Sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash masalalari Kirish Asosiy qism: Sud-huquq tizimini demokratlashtirish qonun ustuvorligini ta'minlash omil



Download 64 Kb.
Sana10.01.2020
Hajmi64 Kb.
#33041
Bog'liq
nigina O'zdemjam

Sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash

masalalari

Kirish

Asosiy qism:

1. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish - qonun ustuvorligini ta'minlash omili.

2. Sud hokimiyat mustaqilligining konstitutsiyaviy asoslari.

3. Sud-huquq tizimini isloh etish va qonun ustuvorligini ta'minlash istiqbollari.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

O'zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning eng asosiy prinsiplaridan biri - qonun ustunligini jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolatlaridan biridir. Qonun ustunligi huquqiy davlatning belgisi sifatida shuni anglatadiki, iqtisodiyot siyosat, ijtimoiy va madaniy sohalarda asosiy ijtimoiy munosabatlar umuman har doim ham nafaqat qonun bilan balki oliy organlar qabul qilgan oliy huquqiy hujjatlari bilan ham huquqiy tartibga solinadigan holatlar ko'p uchraydi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasida mamlakatlarda davlat hokimiyati tashkil etilishining quyidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsipi mustahkamlangan: " O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi.

O'zbekiston Respublikasida sud tizimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik va jinoiy ishlari bo'yicha oliy sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudlaridan, shu muddatgacha tayinlanadigan fuqarolik va jinoiy ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoiy ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo'jalik sudlaridan iborat.



O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to'g'risidagi Xalqaro hujjatlarda e'lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sud yo'li bilan himoya qilishga da'vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinch va totuvligini ta'minlashga qaratilgan. Sud hokimiyati - Oʻzbekistonda davlat hokimiyatining alohida mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmog'i bo'lib hisoblanadi. Uning zimmasiga davlat idoralari, fuqarolarning turli tuman uyushmalari va alohida shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning huquq (qonun) doirasida kechishini va hal etilishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan. Sud hokimiyatiga xos xususiyatlar sudlovning davlat nomidan, maxsus tartibda tashkil etilgan (saylangan yoki tayinlangan) muassasalar tomonidan amalga oshirilishi, sudlarning oʻz faoliyatida faqat qonunga boʻysunishi hamda fuqarolik, maʼmuriy, jinoiy va boshqalar ishlarni qonunda belgilangan protsessual tartibda hal etishi, sudlar boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil faoliyat yuritishi, sudning tanholigi (yaʼni davlatning boshqa hech qaysi idorasi sudlov funksiyalarini oʻz zimmasiga ololmasligi), sud hokimiyatining toʻlaqonli va qatʼiyligi (sud hokimiyati chiqargan hujjatlar, hukm va qarori barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi)da namoyon boʻladi. Mamlakatimizdagi sud hokimiyatining huquqiy maqomi, tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek, 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan " Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonunda belgilab berilgan. Sud zimmasiga davlat hokimiyati bo'g'inlaridan biri sud hokimiyatini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan organ bo'lib hisoblanadi. Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolat berish tartibi, tegishli ishlarni ko'rib chiqish tartib va tamoyillarining xususiyatlarini, shuningdek, qabul qilinuvchi qarorlarning majburiyligi va mas'uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi bo'lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy sudlari, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borishi huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko'radi. U o'zi birinchi instansiya sifatida ko'rgan ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo'lgan shaxslarning xohishiga ko'ra apellatsiya yoki kassatsiya tarkibida ko'rishi mumkin. Sud hokimiyati Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo'jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda O'zbekiston Respublikasi yagona sud tizimini tashkil etadi.

Bugungi kunga kelib sud hokimiyatining faoliyatida shaffoflikni hamda mas'uliyatlilikni ta'minlash, uning faoliyatini demokratlashtirish, mustaqilligini ta'minlash, uning aniq vazifalarini belgilab berish hamda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada mustaqillikka erishganimizdan buyon bir qancha ishlar amalga oshirildi. Zero, sud hokimiyati davlat hokimiyatining asosiy va ajralmas bo'g'inlaridan biri bo'lib hisoblanadi.



1. Rivojlangan mamlakatlar tarixiy tajribasidan ma'lumki, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan mustaqil ravishda amal qiluvchi sud hokimiyati huquqiy davlat belgilaridan biri bo'lib hisoblanadi. Sud hokimiyati organlarining faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

- odil sudlovni amalga oshirish;

- qonuniylik;

- sudlarning mustaqil va faqat qonunga bo'ysinishi;

- bamaslahat ish ko'rish;

- tomonlarning tortishuvchanligi va teng huquqlari erkinligi;

- sud ishlari yuritishning oshkoraligi;

- aybsizlik prezumpsiyasi;

- malakali yuridik himoyaga ega bo'lish huquqi;

- sud jarayonini milliy tilda olib borishi prinsipi;

- sud hokimiyati hujjatlarining barcha huquqiy subyektlari uchun majburiyligi;

- sudya lavozimining deputatlik mandati va partiyaga mansublikdan xoli ekanligi.

O'zbekiston Respublikasi sud va huquqni muhofaza qilish organlarining tizimi quyidagi asosiy bo'g'inlarni o'zida mujassamlashtiradi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar sudlari va harbiy sudlar, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, advakatura, Ichki ishlar vazirliklari, Adliya vazirligi, Bojxona qo'mitasi kabilar.

Mamlakatda huquq davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy prinsiplaridan biri bo'lgan qonun ustuvorligini ta'minlashga shart-sharoitlar yaratish uchun dastlab sud-huquq tizimini demokratik prinsiplar talablari asosida chuqur isloh etish zarur edi. Shuning uchun ham davlatning bosh islohotchiligida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimini isloh etishga kirishildi. Bunda asosan sud hokimiyatini mustaqilligini shakllantirish, sud-huquq tizimini erkinlashtirish (liberallashtirish) va odil sudlovni samarasi va sifatini oshirishga e'tibor berildi. Mustaqillik davrida O'zbekiston davlati sud-huquq tizimida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan hujjatlardan kelib chiqib, bu sohadagi milliy tajriba asosida sudlov jarayonlarini erkinlashtirish choralarini ko'rdi. Sudda qanaydir jinoiy xatti-harakatlar uchun jazo berish va hukm chiqarishni qonunga binoan yuqori instansiya ko'rib chiqishi tartiboti o'rnatildi. Sud hukmidan norozi bo'lgan fuqarolar o'z manfaatlati va huquqlarini himoya qilish uchun apellatsiyaviy va kassatsiya instansiyalariga murojaat qilish, sud jarayonida o'z advokati bilan ishtirok etish, yuqori instansiyada sudning noto'g'ri hukmlarini rad etish kabi qator huquqlarga ega bo'ldi. Mustaqillik davrida sud-huquq tizimini isloh etishning mazmun mohiyati asosan quyidagilardan iborat bo'ldi: sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish; sudning mustaqilligini ta'minlash; sudni sobiq tizimda bo'lgani kabi qatag'on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma'nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirish.



Jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashda 2001-yilda " Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat- protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etib, u jamiyatda sud-huquq tizimida ulkan sotsial va ijtimоiy - siyosiy ahamiyat kasb etadigan o'zgarishlar bo'lishiga huquqiy asoslar yaratildi. Mazkur qonunga binoan jinoyatlarning tasnifi o'zgartirildi. Buning natijasida og'ir va o'ta og'ir toifadagi jinoyatlarning qarib 75 foizi ijtimоiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar toifasiga o'tkazildi. Mamlakatda sud-huquq tizimini erkinlashtirishda jahon bo'ylab aks sado bergan muhim voqea - 2008-yil 1-yanvardan boshlab O'zbekistonda o'lim jazosini bekor qilinishi bo'ldi. 2008-yildan boshlab oldini olish chorasi sifatida hibsga olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudlarga olib berildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobi " O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyatini" deb nomlanadi. Unda sud hokimiyatining mustaqilligi, sud tizimi, sudlarni tashkil etish va ular faoliyatining konstitutsiyaviy prinsiplari hamda sud hokimiyati faoliyati bilan bog'liq asosiy qoidalar belgilab qo'yildi. Sud hokimiyati to'g'risidagi konstitutsiyaviy normalar bir qator tarmoq qonunlarida rivojlantirilgan bo'lib, jumladan, O'zbekiston Respublikasining " Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonunining 2-moddasida sudning vazifasi belgilab qo'yilgan. Mazkur normaga ko'ra, " O'zbekiston Respublikasida sud O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro hujjatlarda e'lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sud yo'li bilan himoya qilinadi. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinch va totuvligini ta'minlashga qaratilgan ". Barcha rivojlangan mamlakatlarda bo'lganidek, mamlakatda Konstitutsiyaviy nazorat qilish vazifasini Konstitutsiyaviy sud amalga oshiradi. Bu organning faoliyatini Konstitutsiya va" O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida"gi Qonun muvofiqlashtiradi. Konstitutsiyaviy sud Prezidentning Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o'rinbosari va beshta mazkur sud a'zosidan (ularning bittasi Qoraqalpog'iston Respublikasidan) iborat taqdim etgan tarkibda Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi. Konstitutsiyaviy sud o'zining tashkil topgan - 1995-yilning dekabridan boshlab qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar aktlarini konstitutsiyaviyligi, ya'ni qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini, mamlakatimizning davlatlarolaro shartnomalardagi boshqa majburiyatlarini Konstitutsiyaga muvofiq kelishini aniqlaydi. Bu ishlarni ko'rib chiqish natijasi sifatida Konstitutsiyaviy sud o'zining tegishli qarorlarini qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasida sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga bo‘ysinishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi kabi muhim normalar mustahkamlab qo‘yilgan.

Ta’kidlash joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga bo‘ysungan holda ish yuritishlarining konstitutsiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli bo‘lmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan izohlanadi. Zero, mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini to‘liq ta’minlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Istiqlolning dastlabki yillarida Konstitutsiyada nazarda tutilgan sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysinishi tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994 yilda qabul qilingan "Jinoyat" Kodeksi, "Jinoyat protsessual Kodeksi, "Ma’muriy javob-garlik to‘g‘risida" gi Kodeks hamda 1997-yilda qabul qilingan "Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual" Kodekslarini, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari hamda shuningdek, Hukumat qarorlarini keltirish mumkin.



3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016 - yilning 21-oktabrida e’lon qilingan PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishiga doir konstitutsiyaviy normani amalda to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishiga zamin yaratdi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar nazarda tutildi. Xususan, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini o‘tkazish kabilar nazarda tutildi .

Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlashda Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va so‘ng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sudya lavozimida bo‘lishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namu-nali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, o‘z vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik o‘n yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi uchun rag‘batlantiruvchi qoida ham hisoblanadi.

Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini – 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqilligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obro‘-e’tiborli sudyalar bilan to‘ldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi. Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari ta’siridan holi bo‘lishiga xizmat qiladi.

“Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir. Joriy yilning 6- aprelida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar to‘liq o‘z ifodasini topdi. Mazkur Kengash konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaning 111-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respub-likasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishi o‘z ifodasini topdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash prinsiplari istiqlol yillarida O‘zbekistonda bosqichma-bosqich hamda izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarning asosini tashkil etdi. Ushbu ijobiy jarayon doirasida sud-huquq tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish borasida ham salmoqli natijalarga erishildi. Shu maqsadda tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Masalan, 2000-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq mamlakatimiz sud hokimiyati ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarildi. Sudlar ixtisoslashtirilib, kassatsiya instituti isloh etildi, ishlarni ko‘rib chiqishning appelyatsiya tartibi joriy etildi, sud faoliyatining barcha bosqichlarida tomonlar tengligi ta’minlandi. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida qariyb 140 mingta jinoiy ish to‘xtatildi. O‘zbekistonda 2008-yilning yanvaridan o‘lim jazosi bekor qilingani butun dunyoda katta aks-sado berdi. Sud-huquq tizimini insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish hamda erkinlashtirishga doir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.Sud-huquq sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan milliy qonunchiligimiz insonparvarlik va demokratiya tamoyillari asosida muntazam takomillashtirilmoqda. Masalan, "Jinoyat" kodeksining qator moddalariga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum etish shaklida jazo tayinlamaslik to‘g‘risidagi norma kiritildi. Uni amalda qo‘llash natijasida o‘tgan yili 2000-yilga nisbatan ozodlikdan mahrum etish shaklida jazo qo‘llangan shaxslar soni ikki baravar kamaydi. Jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish samarasida bugun O‘zbekiston ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni bo‘yicha dunyodagi eng past ko‘rsatkichga ega.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi mamlakatimizda sud-huquq sohasini izchil demokratlashtirish va erkinlashtirishda yangi bosqich – O‘zbekistonda demokratik yangilanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan birini ochib bergani ta’kidlash lozim. 2012-yil 2-avgustda qabul qilingan “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan sudyalar mehnatiga haq to‘lash shartlari qayta ko‘rib chiqildi va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha choralar qabul qilindi.



Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatda sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimiz Konstitutsyaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir. Albatta bu holat O'zbekiston mamlakatining inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash, huquqiy davlatga xos bo'lgan sud-huquq tizimini shakllantirish sohadagi qisqa davr- mustaqillik davri ichida asrlarga teng bo'lgan yo'lni bosib o'tganligini anglatadi. Sud hokimiyatining faoliyatida shaffoflikni hamda mas'uliyatlilikni ta'minlash, uning faoliyatini demokratlashtirish, mustaqilligini ta'minlash, uning aniq vazifalarini belgilab berish hamda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada mustaqillikka erishganimizdan buyon bir qancha ishlar amalga oshirildi. Zero, sud hokimiyati davlat hokimiyatining asosiy va ajralmas bo'g'inlaridan biri bo'lib hisoblanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oliy o'quv yurti talabalari uchun o'quv qo'llanma "O‘zbekistonda demokratik jamiyatni qurish nazariyasi va amaliyoti" Toshkent "Navro'z" nashriyoti 2014-y.

2.

3.

4. Wikipedia.uz

5. Aim.uz

6. Ziyo.net
Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish