Adolatsizlik qurbonlari…..
Muallif:Xudoyberdiyev Sobirjon
Bu haqda gap ketganda, avvalo inson ongida hayotda ko’rgan kechirgan barcha shavqatsizliklar hayolidan o’tadi. Kimdur adolatli jazolangandur, kimdur esa adolatsizlikdan. Hayotimizda duch kelgan barcha qiyinchiliklar bu sinovdir. Albatta, bu sinovdan esa matonatlilar va irodasi metinlar va eng asosiysi ko’nglida iymoni borlargina o’ta olishadi. Bazan biz bandasi tomonidan nohaq ayblanamiz va ich-ichimizdan adolatsizlik bo’lganligidan g’azablanamiz va kimdandur qattiq nafratlanamiz va unga nisbatan har xil zulmlar o’tkazgimiz keladi. To’g’ri, o’sha adolatsizlik qilgan insonni har xil yomon kuylarga tushushini xoxlaymiz, zero ko’nglimiz taskin topmaguncha. O’z yaqinlaringdan ham adolatsizlik albatta bo’ladi lekin adolat va haqiqat hamda yaxshilik albatta g’alaba qozonadi, chunki yaratgan egamiz buni kafolatlab qoyibdilar. Siz o’zizga to’g’ri bo’lsez, ollohni hech qachon unutmasangiz, sabrli bo’lsangiz, bilingki sizga zulm qilyotganlar albatta jazosini oladi va qilgan ishlariga pushaymon ham bo’lgusidir. Ha, inson bazan nima uchun?, nima sababdan? Degan savollar bilan o’ylanib qolishadi. Men tog’ri bo’lsam tilimdan ollohning zikri tushmasa, nimaga endi ayni men bilan bunday ishlar sodir bo’ldi deydi, ammo ollohni bu bergan qiyinchiligi har qanday nematdan a’lodir, vaholangki, ollohim eng suygan bandalarigagina eng yaxshilarini yuboradi va bunday sinovlarning tubida bir hikmat yotadi. Avvalo, inson ko’nglini xotirjam qilishligi kerak, chunki bu eng asosiysi. Boshga kulfat keldimi , g’am anduh keldimi doim ollohga iltijo qilish va ko’ngilni xotirjam qilish eng asosiysi, chunki bu ishlarni olloh xohlayapti. Ishoning ixlos qiling va harakat qiling olloh ko’rguvchi va bilguvchidir. Hayotda ko’p qiyinchilik ko’rgan odam hayotni teran fikrlay oladi va dunyo qarashi ham o’zgacha bo’ladi. Hayotda ko’rgan qiyinchiliklari unga katta dars bo’ladi va hozirgi kundagi ahvoliga doim shukur qilib yashashni o’rganadi. Har birimiz biz uchun berilayotgan nematlarga shukronalar aytaylik. Eng muhumi sog’ligimiz, yuragimizning soniyalarda duk-duk urub turishi, ko’zlarimizning tong otishi-yu tunning kirib kelishini ko’ra olishimiz, oyoq qo’llarimiz harakattaligi, tanamiz doim mukkammal sajda qilayotganligi bu eng katta baxtdir. To’g’ri kimgadur bular balandparvoz gaplardek tuyulishi mumkin, lekin shunday kunlar keladiki o’sha odamlar mana shu gaplarni eslab ko’ngliga xotrjamlik berishga harakat qiladi, lekin bu hikmatli so’zlar balandparvoz gaplar emas, inson anglashi kerak bo’lgan asosiy fikrlardir. Kimdur adolatsizlikdan doim noliydi , chunki inson o’z xohishlaridek hayot kechirmasa, undan nolishni boshlaydi lekin bularni faqat gapirishadi , tuzatishga esa harakat qilishmaydi. Inson o’zga odamga yaxwilik qilsa, u yaxshiligi albatta qaytadi, o’zga insondan bo’lsa ham. Shuning uchun adolatsizlikni gapirish emas, uni oldini olishga harakat qilishimiz va qalbda olloh zikrini unutmasligimiz kerak. Ha, biz adolatsizlik qurbonlari mavzusidagi suhbatdan biroz chetlashgan bo’lsakda lekin adolatsizlikka barham berish, unga sabr-toqat va qatiyatlilik bilan turib bera olish qobilyatini o’rgandik biroz bo’lsada. Inson hayotda yashayaptiki doim qiyinchiliklarga duchor bo’ladi, bu esa hayot qonunidir, lekin inson hech qachon sinmasligi kerak. Harakatdan hech qachon to’xtamaylik, men ham bu gaplarga amal qilgan holda bu mavzuni davomini albatta sizlarga taqdim etaman xudo xolasa…
Davomi bor…..
Do'stlaringiz bilan baham: |