Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Davlat faoliyati va bozor iqtisodiyoti muvozanati



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

2.4. Davlat faoliyati va bozor iqtisodiyoti muvozanati 
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti shartlaridan biri uning tartiblashtirish 
zaruriyatidir. Shu bilan birga u to`ldirish va yordamga muxtoj iqtisodiy tizim 
hisoblanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti barcha soha va tarmoqlarini to`la qamrab 
ololmaydi hamda uning ta’siri tarmoqlarda bir xil emas va samarali darajasi 
turlichadir. Shu bilan birga bozor iqtisodiyotining bir muncha salbiy oqibatlari 
mavjudki, u tartibga solib borishga muxtojdir. 
Bunday xolat davlat iqtisodiyoti zarurligini taqozo etadi. Iqtisodiyotning 
shunday qismlari mavjudki, bu davlat tomonidangina amalga oshirilishi va kutilgan 


45
samara berishi mumkin. Bunday zaruriyat sof ijtimoiy iste’mol bilan bog`langan 
mudofaa, harbiy xavfsizlikni ta’minlash, davlatni boshqarish, ekologiya, ichki tartib 
o`rnatish, obodonchilik, milliy iqtisodiyotni himoyalash, iqtisodiy istiqbol, bozor 
iqtisodiyotini ijtimoiy tartiblashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash kabi iqtisodiy 
mavjudki, bularni bozor mexanizmlari tufayli, talab va taklif, raqobat, erkin baho 
asosida tashkil etib, boshqarib bo`lmaydi. 
Davlat iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotini to`ldiradi. U bozor iqtisodiyotiga 
yordamlashadi, uni tartibga keltiradi, iqtisodiy-ijtimoiy yo`nalish beradi. Davlat 
iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti bilan birga iqtisodiy turlilikni ta’minlagan xolda 
jamiyatning yagona iqtisodiy xolatini ta’minlaydi. 
Davlat iqtisodiyotini ikki qismga bo`lish mumkin: 
1)
tijoriy biznes mazmunidagi faoliyat; 
2)
haqiqiy davlat mazmunidagi iqtisodiy faoliyat. 
Birinchisi, davlatning bozor sub’ekti sifatidagi faoliyati bo`lsa, ikkinchisi 
uning zaruriyati bilan bog`langan tub mazmunli davlat asosidagi faoliyatidan 
iboratdir. Sof davlat iqtisodiyoti markazlashgan, oldindan belgilangan, reja asosida va 
aniqlangan baholar ta’siri ostidagi harakatdan iboratdir.
Tijoratli tarmoqlar, korxonalar xususiy bozordan qolgan, ko`p xarajat talab 
etuvchi, boshqarilishi qiyin bo`lgan, past samarali, balansli usulni talab etadigan, 
taraqqiyot iziga solish zarur bo`lganlardan iborat bo`ladi. Bundan tashqari kontrakt 
bozor, tashqi savdo ham mavjuddir. 
Sof davlat iqtisodiyoti umumiqtisodiy funksiyalarni o`z ichiga oladi. Bular 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni ijtimoiy yo`naltirish, iqtisodiyotni 
ijtimoiy tartiblashtirish, milliy iqtisodiyotni himoyalash, daromadni qayta taqsimlash, 
pul muomalasini ta’minlashlardan iboratdir.
Bu vazifalar albatta bozor iqtisodiyotiga aralashuv, tartiblashtirish, 
rag`batlantirish kabilar bilan bog`liqdir. Davlat faoliyatida bu sohada ikki usul 
qo`llaniladi. Birinchisi, ma’muriy-huquqiy usullarni o`z ichiga olsa, ikkinchisi 
iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishdir.


46
Davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi, uning tartibga solish jarayoni 
katta ixtiyotkorlikni talab etadi. Bunda ma’muriy va iqtisodiy usullarni qo`llashda 
chegarani bilishlik katta ahamiyat kasb etadi. Buning bir necha asosiy talablari 
mavjuddir.
Birinchidan, bozor mexanizmlari bog`liqligiga ta’sir etish va ularning 
tuzilishiga olib keluvchi har qanday harakat zararlidir. Bunga aslo yo`l qo`yib 
bo`lmaydi. Aytaylik, direktiv mazmundagi harakat to`g`ri kelmaydi. Majburiy 
rejalashtirish va tovarlarni sun’iy taqsimlash, baholar ustidan ma’muriy nazorat olib 
borish kabilar direktiv mazmunidagi harakat qatoriga kirib, bular bozor 
mexanizmlarini ishdan chiqaradi. 
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti o`zini-o`zi tartibga solish mexanizmlariga ega 
bo`lganligi uchun iqtisodiy usullarni qo`llash ko`proq qo`l keladi. Lekin bu zaruriy 
vaqtlarda ma’muriy usularning qo`llanishini inkor etmaydi, hatto taqozo etadi. 
Umuman olganda, bozor iqtisodiyotini tartibga solishda ma’muriy va iqtisodiy 
usullarni bir-biridan ajratish qiyin, ular birga qo`llanilishi va bir-birini to`ldirishi 
zarur.
Uchinchidan, iqtisodiy usullar qanchalik ma’qul bo`lmasin, ulardan juda 
ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Agarda soliq, kredit – pul, byudjet – pul 
usullarini oladigan bo`lsak, bular ham eski majburiy rejalashtirishdan kam emas
bilmay qo`llanilsa bular ham katta zarar keltirishi mumikn. 
To`rtinchidan, iqtisodiy usullarning hammasi ham kam-ko`stsiz emas, ular 
ichida ijobiy bilan birga salbiy usular ham bor. Masalan, davlat qimmat yangi 
texnologiyani kiritdi deylik. Dastlab uning foydali tijoriy tomonlari bo`lmasligi 
mumkin. Bu texnologiya ishsizlikni ko`paytirishi, ijtimoiy muammoni kuchaytirishga 
olib kelishdan yiroq emas, yoki inflyatsiyaga qarshi pul siyosati bank foizining 
o`sishiga olib kelishi kabi hodisalar salbiy mazmunga egadir.
Bozor bilan bog`liq bo`lgan har qanday harakat, davlat chora-tadbiri juda 
o`ylanilgan, ko`p chamalangan va barcha oqibatlarini e’tiborga olgan tavsifda 
bo`lishni talab etadi. Chunki bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar faoliyatiga
aralashuv juda nozik narsa bo`lib, bundagi xatolik juda qimmatga tushishi mumkin. 


47
Chunki u ortiqcha xarajatlar, buzilishlar bilan bog`liq bo`lib, qo`rquvlik, 
ishonchsizlik tug`iladi. Bu albatta bozorning shakllanishiga katta zararlar keltirib, bu 
jarayonni orqaga suradi. Pirovardida bozorga o`tish qimmatlashadi, cho`ziladi, 
natijada buning hammasi aholining iqtisodiy axvoliga o`zining salbiy oqibatlarini 
kuchaytiradi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor davlatning tartibga solish 
faoliyatini chegaralaydi, juda noziklik bilan ish tutishni talab etadi. Hech qachon 
bozor iqtisodiyoti imkoniyatlari to`la ishga solingan deb bo`lmaydi. Bu sohada bitta 
ham ideal davlat bor, deyish qiyin. Lekin bu sohadagi eng muhim xulosa shuki, 
davlat faoliyati bilan bozor iqtisodiyoti o`rtasida muvozanat mavjudligi muhim 
taqdiriy talabdir. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish