2.3. Raqobat darajasini aniqlovchi ko`rsatkichlar Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlarning raqobatdoshliligini aniqlayotganda, uning boshqa raqobatchi tovarlardan yuksak taraflarining mavjudli, umume`tirof etilgan talablarga javob berishi hamda ketgan xarajatlar miqdori bilan baxolanadi. Maxsulotning raqobatdoshliligini baxolashda xaridorlar extiyoji va bozor talabiga asoslanadi. Chunki Tovar xaridor talabiga javob berishi uchun (uyidagi )parametrlarga mos kelishi kerak.
Texnik parametrlarga (Tovar belgisi, uni qo`llash va tafsiya etish markazlari):
Ergonomik parametrlari (tovatning tashqi ko`rinishi)
Me`yoriy parametrlarga ( tovarning amaldagi me`yorlarga va standartlarga moye kelishi):
Iqtisodiy parametrlarga (tovarning baxo darajasi, unga ko`rsatilgan servis xizmati,
vositalar o`lchami , xaridorlarning ayni vaqtdagi extiyojlarni qondira olishi)
Estetik parametrlar (tovarning tashqi ko`rinishi)
Xar bir istemolchi o`z ijtimoiy extiyojlaridan kelib chiqqan xolda tovarlarni sotib oladilar. Bu esa o`z navbatida raqobatni keltirib chiqazadi. Xridorlarning xatti harakatlaridan shuni ko`rish mumkinki, tovarlarni taqqoslashga, uning ishlatish samaradorligi (c), sotib olish harajatlariga (x) nisbatan yuqori bo`lsa usha maxsulotni ko`proq tanlashadi. U xolda tovarning raqobatdoshligi ® quyidagi ,
P=C/X
Ko`rinishini oladi
Tovarning raqobatdoshligini baxolash quyidagi bosqichlarda bo`ladi
1.O`rinbosar tovarlarni topish va uni taxlil qilish:
2.O`xshash maxsulotlarning solishtirishi orqali asosiy ko`rsatkichlarni belgilash:
3.O`z maxsulotimizdagi integral (umumiy) ko`rsatkichlarni aniqlash.
Raqobat- Lotincha so`zdan olingan bo`lib maqsadga erishish uchun kurash, korxonalar o`rtasidagi sof kurashni bildiradi. Uning asosiy quroli bo`lib talabni shakllantirish va sotishni rag`batlantirish xisoblanadi.
Raqobat turiga ko`ra 2 ga bo`linadi
1.Sof raqobat
2.G`irrom raqobat.
Sof raqobat bozor talablariga ko`ra vijdonan kurashishni bersa , G`irrom raqobat uni aksini ta`minlaydi.
Jaxon bozori tajribasidan raqobatning quyidagi shart sharoitlari mavjud:
Kuchlar teng va strategiyalar o`xshash bo`lsa bozorrda muvozanat uzoq, saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi:
Sizning raqibingiz hamma narsadan habardor deb biling
Raqibingizning g`ashini keltiruvchi harakat qilmang
Sizning harakatingiz imkoningiz darajasida ekanligiga raqibingizni ishontiring.
Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat ko`rsatkichlarini aniqlang
Ilg`or-40%
Ilg`orga davogar -30%
Davomchilari-20%
Bozorda uncha omadikelmagan-10%
Ushbu ko`rsatgichlarga asoslangan xolda ham ularning raqobat darajasini aniqlashimiz va baxo berishimiz mumkin.
Xozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubning birinchi o`ringa qo`yishi xo`jalik xisobidagi korxona va seh, uchastkalarning asosiy prinspi bo`lib,unga moliyaviy va boshqaruv taxlili muhim ahamiyatga egadir. Faqat moliyaviy boshqaruv taxlili tufayli jamoa faoliyatining iqtisodiy natijaalari obyektiv baxolanib, korxonaning har bir bo`limi, xar bir ishchining umumiy natijadagi ulushi aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv taxlilisiz xo`jalik mexanizmini to`g`rilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib bo`lmaydi. Moliyaviy va boshqaruv taxliliishlab chiqarish imkoniyalrini aniqlab ko`rmay, balki moddiy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag`batlantiradi, shu bilan birga ishlovchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalaydi.
Raqobatchilarning imkoniyatlarini muntazam o`rganib turish sotish uchun mo`ljallangan maxsulotlarni o`z vaqtida xaridorlarga yetqazish va firma hisob raqamiga pul kelish tushish rejasini muaffiqiyatli bajarishning garovidir. Faqat raqobatchilarning bozorga o`xshash yetqazib berish imkoniyatini bilibgina qolmay, shuningdek , ularga nisbatan sifatli va arzonroq tovarlar taklif qilish choralarini ko`rish yuqori foyda olishning yana bitta omilidir. Raqobatchilarning imkoniyatlarini o`rganish davrida qatior davrlar mobaynida iqtisoslik tovarlarining sotilish holatini kuzatmoq va ma`lumotlarini taxlil qilish lozimdir.