1.Chet tilini o’rganish metodlari
Chet tilini o‘rganishda sabrsizlik qilmaydigan odam kamdan kam topiladi. Kuf-suf desangu tilni o‘rganib qo‘ya qolsang. Lekin bu u qadar oson ish emas, shu bilan birga, tasavvurdagiday qiyin ish ham emas.
Istalgan xorijiy tilni o‘rganishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan eng muhim jihat bu qobiliyat va istakdir. Qobiliyat masalasida qo‘rqmasangiz bo‘ladi, chunki u har bir odamda bor. 2006 yili amerikalik olim Richard Sparks o‘z tadqiqotlari bilan til o‘rganish uchun allaqanday olamshumul tug‘ma iste’dodlar kerak degan fikr asossiz ekanini isbotladi. Endi istakka kelsak. “Istak – bu minglab imkoniyatdir, xohlamaslik esa – minglab bahonadir” degan hikmatli gap juda topib aytilgan.
Jahon globallashuvi oliy o’quv yurtlari bitiruvchilariga yanada qattiqroq talablarni qo'yadi. Kasbiy kompetentsiyalardan tashqari, ma'lum bir qator ko'nikmalarni o'z ichiga olgan zamonaviy mutaxassis nafaqat o'z sohasining ustasi bo'lishi kerak, balki oliy kasbiy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq xorijiy ilmiy va texnik adabiyotlarni o'qishi, kerakli ma'lumotlarni bilib olishi kerak va olingan natijalarni o‘z kasbiy faoliyatida ham ona, ham chet tillarida to’g’ri qo’llashi kerak.
Talabalarning tilni o'zlashtirish darajasi bevosita qo'llaniladigan o'qitish usullariga bog'liqligi sir emas.
Barchamizga ma’lumki, insonlarning tilni o'zlashtirish darajasi bevosita qo'llaniladigan o'qitish usullari va metodlariga bog'liqdir.
Asrlar davomida chet tilini o‘qitishning turli usullari, o‘qitishning maqsad va vazifalari, maktablari va o‘qitishning yondashuvlari mavjud bo‘lgan. Chet tillarni o'rganishda dastlab davlat, keyin esa jamiyat talabi tufayli yangi o'qitish metodlari ishlab chiqildi. Olimlar turli fanlar: falsafa, psixologiya, tilshunoslik va boshqa fanlar bo‘yicha ommabop o‘qitish metodini topishga harakat qildilar. Hozirgi kunda o‘rta maktabda chet tili o‘qituvchisining birlamchi vazifasi sifatida o‘quvchilarga qisqa vaqt ichida til bilimidagi kamchiliklarni to‘g‘rilashga yordam berish va ularni o‘rgatishdan iborat desak to’g’ri bo’ladi. Chet tilini kasbiy bilim va ko'nikmalarni olish vositasi sifatida shuni ta'kidlash kerakki, chet tilini o'qitishning turli bosqichlarida nazariy va amaliy bilimlar o'qituvchiga metodik fikrni keng ta'lim istiqbolida ko'rish va ularning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olish, ishda turli xil uslub va yondashuvlarni birlashtirish imkonini beradi.
O‘qituvchining o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilish va boshqarishdagi o‘rgatuvchi faoliyati jarayonida nutq, faoliyatining barcha turlari bo’yicha ko‘nikma va malakalar shakllantirishga yo‘naltirigan turli tuman metodlar, usullar, vositalardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, o‘rgatish va o‘rganish metodlari, usullari va vositalari, tushunchalari haqida batafsilroq, to‘xtalishimizga to‘g‘ri keladi. Dastlab «metod» tushunchasi haqida. Metodik adabiyotlarda «o‘qitish metodlari» «ta’lim metodlari» deb yuritiladigan bu tushunchani «o‘rgatish metodlari» deb atash ma’qul tuyuladi. Chunki «ta’lim» butun o‘quv jarayonini ifodalaydagan tushunchadir. «O‘qitish» tushunchasi esa «o‘qishga o‘rgatish» degan ma’noni ham berada. Didaktikada metod deyilganda o‘qituvchining o‘quv dasturi asosida, ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilish va boshqarishga yo‘naltirigan faoliyati tushunilada. I.V. Rahmonov ta’rificha, «Metod - maqsad sari yo‘naltirigan sistema bo‘lib, u bir - birlari bilan shartli bog‘langan nur». Chet tillar o‘rgatishning rivojlanish bosqichlarida turli metodlar qo’llanilgan. Jumladan, quyidagi o‘rgatish metodlari haqida fikrlar bildirilganligini ko‘ramiz:
Grammatik-tarjima metodi;
Leksik-tarjima metodi;
To‘g‘ri metod;
Pal’mer metodi;
Uest metodi;
Audio-lingval metod;
7.Poektlab o‘qitish metodi va boshqalar.
Bu metodlarning vujudga kelishiga, shubhasiz, pedagogika, psixologiya, shaxs psixologiyasi, lingvistika, psixolingvistika fanlarining rivojlanishi va ta’siri katta bo‘ladi. Fikrimizcha, chet tili o‘rgatish metodlari haqidagi bunday turli tumanlik metodist olimlar orasida hamon yagona fikr yo‘qligidandan dalolat beradi. Masalan, I. V. Rahmonov va M. V. Lyaxovitskiylarning fikricha chet tilini uchta umumiy metod orqali o‘rgatish mumkin: 1.Namoyish qilish (demonstratsiya) metodi; 2. Tushuntirish metodi; 3. Mashq ishlatish yoki amaliy ishlarni tashkil qilish metodi. R. K. Minyar-Beloruchev esa, bu uch metodni boshqacha atamalar orqali nomlashni taklif qilada. 1. Tushuntirish metodi; 3. Ko‘rsatish metodi; 4. Mustahkamlash metodi. I.L. Bim esa, o‘rgatish metodlarini tasniflar ekan ularni: 1. Ko‘rsatish; 2. Tushuntirish; 3. Mashq, bajartirish; 4. Malakalarni amalda qo‘llash kabi turlarga bo‘ladi.
I.M.Maxmudovlarning asarlarida ularning soni yanada ko’paytirilada:
1. Tushuntirish metodi (retseptiv metod yoki ko’rgazmali tushuntirish metodi);
2. Reproduktiv metod; 3. Muammoli (problemali) o‘qitish metodi; 3. Evristik suhbat metodi; 5. Ilmiy izlanish yoki ilmiy tadqiqot o’tkazish orqali o‘rgatish metodi. Nazarimizda o‘rgatish metodlarining bunday turli-tuman tasniflanishida o‘rgatish metodlari, usullari, tamoyillari o’zaro aralashtirilib yuborilgan. Tushuntirish metodi.
Tushuntirish metodi ta’lim jarayonida eng keng qo’llaniladigan metodlardan biri hisoblanib, o‘quvchi o‘quv dasturida belgilangan fonetik, leksik, grammatik materialni og‘zaki usulda o‘quvchilarga taqdim qiladi. O‘qituvchi xilma-xil ko’rgazmali qurollardan, ta’limning texnika vositalaridan foydalangan holda o‘quv materialining mazmunini bayon qiladi va bu orqali o‘quvchilarda dastlabki fonetik, leksik, grammatik ko‘nikmalarni shakllantiradi. To’plangan ko‘nikmalarni amalda qo‘llash yo’llarini ko’rsatadi. Bu metod o‘quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish, turli ma’lumotlardan foydalanish, fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, o’zbek va ingliz tillarini qiyoslab tushuntirish imkoniyatini beradi. Bu metodning samarador bo‘lishligi o‘qituvchining metodik mahoratiga, ya’ni o‘quv materialini qiziqarli bayon qila olishiga, nutqining jozibadorligiga va o‘ziga jalb qila olishligiga, ifoda usulining kundaligiga, mantiqiyligiga va obrazliliga bog‘liq, Tushuntirish metodi o‘qituvchidan o‘quvchilarning doimiy ravishda barqaror diqqatlarini saqlab turishni, o‘quv materialiga nisbatan munosabat uyg‘ota olishni va shu jarayonda uni idrok qilish va tushunish, xotirada saqlash yo’llaridan, usullaridan foydalanishni talab qiladi. Bu juda ham murakkab jarayon bo‘lib, unda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradigan, xotiralarini rivojlan-tiradigan usullardan foydalanish orqaligina erishish mumkin. Tushuntirish evristik suhbat, materialni muammoli bayon qilish, ona tili bilan taqqoslash orqali ham tashkil qilinishi mumkin. Tushuntirishga ajratiladigan vaqt o‘quv materialining oson qiyinligiga, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ta’lim bosqichiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Ma’lumot olish tinglab tushunish va o‘qish orqali amalga oshsa, ma’lumot berish gapirish va fikrni yozma bayon qilish orqali amalga oshadi. Nutq faoliyati shakli 2 ta: og‘zaki va yozma nutqga bo’linadi. Hozir ingliz tilini o‘rgatishda tarjima (qilish) ham faoliyat hisoblanadi.
Og‘zaki nutqni o‘rgatish – tinglab tushunish va gapirishni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ular ajralmas qismlardir. Ularni bir – biridan ajratib o‘rgatish qiyin, xatto mumkin emas desak ham bo‘ladi. Og‘zaki nutqning nutq faoliyatimizda muhimliligi hammamizga ayon. Og‘zaki nutq, nutqni tinglab tushunish va gapirish shakllarida bo‘lishi mumkin. Yozma nutqni o‘rgatishga esa o‘qish va yozuvni o‘rgatish kiradi. Tinglab tushunish ham nutq faoliyatining turidir. U retseptiv nutq faoliyatiga kiradi. Tinglab tushunishni so‘zlovchining nutqini radiodan, magnitofondan, plastinkadan va muloqot paytida tinglab – tushunib, ma’lumot olishdir. Uni ba’zi adabiyotlarda “audirovanie” deb ham yuritiladi. U murakkab nutq faoliyatidir, chunki tinglovchi tezda shaklni qabul qila olishi, tezda mazmunni tushuna olishi, xotirada saqlab qolishi zarur, aks holda uni qaytadan ko‘rib, o‘qib tushuna olishi uchun manba, sharoit vosita yo‘q. Tadqiqotchilar o’tkazgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar va talabalarda tinglab tushunish gapirishga qaraganda kam taraqqiy etgan. O‘quvchi o‘qiganda, ko‘rganda tinglab tushunishga qaraganda olti marta ko‘p ma’lumot olarkan, sababi uni ustida kam ishlaganidadir, murakkabligidir. Tinglab tushunish boshqa nutq faoliyatlariga ham yordam beradi. U gapirishni ajralmas qismidir. Tinglab tushunish bilan gapirish ikkalasi og‘zaki nutqni tashkil qiladi. U gapirishni bir qismidir. Tajribalar ko‘rsatadiki, tinglab tushunishni rivojlanganiga qarab, gapirish ham rivojlanadi, o‘quvchi, ayniqsa, dialogda yaxshi qatnasha oladi. Masalan: Ingliz tilidagi unli tovushning qisqa cho’ziqligi, so‘z oxiridagi undosh tovushning jarangli-jarangsizlashuvida yuksak taqribiylikka intilish zarurdir, aks holda mazmunga putur yetadi. Talaffuzdagi takribiyliq avvalan, o‘rta maktab sharoiti, ya’ni chet til o‘rganishning sun’iy muhiti bilan belgilansa, talaffuz leksika va grammatikaga nisbatan murakkabdir. Tinglab tushunish orqali ham, o‘qish orqali ham ma’lumot qabul qilinadi, shu sababdan ikkalasi ham retseptiv nutqlardir. O‘quvchi to‘g‘ri o‘qigan, talaffuz qilgan so‘zlarni tezda qabul qilib taniydi va tushuna oladi. U o‘zi to‘g‘ri o‘qiy olmasa, talaffuz qila olmasa, so‘zlarni tinglaganda taniy olmaydi, mazmunni tushunmaydi. O‘quvchi va talaba yozganda ham so‘zlarni, gaplarni to‘g‘ri o‘qiy olsa, talaffuz qila olsa, yoza oladi, bu ham tinglab tushunishga yordam beradi. Hamma o‘quv yurtlarida tinglab tushunishni o‘rgatish ham vositadan ham materialini og‘zaki o‘rgatish, tushunishda boshqa nutq faoliyatlarini o‘rgatishda vositachilik qiladi, maqsad bo‘lganda esa, nutqni tinglab ma’lumot olish ko‘zda tutiladi. Tinglab tushunishning eng asosiy maqsadi, vazifasi, tanish til materillari asosida tuzilgan notanish mazmunli matnni, nutqni tinglab tushunishdir. O‘rta maktab chet til dasturida tinglab tushunish bo‘yicha har bir sinf uchun talablar belgilangan.
Kuzatish metodi. Chet tili o‘rgatishning muhim metodlaridan biri kuzatish metodi bo‘lib, u o‘quvchilarda tildagi fonetik, leksik, grammatik hodisalar haqida ongli tasavvur va malakalar hosil qilishni, ularni amalda qo’llay olishni ko‘zda tutadi. Kuzatish o‘quvchilar tomonidan yangi mavzu tushuntirilayotganda, sinfda, uyda, mustaqil ishlarni bajarayotganida amalga oshiriladi. Kuzatish o‘quvchidan faol faoliyat talab qiladi. O‘quvchilar til materiali tushuntirilayotganida yoki mustaqil ishlayotganlarida uni tahlil qilishlari, mantiqiy xulosalarga kelishlari, fikrlashlari, ona tili bilan qiyoslashlari lozim. Qiyoslash, tahlil qilish, fikrlash dastlabki ko‘nikmalar shakllanishiga olib keladi. Fikrlash, munosabat bildirish o‘quv materialini anglashga yordam berib, o‘quvchini faollikka yo’naltiradi. Kuzatish va fikrlash orqali shakllantirilgan dastlabki ko‘nikmalar mustaqil ishlar jarayonida, malakalarni amalda qo‘llash orqali mustahkamlanadi.
Malakalarni amalda mustahkamlash metodlari. Malakalarni amalda ko‘plab metodlari asosan darsning mustahkamlash bosqichida dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishda, dars jarayonida yoki uyda, laborotoriyada og‘zaki va yozma mashqlarni bajarishda, mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish va baholash jarayonida amalga oshiriladi. Malakalarni amalda qo‘llashdan asosiy maqsad egallangan fonetik, leksik, grammatik malakalarni erkin muloqot, fikr almashuv jarayonida ishlatishga o’rgatishdir. Malakalarni amalda qo‘llash tabiiy yoki sun’iy nutq, vaziyatlarida tashkil qilinadi. Ma’lumki, sun’iy ravishda yaratilgan nutq, o‘quvchini o’rab turgan atrof-muhitga, vaziyatga mos kelmasligi tufayli o‘quvchida uni o‘rganib olish uchun yetarli darajada rag‘bat uyg‘otmaydi. Masalan, o‘qituvchi bir o‘quvchiga: «Sen do’kondasan. Sotuvchidan bitta daftar va ikkita ruchka necha so‘m turganligini so’ra!» qabilida kommunikativ topshiriq, bersa, ikkinchi o‘quvchiga «sotuvchi» sifatida unga tegishli javob berishni topshirsa, bu sun’iy ravishda yaratilgan nutq, vaziyati hisoblanadi. Agar o‘quvchi turmush ehtiyojlari tufayli sotuvchidan fransuz tilida yuqoridagi gaplarni so‘rashga majbur bo‘lsa, bu tabiiy ravishda yaratilgan nutq, vaziyati hisoblanadi. Buni hisobga olib o‘quvchilar o‘zlarining turmush sharoitida maktabda, ko‘chada, do‘konda, uchrashuv va hakozolarda duch keladigan tanishuv, fikr bildirish, fikrni rad qilish, fikrni qo‘llab quvvatlash savol berish, savolga javob berishga oid turli mavzulardagi nutq, vaziyatlariga mos keladigan nutq namunalarini haqiqiy nutq, vaziyatlarida amalda qo‘llashga o‘rganadilar. O‘tgan asrning 80-yillarida shakl-langan kommunikativ metodika o‘quvchilarni aynan ana shunday nutq, vaziyatlari orqali muloqotga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Angliyada xorijliklarga ingliz tili darsligi sifatida nashr qilingan qo‘llanmasi aynan kommunikativ vaziyatlar orqali gapirishga o‘rgatishga mo’ljallangan. Malakalarni amaliyotda qo‘llash vazifasi an’anaviy chet tili o‘qitish metodikasida didaktik o’yinlar o’ynatish (boshlang‘ich sinflarda), turli mavzularda erkin suhbatlar uyushtirish, sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish, internatsional do’stlik klublari ishida ishtirok etish, xorijiy mehmonlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, xorijiy o‘quvchilar bilan xat yozishuvlar tashkil qilish kabi shakllarda uyushtiriladi. Keyingi yillarda ilgari surilgan muammoli o‘qitish, proyekt tuzish orqali nutq, vaziyatlari yaratish, kompyuter va internet ma’lumotlaridan foydalanish kabi ish usullari o‘quvchilarga tabiiy yaratilgan nutq, vaziyatlari orqali chet tili o‘rgatishga keng imkoniyatlar ochmoqda. O‘qitish jarayoni o‘qituvchining turli metod va usullardan, vositalardan foydalangan holda tashkil qilingan o‘rgatuvchi faoliyatidan va o‘quvchilarning o‘rganuvchi faoliyatidan tashkil topadi. O‘qituvchining o‘rgatuvchi va o‘quvchilarning o’rganuvchi faoliyatlari o’z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. O‘quvchi o‘quv materialini tushuntiradi, ko‘rsatadi, turli usul va vositalardan foydalanib o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi, ularni amalda, og‘zaki nutqda qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi o‘qituvchining bunday faoliyati o‘rgatuvchi yoki ta’lim beruvchi faoliyat deb yuritiladi. Bundan tashkari o‘qituvchining o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilishga yo‘naltiradigan, uni rag‘batlantiradigan, nazorat qiladigan faoliyati ham mavjudki, uni o‘qituvchining boshqaruvchi faoliyati deb atash mumkin. O‘qituvchining bunday avvaldan rejalashtirilgan faoliyati turli metod, usul va vositalardan foydalanishda uz ifodasini topadi. Endi o‘quvchilarning o‘rganuvchi faoliyatining mazmuni bilan tanishsak. Birinchidan, o‘quvchi o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntirishi, ko‘rsatishi jarayonida yangi til materiali bilan tanishadi. Ikkinchidan, uni eshitish jarayonida fikrlaydi, ona tilisi bilan qiyoslaydi, uni idrok qilishga, anglashga urinadi. Uchinchidan,o‘qituvchi boshqaruvida turli xil mashqlar bajarib, o‘quv materiali yuzasidan dastlabki ko‘nikmalarini shakllantiradi. To‘rtinchidan, shakllangan bu ko‘nikmalarni amaliy faoliyatda qo‘llab, ularni malakalarga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |