Rivojlangan darslik lotin tayyor doc



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

bozor 
bahosi
dir. Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo`lib, raqobat 
orqali yuzaga keladi. Iste’molchining daromad darajasiga ta’sir ko`rsatuvchi baho 
raqobat xolatiga bog`liq bo`lib, u turg`un bo`la olmaydi va to`xtovsiz o`zgarib turadi. 
Bozor xolatini to`xtovsiz ko`rsatib turadigan narsa ham baho bo`lib, u sotuvchi va 
xaridorlarning harakat yo`nalishini aniqlab beradi. Shunga ko`ra bozorga qancha va 
qachon tovar yetkazib berishni baho darajasi orqali aniqlaydilar. Bu esa bevosita 


36
ishlab chiqarishga ta’sir etadiki, qachon qancha tovar ishlab chiqarishni bozordagi 
yuzaga kelib turgan baho orqali belgilab ish ko`riladi.
Raqobat tufayli paydo bo`ladigan bozordagi baholarning tadbirkor va 
iste’molchilar uchun muhimligini belgilovchi ikki tomoni mavjud. Birinchisida, 
tadbirkorning foydasi va daromadi ifodalansa, ikkinchisida bozor xolati aniqlanadi. 
Shunga ko`ra barcha bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar, katta diqqat va 
e’tibor bilan bahoni kuzatib boradilar, uning o`zgarishini o`z vaqtida bilib turish 
choralarini 
qo`llaydilar. Demak, bozorda paydo bo`ladigan 
baho 
bozor 
iqtisodiyotining ko`zgusi bo`lsa, raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir. 
Aytish mumkinki, raqobatning asosida shaxsiy manfaat yotadi va bu raqobat 
kurashining kuchayishi, ta’sirining ortib borishi uchun kuch bag`ishlaydi. Buning 
boisi shuki, har bir iqtisodiy birlik o`z nafsini ko`zlaydi. Tadbirkor yuqori foyda 
uchun, hech bo`lmaganda kam zarar uchun kurashadi. Moddiy resurslar egalari 
sotishda yoki ijaraga berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish kuchi 
egalarini olsak, miqdori va murakkabligi bir xildagi mehnatlariga imkoni boricha 
ko`p daromad olishga harakat qiladilar. Bularning hammasi xaridor siftaida past 
bahoning tarafdorlaridir. Shaxsiy manfaatdorlik bozor iqtisodiyoti faoliyatida tartib 
o`rnatib turadi, manfaatsizlik esa kutilmagan tartibsizliklarga olib kelishi mumkin. 
Bunday voqelik shunday xulosaga olib keladiki, turli iqtisodiy birliklar o`z ixtiyoriy 
tanlovini amalga oshirishi davrida shaxsiy manfaat asosida harakat tarzi shalklanadi. 
Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir. 
Umuman olganda raqobat quyidagilarni bildiradi:
1) Bozorni turli, istagan aniq mahsulot, resurslarni erkin xolda sotuvchi va 
sotib oluvchilarning mavjudligi. 
2) Sotuvchi va xaridorlarning istagan bozorda yoki tarmoqda erkin qatnasha 
olishi yoki istaganda tarmoqdan chiqib keta olishi. 
Raqobatchilar o`z mohiyatini bozor ishtirokchilariga taalluqli iqtisodiy 
kuchlar tarqoqligida ifoda etadi. Ma’lumki, har bir bozorda juda ko`p sotuvchi va 
xaridorlar mavjud. Shuningdek tovarlar mo`l-ko`l deylik, bunday sharoitda sotuvchi 


37
va xaridorlar o`zlari uchun ma’qul bahoni talab eta olmaydilar, balki mavjud 
muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo`yicha oldi-sotdi amalga oshadi. 
Raqobatning mohiyati shuki, har bir taklif sub’ekti umumiy taklifga kichik 
hissa qo`sha oladi va umumiy oqim ichida bo`ladi. U yakka ishlab chiqaruvchi 
sotuvchi sifatida bozor ixtiyorida bo`ladi. Bozorda raqobat yakka xoldagi barcha yoki 
juda ko`pchilik sotuvchilar harakatidan iborat bo`ladi. Demak, raqobat bozorda 
hamkorlikni inkor etib, erkin harakatni talab etadi.
Raqobatning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy hokimiyatning keng tarqoqligi 
bu hokimiyatdan foydalanishni tartibga solib turadi va undan zararli foydalanish 
imkoniyatlarini chegaralab boradi. Iqtisodiy imkoniyatlar uchun kurash iqtisodiy 
birliklarning o`z foydasini ko`zlab bir-biriga zarar keltiriishga to`siq bo`lib xizmat 
qiladi. Raqobat sotuvchi va xaridorlarning o`z manfaatlarini ta’minlashning amalga 
oshuvini chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun ham raqobat bozor 
iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo`lib xizmat qiladi. 
Raqobatning tarmoqlar manfaatlari bilan birga tarmoqlararo, halqaro 
manfaatga qaratilgan harakati mavjuddir. Bu yangi texnologiya, tejamli resurslar 
kombinatsiyasini qo`llashda namoyon bo`ladiki, raqobat bunga undaydi. Raqobat 
uchun xo`jaliklar turli-tumanligi, ko`p shakllilik talab etiladi. Ayniqsa, xususiy 
xo`jalik hukmronligi sharoiti mavjud bo`lishi kerak. Busiz xo`jalik yuritishda 
mustaqillik bo`lmaydi, turlilik raqobatga undaydi, uni jonlantiradi. Raqobat jahon 
iqtisodiyotida ham bo`lib, uning milliy mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri bo`ladi.
Raqobat kuchi ta’siri sharoitida xaridorlar to`la xo`jayin, bozor – ularning 
vakili, korxonalar esa ularning xizmatkori vazifasini bajaruvchi sifatida mavjud 
bo`ladilar. 
Bozor iqtisodiyotida raqobatning aksi bo`lgan 
monopoliya
ham mavjud 
bo`ladi va u raqobat sharoitini o`zgartiradi. Monopoliyada sotuvchi yoki xaridorlar 
o`z kuch qudratiga ishonib, boshqalarga o`z hukmini o`tkazadi. Taklif xajmi va 
bozordagi baho monopoliya tomonidan belgilanadi. Raqobat va monopoliyaga qarab 
bozorning 4 xil modeli mavjud bo`lishi mumkin: sof raqobat, sof monopoliya, 
monopoliyali raqobat va oligapoliya. 


38
Monopoliyaga qarshi kurash olib boriladi va ular asosan ta’qiqlanadi. Bunday 
harakat “trestlarga qarshi kurash” harakati deyiladi. Buni davlatlar qo`llaydi, tegishli 
qonunlar mavjud. Chunki bozor raqobat sharoitidagina rivojlanadi, kengayadi. 
Aksmonopoliya siyosati erkin raqobatni rag`batlantiradi. 
Baho
mexanizmi shunchalik ahamiyatliki, har bir bozor ishtirokchisi o`z 
faoliyatini shu orqali belgilaydi va baho xuddi bozorning asosiy ko`rsatkichi sifatida 
barchaga o`zining ta’sirini o`tazadi. Bahoning quyidagi vazifalari mavud bo`lib, u 
umumiqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar: 
- bozor muvozanatini ta’minlash;
- raqobat vositasi;
- hisob-kitob, o`lchov;
- tartibga solish. 
Tovarlar bozor bahosida sotiladi. Chunki pirovard baho bozorda shakllanib
haqiqiy bozor bahosi yuzaga keladi. Bozor bahosi barcha xarajatlarni qoplagan xolda 
sotilgandan keyin egasiga foyda keltirishi kerak. Bozor bahosining shakllanishi faqat 
xarajatlar asosida bo`lmaydi. Xarajatlar bilan birga boshqa ob’ektiv va sub’ektiv 
omillar mavjud bo`lib, bular qatoriga mahsulot nafligi, iste’mol vaqti, raqobat, taklif 
va talab muvozanati, ruhiy omillar kabilarni kiritish mumkin. Lekin har qanday 
sharoitda tovarning qiymati uning uchun ob’ekt asosi bo`lib, baho undan yuqori yoki 
past bo`lishi mumkin. Birinchi navbatda, tovar bahosining shakllanishida uni ishlab 
chiqarish, iste’molchiga yetkazishgacha bo`lgan barcha mehnat sarflari ishtirok etadi. 
So`ngra qo`shimcha mahsulot qiymati ham qo`shilib, tovar egalari, sotuvni tashkil 
etuvchilarni foyda bilan ta’minlaydi. 
Tovar nafligiga iste’mol to`yinish, iste’mol vaqti kabilar kiradi. Talab va 
taklif, ularning muvozanati bahoning shakllanishiga ta’sir etadi. Talab yuqoriligi 
bahoning ko`tarilishiga moyillik qiladi, past bo`lsa bahoning pasayishiga olib keladi. 
Agar muvozanat ta’minlansa, baho o`rtacha bo`ladi. Bularning barchasi raqobat 
orqali yuz beradi. Asosan bozor bahosi - bu raqobat kurashi natijasidir. Raqobat va 
baho mexanizmlari o`z ta’sirlari bilan bahoni harakatlantiruvchi muhim kuch bo`lib, 
bozor iqtisodiyotining boshqarilishida xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular bozor 


39
iqtisodiyotining o`zidan-o`zi harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi ichki 
kuchlaridirki, unga tashqaridan sun’iy ta’sir ko`rsatish va bahoni raqobatsiz oldindan 
belgilash bozor tabiatiga to`g`ri kelmaydi, uning mexanizmi harakatlariga faqat 
salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Talab etilganda bahoning shakllanishiga davlat ham aralashuvi mumkin. 
Bahoda inflyatsiyaning o`ziga xos salbiy oqibati mavjud. Bu bahoning ortiqcha 
ko`tarilishi va pulning qadrsizlanishi bilan bog`lanadi. Bahoning qat’iy va 
o`zgaruvchan, milliy va jahon baholari majud va uning mutlaq va nisbiy darajalari 
bor. 
Baho mexanizmi to`g`risida yakuniy ravishda aytish mumkinki, bozorning 
tub mohiyatini ko`rsatuvchi va talab-taklif muvozanatini belgilovchi bozor bahosi 
bo`lgan erkin bahodan iboratdir. Shu bilan birga bu erkin bozor baho talab, taklif va 
raqobat mexanizmlari harakatining o`zida mujassamlashtiruvchi sifatida harakatdagi 
bozor mexanizmidir. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish huquqiy muxitga muxtojdir. Erkin iqtisodiy 
faoliyat ko`rsatish, tijorat bilan shug`ullanish kafolatlikni talab etadi. Erkin iqtisodiy 
faoliyat ishonchsiz bo`lishi mumkin emas. Buning uchun qonuniy himoya zaruriyati 
tug`iladi. Ma’lumki, bularsiz bozor shakllanmaydi va tashabbuskorlik rivojlana 
olmaydi. Bozor munosabatlari ishbilarmonliksiz yuzaga kelmaganidek, buning 
sharoitlari mavjudligi talab etiladi, bu esa o`z navbatida huquqiy muammolar bilan 
bog`liqdir. 
Bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari davlat tomonidan yaratilishi kerak. 
Bu kuchli jamiyat paydo qilish muammolaridan bo`lib, uning tarkibiy qismi bo`lgan 
qonun hokimiyatining shakllanishi bilan bog`liqdir. Qonun hokimiyatining yuzaga 
kelishi har tomonlama erkin rivojlanayotgan jamiyatning barpo bo`lishidagi muhim 
jarayondir. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish