2.6.1.-jadval
Iqtisodiyotni nodavlatlashtirish usullari
№
Usullar
Usulning
mazmuni
Usulning
maxanizmlari
Ijobiy tomonlari
Salbiy
tomonlari
1.
Bozorni
liberallash-
tirish
Erkin baxolar
kiritilishi,
raqobatga yo`l
ochish, bozor
qatnashchilarini
ko`paytirish
Baho, raqobat,
privatizatsi-
yasiz
nodavlatlashuv
Mayda korxo nalar
ko`payishi, bozorda
taklifning o`sishi,
bozor
tuzilishinino`zgarishi
Bahoning
ko`tarilib
borishi
2.
Davlat shax-
siy aktsio
nerli kor
xonalarni
yaratish
Aktsioner ka
pitalda dav lat
hissasini
kamaytirish
Soliq, kredit
Mulkchilar
ko`payadi, er kin
iqtiso diy faoliyat
o`sadi
Tabakalanish
kuchayadi
3.
Davlat
iqtisodi
Є
tiga
xos nobozor
usullarni
ketma-ket
Davlat
korxonalarida
bozor
munosabatlarini
qo`llash
Byudjet,
kredit, xususiy
investitsiyalard
an foydalanish
Davlat
buyurtmalarini
qisqartirish,
korxonalar
faoliyatini
O`tish bilan
bog`liq, ishlab
chiqarishning
vaqtincha
qisqarishi
59
yo`q qilish
yaxshilash
4.
Xususiylash
tirish
Davlat mulkini
xususiylashtirish
Auktsion,
aktsiyalar
sotilishi,
tekinga mulkni
tarqatish
Mulk egasini topadi,
uning samaradorligi
oshadi
Ta’siri ma’lum
vaqt o`tganda
kuchga kiradi,
katta
o`zgarishlarni
talab etadi
Amalda yuqorida keltirilgan to`rt usul birgalikda olib boriladi. Lekin
iqtisodiyotning nodavlatlashtirishda liberallashtirish va xususiylashtirish bir-birini
to`ldirib keladi. Chunki bularning o`ziga xos katta ustuvorliklari mavjud.
Liberallashtirishni olsak, u bozor eshiklarini keng ochib qo`yadi. Bunda bozorning
ichki tuzilishi o`zgarib boradi va iqtisodiyotning nodavlatlashuviga yordam qiladi
hamda monopolashuvni zaiflashtiradi. Xususiylashtirish esa birdaniga bunday
o`zgarishlarga olib kelmaydi, chunki faqat mulk shakli o`zgaradi, bozorda darrov
o`zgarishlar yuz bermaydi va o`sha tovar taqchilligi, monopoliya mavjudligi, tovar
sifatining pastligi saqlanib qolaveradi.
Lekin xususiylashtirishning ijobiy tomoni shuki, u mulkning real – haqiqiy
egasini topadi. Bilamizki, mulk egasini topmaguncha samaradorlik bo`lmaydi.
Demak, bozor mexanizmlari ishga tusha boshlaydi, ishlab chiqraish o`sib, taklif
kuchaya boradi.
Rivoj topgan mamlakatlarda xususiylashtirish moliya bozoriga ta’sir etadi,
natijada sotiladigan aktsiyalar ko`payishi bilan taklif ortadi. Bu hech qanday
xarajatlar bilan bog`liq bo`lmaydi va iste’mol buyumlariga bo`lgan talabning
qisqarishiga olib keladi. Foydali bo`lgani uchun fuqarolar xursandlik bilan davlat
mulkining sotilishida faol qatnashadilar. Inflyatsiyaga qarshi ta’sir kuchli bo`ladi.
Daromadlarning bir qismi aktsiyalar sotib olishga sarflanganligi sababli tovar va
xizmatlar bozorida talab pasayadi. Angliya, Fransiyaga o`xshagan mamlakatlarda
xususiylashtirish jarayonida xuddi shunday voqelik yuz bergan.
Rossiyada ahvol boshqacha bo`lib, xususiylashtirish cheklari chiqariladi, bu
ijtimoiy-siyosiy muvozanatga ancha yordam berdi.
Xususiylashtirishning muvaffaqiyati uchun bir nechta shartlarni bajarish talab
etiladi:
60
1.Mulkning taqdirini belgilashda, imkoni bo`lsa xususiylashtiriladi. Bunday
nohaqlik, nazoratsizlik yuz bermasligi uchun, avvalo davlat mulki sub’ektlarining
to`la aniqligi talab etiladi.
2.Xususiylashtirish iqtisodiyotning bozor potensiallarini tezda ishga solishi
uchun kapitallar harakatini ta’minlash, ularning tarmoqlararo va sohalararo siljish
yo`llarini ochish talab etiladi.
3.Sotiladigan aktsiyalarning oldindan ma’lum bo`lishi.
Rivojlangan
mamlakatlarda bu jarayon haqiqiy bozor usulida erkin tarzda bo`lmaydi. Masalan,
Fransiyada sotiladigan korxonalar aktsiyalarining 10 foizi chet elliklarga, 50 foizi
Fransiya fuqarolariga va bank, yirik moliya institutlariga sotiladi. Germaniyada esa
davlat o`ziga 51 yoki 25 foizini qoldiradi.
4.Xususiylashtirishning oxirigacha amalga oshishini ta’minlash uchun
mulkning biri xususiylashtirilib, ikkinchisini byurokrat apparat qo`lida qolishiga yo`l
qo`yilmaslik kerak.
Yuqoridagi shartlar bajarilsa, xususiylashtirish muvaffaqiyatli o`tadi.
Masalan,
Germaniyada
bu
qiyinchilik
bilan
ko`chdi.
Chunki
mahalliy
hokimiyatlarning huquqlari katta. Angliyada “British Genekom”ni xususiylashtirish
natijasida 2,25 mln. kishi sherik mulkdor bo`lishdi. Bu, korporatsiyaning 96 foizi
xodimlariga teng, deng so`z.
Davlat xususiylashtirishni kengaytirar ekan, demak u o`z faoliyatini bozor
iqtisodiyoti talabiga moslashtirish, uning rivojlini kuchaytirish va talab tomon to`la
harakatda bo`lish, iste’molchilar uchun zarur tovarlar bilan bozorni to`ldirishni
ko`zda tutadi. Privatizatsiya ishlab chiqarish samaradorligi va aholining yuqori
darajali turmushini ta’minlash uchun bo`lgan harakatdan iboratdir.
O`zbekistonda raqobat bozoriga xos erkin iqtisodiyotni shakllantirishda
albatta xususiylashtirish muhim asos bo`lib, u tezlashtirilishi kerak. Ammo
yuqoridagi shartlarni e’tiborga olish va sharoitga qarab yuqorida ko`rsatib o`tilgan
usullardan foydalanishni esdan chiqarmaslik shart. Xususiylashtirishni iqtisodni
liberallashtirish bilan bog`liq holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki
61
liberallashtirish bevosita bozorni kengaytiradi, ya’ni bu jarayonga hoziroq ta’sir
ko`rsatib, tezda samara bera boshlaydi.
Respublikamizda baho liberalligi amalga oshdi va o`z samarasini bermoqda,
boj sohasidagi amaliy ishlar chet tovarlarining ichki bozorimizda o`z o`rnini
kengaytirmoqda. Pul-kredit sohasidagi ishlar, milliy pulning mustahkamlanishi
kabilar bozor munosabatlariga o`tishni tezlashtirmoqda.
Lekin xususiylashtirish sohasida ham bir qancha ishlar bajarilib, bunda davlat
katta tashabbuskorlik qilmoqda. Puli, pulsiz va imtiyozli usullar keng qo`llanilmoqda.
Aytaylik, turar joylarni xususiylashtirish juda tez vaqt ichida keng miqyosda
o`tkazildi. Bunda imtiyozli usul qo`llanilib, uy-joylar arzon bahoda kam pul hisobiga
O`zbekiston fuqarolarining xususiy mulkiga aylantirildi. Maishiy xizmat ko`rsatish
korxonalari, avvalo mayda va o`rta, so`ngra katta savdo korxonalari ham
xususiylashtirildi. Bunda xizmatchilarga imtiyozli sharoitlar yaratib berildi.
Auktsion yo`li bilan kim oshdi savdosi orqali nodavlatlashtirish ham
qo`llanilib, bu asosan viloyat va tumanlar hududlarida o`tkazilmoqda. Tez vaqt ichida
davlat
sanoat,
qurilish,
transport
korxonalarini
aktsionerlashtirish
tufayli
mulkchilarning soni ancha ko`paytirildi. Bunda korxona xizmatchi va ishchilariga
ustuvorlik huquqi berilib, avvalo ular cheklangan aktsionerlik korxonalariga aylantira
boshlandi.
O`zbekistonda ham xususiylashtirishda chet el kapitali qatnashib, mulk sotib
olishi
mumkin.
Bu
mulk
turliligi
sharoitini
yaratishda
ahamiyatlidir.
Xususiylashtirishning tezlik bilan olib borilishi shuni ko`rsatadiki, O`zbekistonda
ming-minglab xususiy korxonalar mavjud bo`lmoqda. Ularning soni hozirgi kunda
ko`payib bormoqda.
Xususiylashtirish natijasida davlat monopoliyasiga barham berilmoqda,
nodavlat mulkining barcha shakllari rivojlanmoqda. Xususiy mulkchi ishlab
chiqaruvchilarning miqdori borgan sari ko`payib, erkin iqtisodiy harakat sharoitini
yaratuvchi sog`lom raqobat uchun qadam tashlanmoqda. Natijada mulk egasini topib,
undan foydalanish samaradorligini to`xtovsiz oshirib borish sari siljish tezlashmoqda.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |