Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Takrorlash uchun savollar



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

Takrorlash uchun savollar 
1.
Milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishidagi jahon tajribasi ahamiyati nimadan 
iborat? 
2.
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi mohiyatini tushuntirib bering. 
3.
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi o`rganish magistrantlar uchun 
nimaga kerak? 
4.
Rivojlangan mamlakatlar qanday belgilar bilan farqlanadi 
5.
Jahon mamlakatlari guruhiy turlarini aytib bering. 


27
6.
Turmush sifati deganda nimani tushunish kerak? 
7.
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining predmeti nima? 
8.
“Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasi” fanida iqtisodiy hamkorlik 
tushunchasini izohlang. 
9.
Rivojlangan mamlakatlar yetakchilarini birlashtiruvchi “ettilik” haqida 
nimalarni bilasiz? 
10.
Ushbu fanni o`rganuvchi magistr asosan nimalarga e’tibor berish lozim? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28
2-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY 
SHARTLARI 
2.1. Bozor iqtisodiyotining asosiy mohiyati 
Bozor sivilizatsiyali taraqqiyot maxsuli bo`lib, u inson iqtisodiy faoliyatining 
yuqori cho`qqisidir. Iqtisodiy faoliyat amaliyoti shuni tasdiqlaydiki, xo`jalikni bozr 
asosida uyushtirish eng samarali usuldir. Chunki u iqtisodiy taraqqiyotni haqiqatdan 
ham inson manfaatidan keltirib chiqaradi. 
Bozorning tarixi katta, u qadam-qadimdan ma’lum narsa. Ayniqsa, sharq 
bozorlari asrlar osha o`z dovrug`ini taratib kelgan. O`zbekiston hududida ham 
shunday bozorlar va “Buyuk Ipak Yo`li” kabi savdo yo`llari o`tgan. Lekin hozir 
bozor iqtisodiyotini qurmoqdamiz. Bunda qarama-qarshilik, tushunmovchilik 
mavjuddek tuyiladi. Buning uchun bozor iqtisodiyoti mohiyatiga diqqatimizni 
qaratishimiz kerak. 
Bozor eskidan oldi-sotdi joyi, sotuvchi va xaridorlar joyi, chakana savdo 
jarayoni bilan chegaralanib, qadimiy “Sharq bozori” mazmunini bildirib, hayot 
asosan natural xo`jalikka asoslangan bo`ladi. Bozor oddiy va hayotiy yuzaki 
tushunchani bildirsa, bozor iqtisodiyoti to`la mazmunli va ilmiy tushunchadir. 
Bozor iqtisodiyotida iste’molning barchasi bir tizim sifatida bozor 
munosabatlari asosida shakllanib rivojlanadi. Ishlab chiqarish bozorning asosiy 
mexanizmlaridan biri bo`lgan taklifga aylanishi tufayli reallashadi. Moddiy ishlab 
chiqarish jarayoni qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, u iste’mol uchun atalgan 
va bozor sharoitida talabdan kelib chiqadi. Chunki inson iste’moli uning ehtiyoji 
talabga aylanishi tufayligina yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitida bozordagi 
talab asos bo`lganligi uchun ishlab chiqarish.vosita sifatida xizmat qiladi, ishlab 
chiqarish bozor iqtisodiyoti tarkibida bo`lib, uning moddiy asosini tashkil etadi. 
Umuman ishlab chiqarish bozor munosabatlari, uning qonun talablari asosida 
rivojlanadi. Demak, bozor iqtisodiyotida inson talabi, uning iste’moli yuqori bo`lgani 
xolda ishlab chiqarish buning vositasi vazifasini bajaradi va talab uchungina xizmat 
qiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida tovar muomalasi tushunchasi bilan birga 


29
iqtisodiy aloqa usuli, umuman xo`jalik yuritish usuli tushunchalari mavjud, bularni 
aslo inkor etib bo`lmaydi. 
Lekin bozor iqtisodiyotining mohiyati muomala va iqtisodiy aloqalarga 
nisbatan kengdir. Bozor iqtisodiyoti avvalo barcha xo`jalik tarmoqlari, iqtisod turlari, 
sohalariga ta’sir o`tkazadi. Bunday ta’sir etish mikroiqtisodiyot bilan chegaralanmay, 
balki makroiqtisodiyotning asosiy tomonlariga mazmun berib, ularni o`z doirasiga 
oladi. Ma’lumki, iqtisodiy proportsiya, balanslar bozor ta’sirisiz bo`lishi mumkin 
emas. Chunki avvalo resurslar bozori mavjud bo`lib, ularning joylashuvi va 
taqsimlanishi bozor mexanizmlari ta’siri ostida bo`ladi. Ishlab chiqarish sohalari va 
ularning hosilasi – tovarlar bozorining asosi hisoblangan talab ta’siri tufayligina 
reallashmog`i mumkin. 
Shunday qilib bozor iqtisodiyoti tovarlar muomalasi, iqtisodiy aloqa usuligina 
bo`lib qolmay, balki iqtisodiy tizimdir, ya’ni iqtisodiyot tizimiga xos barcha 
xususiyatlarni o`zida aks ettiruvchi va iqtisodiyotning barcha tomonlariga ta’sir etib, 
o`ziga qamrab oluvchi iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sohalar va 
tarmoqlarning o`zaro bog`liqligi asosidagi birlikdir. 
Bozor iqtisodiyoti deganda avvalo bozor usulidagi iqtisodiyot, bozor 
munosabatlari asosidagi rivojlanayotgan iqtisodiyotni tushunamiz. Iqtisodiyotning 
ayrim qismlari yoki ayrim hudud iqtisodiyotida bozor munosabatlarining ta’sir etishi 
emas, balki iqtisodiyotning asosiy va ko`pchilik qismida yoki asosan iqtisodiyotning 
bozor munosabatlari asosida to`la rivojlanishidir. Bunday xolda iqtisodiyot bozor 
mazmuniga ega bo`ladi, chunki bozor munosabatlari tasodifiy, ayrim xollarda 
uchraydigan voqelik bo`lmay, balki u umumiy va ommaviy iqtisodiy xodisa bo`lib, 
zaruriy talab xolatiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida bozor munosabatlari tizimi 
yuzaga keladi va iqtisodiyot shunday tizim asosida rivojlanadi. 
Bozor iqtisodiyoti erkin harakatdagi, o`zini-o`zi boshqaruvchi va tartibga 
soluvchi ichki qudratga ega. Bu qudrat – kuch bozor munosabatlari, bozor 
mexanizmlaridir. 
Bozor iqtisodiyotining erkinlik xususiyati avvalo tadbirkorlar va tanlov 
erkinligidan iboratdir. Xususiy tadbirkor iqtisodiy resurslarni erkin qo`lga kiritish va 


30
egalik qilish huquqiga ega bo`lib, resurslardan ihtiyoriy ravishda tovarlar ishlab 
chiqarish, shuningdek firmalarning istagi bo`yicha ularni sotish imkoniga egadir. 
Nima ishlab chiqarish, qachon, qancha, qaerda, mahsulotlarni qanday tasarruf etish 
erkin xolda xal qilinadi. Tadbirkorlarning ma’lum tarmoqda ish ko`rish yoki 
tarmoqdan chiqish ihtiyori o`zlarida bo`lib, bunga to`siqlik qiluvchi kuch bo`lmasligi 
kerak. 
Erkin tanlash imkonini olsak, bozor sharoitida kapital va moddiy resurslar 
egalarining bularni o`z ihtiyorlari bo`yicha ishlatish yoki ish tutish huquqi va 
imkoniga ega bo`lishdan iboratdir. Shu bilan birga ishlovchilar istagan mehnat turi 
bilan shug`ullana olish imkoniga ham ega bo`ladilar. So`ngra iste’molchilar o`z 
daromadlari xajmiga qarab istagan miqdorda, sifatda biror yoki turli xildagi tovar va 
xizmatlarni sotib oladilar. Iste’mol tanlovi eng kuchli erkinlikdir. Shu nuqtai 
nazardan ishlab chiqaruvchi – sotuvchining erkinligi xaridor erkinligiga bog`liq va 
shundan kelib chiqib, pirovardida ishlab chiqaruvchining erkinligi xaridor erkinligi 
tufayli reallashadi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni shuki, u inson manfaatidan kelib 
chiqadi. Chunki barcha bozor ishtirokchilari go`yo o`zlarining shaxsiy manfaatlari 
uchun kurashadilar, amalda esa deyarli barchaning manfaati ta’minlanadi. 
Ma’lumki, amalda tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkor – sotuvchi faqat o`z 
shaxsiy manfaatini asos qilib oladi va barcha faoliyatini shunga qaratadi. Iste’molchi 
esa imkoni boricha arzonroq mol olish va ko`proq foydaga erishishga harakat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha shaxsiy manfaat ustida qayg`uradi va biri 
ikkinchisining hisobiga o`z manfaatini ta’minlashga urinadi. Lekin aytganimizdek, 
deyarli barchaning manfaati ta’minlanadi. 
Ishlab chiqaruvchi – sotuvchi iste’molchini manfaatini o`ylamaydi, u o`zini 
o`ylab harakat qiladi va iste’molchi – xaridor hisobiga boyishni chamalaydi. Lekin 
tadbirkor albatta tovarini sotishi kerak. Bu esa faqat unga bog`liq emas. Tovar 
sotilishi uchun iste’molchining manfaatini ifodalovchi talab shakllanishi zarur. Bu 
esa asosan iste’molchi - xaridorga bog`liqdir. Tadbirkor iste’mol talabiga mos tovar 
ishlab chiqarishi mumkin xolos. Har qanday sharoitda ham tadbirkor iste’molchini 


31
e’tiborga olishga majbur. Bozor iqtisodiyotining qonuni shuki, unda talabga mos, 
sotiladigan tovarlargina ishlab chiqariladi. Iste’mol har qanday ishlab chiqarishning 
maqsadidir va ishlab chiqaruvchining manfaatlari shuning uchun ham e’tiborliki, u 
iste’molchilar manfaati uchungina xizmat qiladi.
Demak, tadbirkorning manfaati xaridorning manfaatiga mutloq bog`liqdir. 
Tadbirkorning manfaati inson shaxsiy manfaati tufayli ro`yobga chiqishi mumkin. 
Bozor munosabatlarigina iqtisodiyotni inson manfaatiga to`la qarata oladi. Bu esa 
bozorning asosiy ustunligi, barqarorligi va istiqbolini belgilab beradi. Aytish 
mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida manfaatlar mosligi, shu tufayli 
iqtisodiyotning to`laqonli harakati, yuqori darajali taraqqiyoti ta’minlanishi 
mumkinligi mavjuddir. Manfaatlar mosligi, ayniqsa inson shaxsiy manfaatini 
asoslanganligi bozor iqtisodiyotiga qudratli kuch bag`ishlaydi. 
Bozor iqtisodiyotida tovar ishlab chiqarish juda ahamiyatlidir. Asli bozor 
tovar ishlab chiqarish mahsulidir. U qadimiy iqtisodiy voqelikka ega bo`lib, o`z 
taraqqiyoti tufayli bozorni yuzaga keltiradi. Ma’lumki, tovar ishlab chiqarishning tub 
mohiyati ayirboshlash, bozor uchun ishlab chiqarishdir. Mahsulot ayirboshlash, uning 
darajasi, mavjud shakllari tovar ishlab chiqarishga bog`liqdir. Zero, bozor 
munosabatlari tovar ishlab chiqarish va uning muomalasi tufayli yuzaga kelib 
rivojlanadi. 
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi tovar ishlab chiqarishni va muomalasini 
taraqqiy ettirish, ularning yuqori darajasiga erishuvini talab etadi. Bu avvalo, bozor 
uchun zarur tovarlar mavjudligiga erishish bilan bog`liqdir. Ma’lumki, bu juda yuqori 
darajada bo`lmog`i zarur. Keng tarmoqli, katta xajmdagi va juda xilma-xil tovarlar 
ishlab chiqarishni tashkil etish kerak. Shunday yo`l bilangina bozor iqtisodiyotining 
moddiy asosi yaratiladi. Bu ayni vaqtda zarur bozor munosabatlari uchun iqtisodiy 
sharoitlarni kengaytirib boradi. 
Ma’lum darajagacha bu jarayon tovar ishlab chiqarishdan kelib chiqsa, 
so`ngra ahamiyat nuqtai nazaridan o`zaro o`rin almashish yuz berib, bozor 
iqtisodiyoti tizimi shakllanishi tufayli tovar ishlab chiqarishga ta’sir kuchayib boradi. 
Natijada tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti qismiga aylanib, uning moddiy 


32
asosini yaratuvchidan iborat bo`ladi. Endi bozorning rivoji tovar ishlab chiqarish 
miqyosiga bog`liq bo`lib qoladi va talabning miqdori va tuzumiga bog`liq bo`ladi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish