Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Bozor iqtisodiyotining yetakchi mexanizmlari



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

 
2.2. Bozor iqtisodiyotining yetakchi mexanizmlari 
Bozor iqtisodiyotida ahamiyatli, uni rivojlantiruvchi, harakat mazmunini 
belgilovchi mexanizmlar bo`lib, ularsiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib bo`lmaydi. 
Tub mazmuni bilan bozor mohiyatini belgilab beruvchi mexanizmlardan talab, taklif, 
raqobat, bozor bahosini ko`rib chiqaylik. Bozor mexanizmlarini korxonalarning 
boshqarilishi, ish yuritilishi, xo`jalikning tashkil etilishi bozor mazmunida bo`lishi, 
umumiy bozorcha iqtisodiy yo`nalishda ta’sir etishida sezamiz va bozor harakatini 
ular tufayli amalga oshuvida kuzatamiz. 
Talab
bozordagi eng muhim xodisa bo`lib, u inson shaxsiy manfaatidan kelib 
chiqadi va shunga xos iqtisodiylikni o`zida aks etadi. Talab insonga bevositalik
uning manfaatini bozorda ifodalash tufayli bozor iqtisodiyotining tub mazmuniga 
asosiy ta’sir ko`rsatadi va uning harakat yo`nalishini belgilab beradi. Iste’mol ehtiyoj 
– talab shakllarini boshdan kechirmog`i zarur. Talab mavhum narsa emas, u faqat 
istak emas, balki real voqelikdir. Ehtiyoj ma’lum va aniq pul miqdori bilan qoplansa 
u talabga aylanmaydi. Demak, iste’molchi bozorda talab mazmunida harakat qilar 
ekan, u, zarur miqdordagi pul bilangina o`z ehtiyojini talabga aylantira oladi. Shuning 
uchun ham bozordagi talab pul bilan qoplangan, xaridlikni to`la ta’minlay oladigan 
xaridor-iste’molchining namoyon bo`lishidir. Pulsiz talab shakllanmaydi va ehtiyoj 
istak va hayol darajasida qolaveradi. 
Iste’mol 
uchun 
avvalo 
tovardan 
foydalanish asos bo`lib, 
iste’mol talablariga mos 
kelishini aniqlaydi, so`ngra 
uning 
bahosiga 
e’tibor 
beradi. Ko`pincha tovar 


33
bahosi talabni belgilovchi 
asosiy omilga aylanadi.
Talab 
o`zgarishi 
mavjud bo`lib, u baholar 
o`zgarishi 
va 
xolati, 
xaridorlar 
miqdori 
va 
ularning 
didi, 
istagi, 
iste’molchilar 
pul 
daromadi, o`rnini bosuvchi 
tovarlar xajmi,
inflyatsiya 
ehtimoli 
kabilarga 
bog`liq 
bo`lib, 
bular ayni vaqtda talab 
omillari hisoblanadi. 
Talabga eng asosiy ta’sir ko`rsatuvchi omillar daromad va bahodir. Daromad yuqori 
bo`lsa talab o`sadi, baho yuqori bo`lsa talab pasayadi. 
Talabning bir necha turlari va ko`rinishlari mavjud bo`lib bular: salbiy, 
yashirin, kamayib boruvchi, uziluvchan, ortiqcha, o`sayotgan talab kabilardir. Shu 
bilan birga normal va vaximali talablar ham mavjud. 
Taklif
mexanizmi ishlab chiqarish tomoni, uning bozorda ifodalanishidir. 
Buning ahamiyati nuqtai nazaridan talabdan keyingi muhim mexanizmlardir. 
Ayirboshlash, sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar taklifni shakllantiradi. 
Taklifsiz tovar ishlab chiqarish amalga oshmaydi, u taklif shaklidagina reallashadi. 
Tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi daromad ekan, u tovarining iste’molchisini 
topib, o`z maqsadiga erishuvi darkor. Bu o`zidan-o`zi bo`lmaydi va u albatta talabni 
qondirishga atalgan bo`lishi kerak. 
Talabga har tomonlama mos tovar ishlab chiqarilishi taklifning asosidir. 
Bozorda sotuvga taklif etilgan tovarlar xajmi, taklif etilgan tovarlar miqdori deyiladi. 
Bu ishlab chiqarish miqyosi tuzumiga bog`liqdir. Bozorga chiqmagan mahsulot qismi 
taklifga kirmaydi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish