40
2.2.1.-jadval
Bozor iqtisodiyotiga o`tish bosqichlari
Bosqichlar
Tadbirlar
1-bosqich "Huquqiy asoslarni
yaratish"
* mulk to`grisida;
* banklar to`grisida;
* bandlik to`grisida;
* investitsiya haqida;
* tadbirkorlik to`grisida;
* tashqi iqtisodiy faoliyat haqida;
* xususiylashtirish to`grisidagi qonunlarni qabul
qilish.
2-Bosqich "Moliya-kredit
tizimini soYOlomlashtirish"
* narx nazoratini cheklash;
* inflyatsiyani jilovlash;
* byudjet taqchilligini qisqartirish;
* daromadlarni ideksatsiyalash va boshq.
3-Bosqich
"Bozor
munosabatlarini shakllantirish"
* ish haqini isloh qilish;
* chet el investitsiyasiga sharoit yaratish;
* birjalar faoliyatini tashkil qilish;
* monopoliyaga chek qo`yish;
* valyuta bozorini rivojlantirish;
* tashqi va ichki narx nisbatiga sharoit tugdirish;
* xususiylashtirishga sharoit yaratish va boshq.
4-Bosqich
"Bozor
munosabatlarini rivojlantirish"
* soYOlom bozor raqobatiga o`tish;
* o`z-o`zini tartibga soluvchi
bozor strukturasini
rivojlantirish;
* bank-kredit tizimini takomillashtirish;
* davlat soliq tizimini soYOlomlashtirish;
* kon’yunkturani jonlashtirish va boshq.
Demak, bozor iqtisodiyotining shakllanishi qonun hokimiyatining yaratilishi
bilan chambarchas bog`langan xolatdirki, bular kuchli jamiyatning kuchli
iqtisodiyotini yaratishda asos bo`lib xizmat qiladi.
Aytish mumkinki, bozor huquqiy
muxitining yaratilishi aloxida jarayon bo`lmay, qonuniy hokimiyat yaratilishi zarur
bo`lgan kuchli jamiyat shakllanishining tarkibiy qismiga kiradi. Qonuniy
hokimiyatning yaratilishi ayni vaqtda bozor huquqiy
muxitining barpo etilishini
taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti huquqiy muxitini yaratilishining boshlanishiga O`zbekiston
Konstituttsiyasida asos solingan, uning 53-moddasida iqtisodiyotning bozor
41
munosabatlarini rivojlantirishi tasdiqlanadi. Bozor iqtisodiyoti huquqiy muxitining
yaratilishi asosida qonunchilik yotadi va qonunlar negizida ularni ijro yo`l va
usullarini belgilovchi farmon, qaror va qoidalar yuzaga keladi.
Bunga xos qonunlar ichida harakatdagi O`zbekiston
Respublikasida
“Korxonalar to`g`risida”, Xususiy mulk to`g`risida”, “Xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasining tadbirkorlik
to`g`risida”ga kabi bir muncha qonunlarni ko`rsatish mumkin. Bu kabi qonunlar
ijrosiga qaratilgan qaror, farmonlar tufaylm huquqiy muxit yuzaga keltirilmoqda.
Huquqiy muxitning ikki tomoni mavjud: erkin va majburiylik. Erkinlik bozor
ishtirokchilarining bozor iqtisodidagi erkin faoliyatini ta’minlash, jamiyat a’zolari
o`rtasidagi va jamiyat bilan bo`lgan iqtisodiy mazmun harakatining
ijro etilishini
ta’minlash bilan bog`langandir. Tijoriy erkinlik va faoliyat sohasi tanlovi erkinligi
qonunlar va ularning ijrosi tufayli ta’minlanadi. Shu bilan birga daromad oshishining
chegaralanmasligi, resurslardan foydalanish, ish kuchini yollash erkinligi juda
muhimdir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosini tashkil
etuvchi mulk shakllarining
mavjudligi muhim bo`lib, mulk munosabatlarining bozor munosabatlari asosida
bo`lishi, xususiy mulk va sarmoyalar xajmining chegaralanmasligidagi erkinliklar
huquqiy muxitda ahamiyatlidir. Qonunlarda bozor munosabatlari asosidagi harakatlar
to`la kafolatlanadi va to`la himoyalanadi.
Bozor iqtisodiyoti huquqiy muxitining ikkinchi tomoni jamiyat oldidagi va
inson huquqlari hamda turmush sharoitlari bilan bog`langan majburiyatlardan iborat.
Bu sohada salbiy oqibatlarning oldini olish asos hisoblanadi. Ma’lumki, har bir bozor
munosabatlari bilan bog`liq shaxs ijtimoiy xarajatlarda ma’lum o`rin egallaydi va bu
majburiyat soliq qonunlarida o`z aksini topadi. Bundan tashqari ekologiyani saqlash,
tabiatga zarar keltirmaslik sohasida javobgarliklar mavjud bo`lib, tabiiy
boyliklardan
to`g`ri va samarali foydalanish, havo, suv, yer, havoni sof saqlash sohasida katta
javobgarliklar mavjud. Mehnat huquqi,
ishga yollash, mehnatni muhofaza qilish,
ishlovchilarning daromadlarini kafillash, inson huquqlari,
uning manfaatini
ta’minlash kabilar bilan bog`langan majburiyatlar mavjud.
42
Shunday qilib, huquqiy muxit deganda bozor munosabatlari asosidagi faoliyat
uchun huquqlar va majburiyatlarni tushunamiz. Bu sohadagi erkinlik jamiyat, davlat
va inson oldidagi majburiyatlar muvozanatining doimo ta’minlanib borishi uchun
zarur shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: