Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Davlat mulkini xususiylashtirish



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

2.6. Davlat mulkini xususiylashtirish 
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida mulk shakllarining 
turliligi va xususiy mulkning asosiyligini ta’minlash davlat mulkini xususiylashtirish, 
uning monopol holatini bartaraf etishni muhim masala qilib qo`yadi. Chunki bozorga 
o`tish, nobozorcha boshqarish usuli o`rniga bozorcha xo`jalik yuritishni o`rnatish, 
davlat iqtisodiyotini parchalash, raqobatbop xo`jalik turlarini yaratish asosiy 
muammolardandir.
Davlat mulkini xususiylashtirish (privatizatsiya) umumiqtisodiy voqelik 
bo`lib, bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojining zarur shartidir. Privatizatsiya 
davlat mulkidan boshqa mulk shakllariga o`tishni anglatadi. Privatizatsiya lug`aviy 
mazmuni xususiylashtirish bo`lgani uchun bu iqtisodiy jarayonni davlat mulkini 
xususiylashtirish, deb ataydilar. Lekin mazmunan xususiylashtirish privatizatsiyaga 
nisbatan kengroqdir. U yana umuman iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat mulkiga 
xususiylik munosabatlarini singdirish kabi erkin, iqtisodiy sharoitga bog`liq chora-
tadbirlarni ham o`z ichiga oladi.
Xususiylashtirish davlat iqtisodiy monopollligini bitirish va o`rniga bozorga 
xos bo`lgan mulk erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Chunki bunda davlat mulki 
hukmronligi o`rniga asta-sekinlik bilan nodavlat, birinchi navbatda xususiy mulk 
shakllarini yaratish va bozorga o`tish sharoitilarini paydo etish uchun davlat mulkini 
xususiylashtirilayotgan bo`lsak, rivoj topgan mamlakatlarda bozor iqtisodi rivoji 
sohasida katta tajriba orttirib, bozor taraqqiyotini takomillashtirish vash u sohada 
davlat va bozor tizimlari o`rtasidagi muvozanatni zamonaviylashtirish amalga 


57
oshmoqda. Bu ham tub mazmuni bilan monopollashuvga qarshi kurash, raqobatli 
bozorin kuchaytirish bilan bog`langandir. Shuning uchun bizdagi va G`arbdagi 
xususiylashtirishni bir xil deb bo`lmaydi. Bizning sharoitimizdagi bu jarayon o`tish 
vazifasini bajarish va bozor iqtisodiga asos solish bilan bog`langan bo`lsa, 
G`arbdagisi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash hamda navbatdagi davlat va 
raqobat bozori o`rtasidagi yangi balansni ta’minlashdan iborat.
Mulkiy munosabatlarning umumiy va xususiy tomonlari mavjud bo`lganidek, 
xususiylashtirishning ham umumiy qonuniyat va talablari hamda shuningdek, milliy, 
ommaviy 
xususiyatlari 
ham 
mavjuddir. 
Keyingi 
yillarda 
iqtisodiyotni 
nodavlatlashtirish jarayoni sharoitida nog`oyaviylashtirish kuchaymoqda. Chunki 
faqat xususiylik tarafdorlari bo`lganlar yoki davlat iqtisodiyoti tarafdorlari bo`lganlar 
kamayib, o`z ahamiyatlarini yo`qotmoqdalar. Aytaylik, Buyuk Britaniyaning yirik 
neft kompaniyasi bo`lgan “British petrolium”ni konservatorlar emas, balki leyborist 
demokratlar xususiylashtirishdi. Shvetsiyada ham sotsial-demokratlar xuddi shunday 
qilishdi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
Nodavlatlashtirish faqat xususiylashtirishdan iborat emas. Buning yo`l va 
usullari ko`p bo`lib, iqtisodiy ahvol, kuchlar muvozanati, hozirgi holat kabilarni 
hisobga olgan holda qulay usullardan foydalanish talab etiladi. 
G`arb 
davlatlari 
tajribasiga 
ko`ra 
iqtisodiyotning 
nodavlatlashtirish 
usullaridan to`rt xilini samarali deb tanlasa bo`ladi. Albatta bu usulni O`zbekiston 
uchun to`g`ri keladi deb bo`lmaydi. Lekin ulardan foydalanish mumkin. Shunga 
ko`ra bularni tahlil etish foydadan holi emas deb o`ylaymiz.
1.
Bozorni liberallashtirish
– bu baholar erkinligiga o`tish bilan birga, 
raqiblarni bozorda ko`paytirish choralarini qo`llash, kichik biznesni kuchaytirish, 
chet tovarlarni ko`proq keltirish sharoitlarini kengaytirish kabilar bozorni o`zidan-
o`zi privatizatsiyasiz nodavlatlashtirib, kengaytiradi va talabni qondirish darajasini 
ko`taradi. 
2.
Aktsionerli davlat – shaxsiy korxonalarini yaratish
, ularning faoliyat 
sohasini kengaytirish. Bunda davlatning aktsiyali kapitaldagi hissasini pasaytirib 
borishga qaratilgan soliq, kredit kabi mexanizmlar mavjud. 


58
3.
Davlat iqtisodiyotiga xos nobozor muhitni ketma-ket yo`q qiluvchi 
nodavlatlashtirish usullari. 
Bular byudjet hisobiga korxonalarning ishini yaxshilash, 
davlat buyurtmasini qisqartirish, kredit qarzlardan voz kechmaslik, xususiy 
investitsiya sharoitlarini davlat korxonalariga tadbiq etishlardan iboratdir. Bu bozor 
munosabatlariga yo`l ochadi.
4.
Xususiylashtirishni amalga oshirish
. Agar xususiylashtirish keng qo`llanilsa 
ayrim shaxslar, sotiladigan korxonalar, bank, yangi aktsioner jamiyatlar, chet 
firmalarning jamoa a’zolari mulkdorlar qatoriga qo`shilib boradilar. 
Quyidagi jadvalda iqtisodiyotning nodavlatlashtirishga xos usullarini 
ko`rsatuvchi tomonlarni umumlashtirilgan holda ko`rstatishga harakat qildik. Bularni 
alohida-alohida qo`llaniladi, deb bo`lmaydi. Bu, albatta taraqqiy etgan g`arb 
mamlakatlar tajribasi aosisda tuzilgan. Lekin respublika sharoitlarini hisobga olgan 
holda bulardan muvaffaqiyatli foydalanish va bu bizning shakllanayotgan bozor 
iqtisodiyotimiz uchun katta foyda keltirishi mumkin. Bu to`rt usul bozor usuliga 
o`tgan mamlakatlarga xos bo`lib, ularda xususiylashtirish oldindan hal qilingan. 
O`zbekiston uchun esa hozirgi asosiy vazifa – xususiylashtirishni to`la amalga 
oshirishdir. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish