O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj keskin ortganligining guvohi bo’lib turibmiz
O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj keskin ortganligining guvohi bo’lib turibmiz. Mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Yosh avlod ma’lum bilimlar yig’indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlatni rivojlantiruvchiga xos ma’naviyat va ma’rifat egasi bo’lib, o’zining mehnatga munosabati va xulq-atvori hamma havas qiladigan bo’lishi kerak.
Bizning mamalakatda o’qituvchiga, yosh avlod tarbiyasiga kata imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli ta’lim oldida eng avvalo o’qituvchi va talabalar jamoasida ma’naviyatli hamda o’zbek millatiga xos tafakkurga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma’nodagi buyuk inson darajasiga yetkazish kabi vazifalar turadi. Buni bajarishda fan o’qituvchilarining xizmati kattadir.
Kimyo fanini o’qitishda faqat ma’ruza usullari bilan chegaralanib qolmasdan, yangi pedagogic usullardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning natijasida ta’lim oluvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi ortadi. Guruhda, yakka tartibda ishlash malakasiga ega bo’ladi, mustaqil fikr bildirish ko’nikmasi shakllanib, shaxsiy “men”i rivojlantiriladi. Ushbu usullar kichik guruhlarda olib borilsa, natija yanada samaraliroq bo’ladi, chunki guruhda ishlanganda o’quvchilarning faolligi ortadi, tinglash, so’zlash madaniyati shakllanadi, kerakli ma’lumotlarni o’zlashtirish qulaylashadi. Shunday ta’lim oluvchilarni qiziqtirib, ishlashga ko’mak beradigan usullardan biri “Kimyoviy duktant” metodidir. Bu metod kimyoni o’qitish jarayonida o’quvchilar bilimini hisobga olishning eng muhim usullaridan biri hisoblanadi.
Kimyoviy diktant o’tkazishda, o’quvchining bilim darajasini, ish xususiyatlarini hisobga olish kerak. Kimyoviy diktant uchun beriladigan topshiriqlarni ta’lim beruvchi og’zaki aytib beradi. O’qituvchi aytgan moddalarni talabalar kimyoviy formulasini yozishi mumkin, reaksiya tenglamalarini ongli bajarishi mumkin. Kimyoviy diktantning quyidagi turlari mavjud bo’lib, dars mavzusiga ko’ra ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinishi yoki barchasidan birga sinxron tarzda foydalanish mumkin:
Moddalarning nomi asosida formulasini tuzish.
Birikmalardagi kimyoviy element valentligini toppish.
Kimyoviy tushunchalarga ta’rif berish.
Turli xil grafiklarni to’ldirish.
Reaksiya tenglamalarini davom ettirish va hokazo.
Quyida “Tuzlar” mavzusini o’qitishda ushbu metoddan foydalanish namunasini keltirib o’tamiz. Ma’lumki, tuzlar anorganik birikmalar sinfiga kiradi. Bu sinf tarkibi, xossalari turlicha bo’lganligi bois, ularning formulasi, tuzilishi, nomini eslab qolish birmuncha murakkab. Yuqorida aytganimiz “Kimyoviy diktant” metodidan foydalanib o’qitilsa, o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirish darajalari ortishiga erishish mumkin.
Dastlab auditoriya kichik guruhlarga bo’linadi, har bir guruhga bir-biriga bog’liq bo’lgan alohida-alohida quyidagicha topshiriqlar beriladi:
1-guruh: “Quyidagi nomi keltirilgan dori vositalarining empirik formulasini yozing”.
Natriygidrosulfat
Kalsiygidroksosulfid
Kaliyalyuminiysulfat
Ammoniykarbonat
2-guruh: “Quyidagi empirik formulalar asosida ularning tuzilishini yozing”.
KClO3
K2CO3
Na3PO4
ZnSO4
3-guruh: “Quyida nomlari keltirilgan moddalarning xossalarini yozing”
Osh tuzi
Silvinit
Bertolle tuzi
Oxaktosh
4-guruh: “Quyida keltirilgan reaksiya tenglamalarni davom ettiring”
Zn + 2HCl =
2KOH + H2SO4 =
NaOH + CO2 =
NaOH + Zn =
Yuqoridan xulosa qilib aytish mumkinki, “Kimyoviy diktant” metodidan foydalanish va uni ommalashtirish ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Zero, sifatli ta’lim barkamol avlod rivojining poydevoridir.