Masala 1.
Bemor F., 47 shikoyatlari: yurak urib ketishi, xolsizlik, bosh aylanishi. Ob’ektivn:
YUQS – 160 1daq. AB – 110/70 mm sim. us.., EKG: chap qorincha oldingi to‘chiq
soxasi transmural infarkti belgilari, paroksizmal qorincha taxikardiyasi. Navbatchi
shifokor tomonidan v/i oqim bilan 80mg 2% lidokain yuborildi, taxikardiya
paroksizmi bartaraf etildi. Rejali ravishdap bemorga lidokain 600mg m/o 3 maxal
buyurildi. dvolashning 2-3 kuni taxikardiya paroksizmlari qayta kuzatildi va v/i
lidokain yuborish samarasiz buldi.
1.
Paroksizmal taxikardiya qaytalanish sababini ayting?
2.
Lidokain qaysi elektrofiziologik ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi?
3.
Sizning keyingi xarakatlaringiz:
Masala 2. Bemor S., 56 yosh, klinikaga quyidagi tashxis bilan keltirildi: jigan
sirrozi, makronodulyar shakli, YUIK, IKKS, qorincha ekstrasistoliyasi.
Ob’ektiv: YUQS – 86 1 daq., AB – 130/80 mm sim. us., jigar va taloq
kattalashgan.
Qon taxlili: Er. – 4,5g/l, leykotsit – 8,9g/l, ECHT – 12mm/soat. UM. oqsil 46g/l,
A/G koef. – 0,9; qonda qand 7,6mmol/l. EKG: miokardda chandiqli o‘zgarishlar,
qorincha ekstrasistoliyasi, PQ – 0,16 s, QRS – 0,10s. Obzidan (anaprilin)
120mg/sut buyurilgan. Davolashnipng 6 kuni ekstrasistoliya qayd etilmadi, ammo
ko‘ngil aynash, bosh aylanishi, xolsizlik kuchaydi. Ob’ektiv: YUQS – 50 ta 1 daq.,
AB – 90/60 mm sim. us., EKG – sinusli ritm, PQ – 0,24 s, QRS – 0,10s.
1.
Klinik xolatni baxolang.
2.
Bemorning axvoli yomonlashishi sababi nima? Sizning keyingi taktikangiz?
3.
Anaprilinning antiaritmik ta’sir mexanizmini tushuntiring.
4.
Beta adrenoblokatorlarning boshqa antiaritmiklar bilan o‘zaro ta’sirini
tushuntiring?
Masala 3.
Bemor 32 yosh. Tashxis: neyrotsirkulyator distoniya, qorincha ekstrasistoliyasi.
YUrak soxasida snchuvchi og‘riqlar va yurak urib ketishi ishdagi konfliktli
vaziyatlardan keyin yuzaga keladi. Ob’ektiv: YUQS – 88 1 daq., AB – 120/80 mm
sim. us. EKG: sinus maromi ritm, tez tez qorincha ekstrasistoliyasi, jismoniy
yuklamada ekstrasistoliya yo‘qolishi kuzatiladi.
1. Tanlov preparatini asoslang, tanlangan prerparatning ta’sir mexanizmi, va
dozalash rejimi.
2. Qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin, ularni korreksiyalash yo‘llari?
Masala 4
.
Bemor 52 yosh shikoyatlari yurak urib ketishi, bosh aylanishiga. YUrak urib
ketish xurujlari 6 yildan beri bezovta qiladi, psixoemotsional zo‘riqishdan so‘ng
yuzaga keladi. Menopauza 46 yoshdan. Ba’zida qizib ketish, titrash, ko‘p terlash,
uyqu buzilishi kzatiladi. Ob’ektiv: puls – 180 1 daq, YUQS – 180 1 daq., AB –
130/90 mm sim. us. Ichki organlar tomonidan organik o‘zgarishlar aniqlanmadi.
Kaft gipergidrozi, spontan qizil dermografizm. EKG: R tish yuq, QRS – 0,08s,
YUQS – 178 1 daq.
1.YUrak urib ketish xurujlari sababini ko‘rsating.
2.Paroksizmlarni bartaraf etish uchun qaysi preparatlarni qo‘llash mumkin?
3.Ularning ta’sir mexanizmini tushuntiring.
Masala 5
.
Bemor 45 yosh, quyidagi tashxis bilan keltirildi: miokarditik kardioskleroz,
paroksizmal qorincha taxikardiyasi. Bir necha yil avval miokard infarkti o’tkazgan.
Ob’ektiv: yurak chegaralari chapga va o’ngga kengaygan. Cho’qqida sistolik
shovqin eshitiladi. YUQS- 170 1 min., AB – 100/70 mm sim. us.
1.Qaysi dori vositalari paroksizmni bartaraf etish uchun tanlov vositasi
xisoblanadi ? Javobingizni asoslang.
2. Tanlangan preparatlarning nojo‘ya ta’sirlari?
3. Tanlangan preparat xarakat potensiali va EKG ga qanday ta’sir qiladi?
Masala 6. Bemor 58 yosh kardiologiya bo‘limiga quyidagi tashxis bilan
keltirildi: YUIK, infarktdan keyingi kardioskleroz, qorincha ekstrasistoliyasi, QAE
0. Ob’ektiv: YUQS – 74 ta 1 daq, AB – 110/70 mm sim us. EKG: sinusli ritm, 76
ta 1 min., QT – 0,37 s, RQ – 0,24 s. Tez tez qorincha ekstrasistoliyasi. Sutkalik
EKG monitorirlash: politop, qorincha ekstrasistoliyalari, erta («R» na «T»tipida)
ekstrasistolalar, bi-va-trigeminiya epizodlari.
1.
Klinik xolatga ko‘ra davo rejasini tanlang va asoslang, tanlangan dori
vositalarini yuborilish yo‘llari va dozalash rejimini ezing.
2.
Tanlangan dori vositalarini ta’sir mexanizmi va nojo‘ya ta’sirlari ?
3.
Qanday dori vositalari bilan kombinirlangna davo o‘tkazishni tavsiya
etasiz?
Masala 7.
Bemor 43 yosh 15 yoshdan beri revmatizm, mitral stenoz bilan kasallanib keladi.
Kardiologiya bo‘limiga paroksizmal xilpillovchi aritmiya paydo bo‘lgani sababli
olib kelingan. Ushbu aritmiya 2 xafta ambulator davolash natijasida bartaraf
etilmagan. Statsionarda sxema asosida xinidin buyurilgan. Davolashning 3 kuni
sinus ritmi tiklandi va bemor 0,2g 3 maxal xinidin bilan ushlab turuvchi davoga
o‘tkazildi. Davolashning 6 kuni EKGda sinus ritmi, 74 ta 1 daq, tezg‘tez qorincha
ekstrasistoliyasi, PQ – 0,16 s, QRS – 0,14s.
1.
Farmakoterapiyaning keyingi taktikasini aniqlang.
2.
Xinidin bilan davoni davom ettirish kerakmi?
3.
Xinidinning ta’sir mexanizmi, nojo‘ya ta’sirlari?
Masala 8. Bemor 49 yosh. 18 yoshdan revmatolog nazoratida turadi.
Xilpillovchi aritmiya xurujlari yuzaga keldi. YUQS – 94 ta 1 daq., AB – 110/70
mm sim us. Oyoqlarda shishlar bor. Bemorga buyurildi: digoksin (0,75 mg/sut),
furosemid (120mg/sut), panangin (1 tab 3 max).
Paroksizm xurujlari qaytarilib turgani uchun antiaritmik buyurish masalasi turibdi.
1.
Antiaraitmik dori vositasi tanlang, ularning dozalari va yuborilish yo‘llari.
2.
Tanlangan preparatning ta’sir mexanizmi.
3.
O‘tkazilayotgan terapiyaning samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish
usullarini ayting?
Masala 9.
Bemor S., 52 yosh. Tashxis: revmatizm, yurakning mitral nuqsoni, stenoz
ustunligi bilan, xilpillovchi aritmiya paroksizmi. QAE II B. YUQS – 140 1
daq., AB 130/85 mm sim us. Antiaritmik sifatida novokainamid – 10%10ml
buyurildi. YUQS 1 daq 72 tagacha pasaygan. Keyinroq novokainamid enteral
0,5g dan 4 max buyurildi, shu bilan birga – digoksin 0,25mg/sut., furosimid
buyurildi. 5 kundan keyin bemorda ko‘ngil aynash, qusish, ich ketishi,
anoreksiya, bosh aylanishi paydo bo‘ldi. EKG: sinusli ritm, YUQS – 76 1 daq,
PQ – 0,16 s, QRS – 0,10s. SHifokor digoksinni bekor qilib unitiol 5ml 5%,
kaliy xlorid 0,5g dan 3 max buyurdi.
1.
Ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar qaysi preparat ta’sirida yuzaga keldi?
2.
SHifokorning tkatikasini baxolang, keyingi farmakoterapiya tkatikasini
tanlang.
3.
Novokainamining ta’sir mexanizmi, farmakodinamik effektlari va nojo‘ya
ta’sirlarini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |