3.1.1.-jadval
O`zbekistonda kichik biznez va xususiy
tadbirkorlikni
rivojlantirishda metodologik bazani
O`zbekistonda kichik biznez va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish metodologik
bazasini chuqurlashuvi
v
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qoninchilik
Palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi
Prezident ma’ruzasi (12 noyabr, 2010 y.);
v
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18
yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi
Prezident ma’ruzasi (7 dekabr, 2010 y.);
v
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
2011 yildagi ustuvor yoqnalishlari (yanvar, 2011
y.);
v
“2011-2015 yillarda O`zbekiston iqtisodiyotida
isloxotlar ko`lamini yanada kengaytirish va
chuqurlashtirish,
mamlakatda
tadbirkorlik
muhitini shakllantirishga oid mezonlar va baholash
tizimini amalga oshirish dasturi to`g`risida”gi
Prezident qarori (PQ-1464 7 yanvar, 2011 y.);
v
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat
dasturi
67
resurslariga yetarli miqdorda ega bo`lmasa ham o`z maqsadiga erishish uchun har
qanday usullar, yo`llar bilan ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlarini
topishga urinadi. U o`z ixtiyoridagi va tashqi resurslardan foydalanishning ma’qul
variantlarini tanlaydi. Ilmiy texnika taraqqiyoti, mahsulot sifati va chidamliligiga
bo`lgan talabning o`sib borishi tadbirkorlik oldida tub yangi texnik-texnologik
yechimlarni tadbiq etish zaruriyatini qo`ymoqda. Buning uchun “aqliy xujum” deb
atalmish yo`nalishni asos qilib olish talab qilinadi. Keyingi yillarda G`arb
mamlakatlarida kichik xajmdagi ilmiy ishlov tadbirkorligi avj olmoqda.
Tadbirkorlik uchun keyingi ahamiyatli xususiyat shuki, u xo`jalik sohasidagi
to`xtovsiz va xatarli javobgarlikning mavjudligidir. Bu tushunchalar bir xil bo`lmasa
ham, lekin ular bir-biriga bog`liq va bir-birini keltirib chiqaradi.
Xatar deganimizda noma’lum, kutilmagan holatlar bo`lishi mumkinligini
tushunamiz. Qanchalik o`ylab ish qilinmasin, oldindan qanchalik hisob-kitob va
chamalab ish tutilmasin, baribir kutilmagan hodisalar yuz berishi turgan gap va uning
oldini olib bo`lmaydi. Xatarlikka iqtisodiy baho berib ham bo`lmaydi. Javobgarlikni
olsk, bu ancha aniq narsa va uni ma’lum ko`rsatkichlar bo`yicha aniqlash va baholash
mumkin. Tadbirkorlikdagi xatarlik mavjudligining sharoitlari yuqori darajali
ishbilarmonlik, serharakatlik va raqiblik qila olish qobiliyatlarini talab etadi. T
adbirkorlikda muvaffaqiyatga erishish yoki tushkunlikka tushish muqarrar. Chunki
doimo omad kelavermaydi. Xatarlikda sarf-xarajatlar hamda natijalar o`rtasidagi
muvozanat ish taqdirini bildiruvchi ko`rsatkich bo`lib hisoblanadi. Agar bu
muvozanat buzilsa, bozordagi baho xarajatni qoplash darajasida bo`lmasa, demak
tadbirkorlikda hisobga olinmagan tasodifiy tomonlar mavjudligi aniq. Bunda yo
tadbirkorning faoliyati samarasiz, yo bozor kon’yunkturasi buzilgan bo`ladi. Ishlab
chiqarish va tovarlar sotilishi sharoitlari kombinatsiyasini doimo nazorat ostida tutish,
ishlovchilarni ham shunday sharoitida tutish talab qiladi.
Tadbirkorlik faqat mulkdorlarga xos deb bo`lmaydi, ya’ngi o`z mulkini
ishlatish tufayligina tadbirkor bo`lishi mumkin, deyish noto`g`ridir. Chunki mulkka
ega bo`lmay, qarz sarmoya, ijara asosida ham tadbirkorlikning tashkil etsa bo`ladi.
Buni davlat korxonalaridagi tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. Ma’lumki, o`tgan
68
asrdayoq kapital mulk va kapital funksiya ajralishi yuz berib, buni o`z vaqtida K.
Marks atroflicha ta’riflab bergan edi. Xo`jalikni yuritish, bundagi tadbirkorlik
bo`yicha zarur qarorga kelish allaqachonlar kapitalning egasidan kapitalni
ishlatuvchi-boshqaruvchi ixtiyoriga o`tgan. Bunday harakat, ayniqsa, hissadorlik
jamiyatlarining paydo bo`lishi bilan kuchaydi. Yakka xususiy korxonalarda, albata
mulkdorning o`zi tadbirkor hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarishni tashkil etish,
boshqarish bilan bog`liq barcha zaruriy ishlarni uning o`zi olib boradi. Hozirgi zamon
iqtisodiyotida xo`jaliklar faoliyati korporativ asosda rivojlanishi tufayli tashkiliy-
texnik rahbarlik menejerlik tomonidan amalga oshirilmoqda. Demak, tadbirkor va
mulkdor o`rtasida qattiq bog`liqlik yo`q. Shunga ko`ra tadbirkorlikni mulkdorlik
xususiyati belgilamay, uni qaramsizlikning moddiylashuvi, xo`jalik yurituvchilarning
mustaqilligi belgilaydi.
Tadbirkorlik
faoliyatining
mohiyati iqtisodiy
fikr
yuritishsiz to`la
yechilmaydi. Tadbirkorlikka xos fikr yuritish oddiy ma’lum va singib ketgan
xolatlardan butunlay boshqacha bo`ladi. Qabul qilinadigan qaror va yechimlar
o`zgacha yangiligi, alohidaligi bilan farqlanishi kerak. Bunda eng markaziy narsa
qo`l ostidagi kishilarni qo`yilgan maqsadga bo`ysindirish va ularni ana shu maqsad
atrofida birlashtira olishdir. Bu albatta zarur axborotlarni o`z vaqtida yig`ish, ularni
ishlab chiqish va foydalanishni talab qiladi. Hisob-kitob va harakat dasturlarini
ishlash yuqori bilimga asoslanadi. Kashfiyotchidan farq qilgan xolda tadbirkor shu
kashf etilgan ish bilan qanoatlanmaydi, balki uni tadbiq qilish va bu jarayonda yuqori
samaraga erishishini ko`zlaydi. Bu jarayonda ko`p to`siqlar, qiyinchiliklar bo`lishi
tufayli qat’iylik, iroda talab etiladi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni hisobga olgan holda tadbirkorlikni xo`jalik
sub’ektlarining xatarliligi bilan bog`liq holdagi tashabbuskorlik, o`z g`oyalari va
ijtimoiy iqtisodiy samaraga erishish maqsadida yangi kombinatsiyalarni amalga
oshiruvchi iqtisodiy faoliyat deb ifodalash mumkin.
Tadbirkorlikni
taraqqiy
etishi
nuqtai
nazariyadan
rivojlangan
va
rivojlanmagan tadbirkorlikka bo`lish mumkin. O`tish davri uchun rivojlanayotgan
tadbirkorlik xos bo`lsa, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan davr rivojlangan
69
tadbirkorlikni yaratadi. Tadbirkorlik bozordan kelib chiqqanligi tufayli, u bozor
munosabatlari xususiyatlari va ularning ta’sir doirasi kengligi bilan bog`liqdir.
Agarda buni bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayoni bilan bog`lab ko`radigan bo`lsak,
korxonalar mustaqilligi darajasi bilan uning ham o`zgarib borishini fraqlay olish
mumkin. Lekin baribir korxonalar faoliyatida davlat ta’sirining saqlanib turishi
tadbirkorlik uchun yo`lni tor qilib qo`ymoqda. Bundan tashqari mavjud, aniqrog`i
sobiq ishlab chiqarish tuzilishining asosligi, batamom yangilanmaganligi ishlab
chiqaruvchilarning monopolligiga barham berish imkonini yaratgani yo`q. Bu
hozircha bozorda tovarlar taklifi sharoitini o`zgartirgani yo`q. Xaridorlar –
iste’molchilarning tor hajmli, cheklangan miqdordagi ishlab chiqaruvchilarga
bog`liqligi saqlanmoqda. Bu, albatta tadbirkorlikni ancha chegaralaydi va bunday
sharoitda u tez rivojlana olmaydi. Tadbirkorlikdagi javobgarlikka kelsak, ularning
muvaffaqiyatli faoliyatlari uchun ijobiy ta’sir etuvchi sharoitlar zaruriy qonuniyatlar
bilan ta’minlanmog`i kerak. Bunda qonunlarning to`la ijrosi uchun muhit yarata
bilish ahamiyatlidir.
Bozor iqtisodiyotining shakllanish tezligiga qarab tadbirkorlik ham rivojlanib
borishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyatini belgilovchi xususiyatlardan yana biri uning tashkil
etilishi usulidir. Bu jarayon stixiyali yoki tashkiliy ravishda yuz berishi mumkin.
Tarixan bu jarayon stixiyali paydo bo`lib kelgan. Lekin hozir bunday bo`lishi
mumkin emas. Chunki stixiyali jarayon uchun juda uzoq vaqt kerak va u salbiy
oqibatlarga olib keladi. Bor tajribalarga asoslangan holda tadbirkorlikning
shakllanishini tashkiliy ravishda amalga oshirish imkoni bo`lib, bunda davlat asosiy
rol o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |