanmaydi. Korxonaning, sarmoyaning batamom
tadbirkor ihtiyorida bo`lishi to`la erkinlik imkonini tug`diradi. Shunga qarab
tadbirkorlikning ikki xilini e’tiborga olish mumkin: cheklangan va cheklanmagan
(suveren) tadbirkorlik.
Birinchisi, yollanma boshqaruvchilik, ya’ni davlat va
korporatsiyadagi boshqaruv faoliyatiga taalluqli bo`lsa, ikkinchisi, xususiy korxona,
xususiy mulk sharoiti hukmronligi asosidagi tadbirkorlikka taalluqlidir. Bular bir-
biridan mustaqil ish yuritish darajasi bilan farqlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: