Резервная копия Монография Адилбекова cdr


Mushak, suyak va a’zolarning bo‘lakchalaridagi oqsillarning tur



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

Mushak, suyak va a’zolarning bo‘lakchalaridagi oqsillarning tur 


60 
mansubligini agarda aniqlash.
Tajriba o‘tkazish uchun dastlab titri 1:10000 dan 
kam bo‘lmagan pretsipitatsiyalovchi zardoblar tanlab olinadi. So‘ng reaksiyaga 
kiritiladigan mushak suyak, suyak va a’zolar belgilanib, maydalanadi. Petri 
idishiga tayyorlangan agarga teshkich moslama yordamida o‘yiqcha hosil qilinadi: 
periferik o‘yiqchalarning soni ob’ektlar soniga bog‘liq, shuningdek reaksiyaga 
kontrol sifatida ekstraktsiya o‘tkazilgan fiziologik eritma va antigen kiritish lozim. 
Markaziy o‘yiqchaga 1-2 tomchi pretsipitatsiyalovchi zardob quyiladi, periferik 
o‘yiqchalarga maydalangan mushak bo‘lakchasi, suyak yoki a’zolarning 
bo‘lakchalari joylashtiriladi va ustidan 1-2 tomchi fiziologik eritma tomiziladi. 
Petri idishi yopiladi va namli kamera +4-6
0
C haroratga qo‘yiladi. 24-72 soat 
davomida davriy ravishda nazorat qilinadi. Agar pretsipitatsiya chizig‘i 
tekshiriluvchi ob’ektlar va pretsipitatsiyalovchi zardoblardan biri quyilgan o‘yiqlar 
orasida hosil bo‘lsa, tur mansublik aniqlangan hisoblanadi. Reaksiyaga 
qo‘llanilgan zardoblar bilan musbat natija olinmasa, reaksiyaga laboratoriyada 
mavjud bo‘lgan barcha pretsipitatsiyalovchi zardoblarni kiritish lozim. Agar 
pretsipitatsiya chiziqlari pretsipitatsiyalovchi zardob va ularga mos keluvchi 
antigenlarning o‘yiqlari orasida hosil bo‘lsa, reaksiya tegishli tarzda o‘tkazilgan 
hisoblanadi. 
Dog‘da topilgan qonning guruh mansubligini aniqlash.
Agar dog‘da odam 
qoni topilsa, unda u qon qaysi insonga mansubligini aniqlash lozim. Qonning 
guruhini aniqlash katta ahamiyatga ega, ya’ni gumondor shaxsning kiyimlari va 
tanasidan topilgan qon jabrlanuvchiga mansub yoki yo‘qligi aniqlanadi. Bu 
tekshirishning natijasiga qarab shaxsning aybdor yoki aybsiz ekanligi hal qilinadi. 
Mazkur savolni yechish uchun odam qonidan paydo bo‘lgan dog‘da izoantigenlar 
tekshiriladi. Ayni paytda eritrotsitlar, zardoblar, leykotsitlar va fermentlar 
izoantigenlari tafovutlanadi. Ularda birinchi va ikkinchi turkumlari sud tibbiyoti 
amaliyotida ko‘proq ishlatiladi. 
Demak, bir odamning qonini ikkinchi odam qonidan farqlanishi qon 
tarkibidagi moddalarning immunobiologik xususiyatlariga bog‘liq. Ularni aniqlash, 
eng birinchi ABO eritrotsitlar tizimi tekshirilishidan boshlanadi. ABO tizimi IV 


61 
guruhga bo‘linadi. Agar ashyoviy dalilda topilgan odam qoni ish bo‘yicha 
tekshirilgan ikki gumonlanuvchi qoni bilan to‘g‘ri kelsa, ya’ni ular bir xil bo‘lsa 
(ABO tizimi bo‘yicha), unda qonda boshqa tizimga mansub guruhlar, masalan MN 
guruhlari tekshiriladi. Agar mazkur tizim bilan ham farqlanmasa, unda P tizimi 
yoki boshqa tizimlar (lozim deb topilganda zardoblar tizimi ham) tekshiriladi.
Namuna uchun keltirilgan (yoki olingan) qonlar tekshirilgach ekspert 
ashyoviy dalillardagi qonni tekshiradi va ularni namuna (oldindan ma’lum 
bo‘lgan) qonlar bilan solishtiradi. Agar ashyoviy dalillarda topilgan qon 
gumonlanuvchi shaxs qoni bilan to‘g‘ri kelmasa, ekspert topilgan qon uning qoni 
emas deb javob berishi mumkin. Ammo uning qoni bilan to‘g‘ri kelgan taqdirda, 
shubhasiz ashyoviy dalilda topilgan qon shu shaxsning qoni deb ayta olmaydi
chunki boshqa shaxslarning qoni ham shu guruhga tegishli bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun ekspert ashyoviy dalilda topilgan qon boshqa shaxs qonidan hosil 
bo‘lishini inkor etishi mumkin emas. Albatta, qancha ko‘p antigenlar tizimi 
tekshirilsa, natija shuncha ishonchli bo‘ladi.
Eritrotsitlar tizimiga tegishli antigenlarni qon dog‘ida aniqlash bir necha 
usullardan iboratdir, ulardan eng ko‘p ko‘llaniladiganlari: agglyutininlar 
absorbtsiyasi, absorbtsiya-elyutsiya va aralash agglyutinatsiya usullari hisoblanadi.
Qon dog‘ining guruh mansubligini 
agglyutininlar absorbtsiyasi usuli
aniq 
titrli alfa (anti-A) va beta (anti-B) agglyutininlari bilan qon dog‘iga 18-24 soat 
davomida alohida ishlov berib, titrini pasayishiga asoslangan bo‘lib, bunda 
qonning antigeni qaysi guruhga mansubligi aniqlanadi. Masalan, alfa zardobining 
dastlabki 1:32 teng bo‘lgan titri absorbtsiyadan keyin 1:4 to‘g‘ri kelib, beta 
zardobining titri o‘zgarmasa, unda ashyoviy dalilda topilgan odam qoni A 
antigeniga mansub deb topiladi. Agglyutininlar absorbtsiyasi reaksiyasining 
kamchiligi shundan iboratki, uni bajarish uchun qon dog‘idan nisbatan ko‘p 
miqdorda ishlatishga to‘g‘ri keladi.
Keyingi yillarda 
absorbtsiya-elyutsiya reaksiyasi
amaliyotda keng tarqaldi. 
Ushbu usul 4-5 mm uzunlikdagi qon bilan shimilgan ipchadagi antigenni aniqlash 
imkoniyatini beradi va antigen-antitela reaksiyasining qaytaruvchanligiga 


62 
asoslanadi. Past haroratda (0
0
C ga yaqin) standart zardob antitanasi bilan qon dog‘i 
antigenining absorbtsiyasi sodir bo‘ladi. Keyinchalik +56
0
C haroratda bog‘langan 
antitana xlorid kislotasining izotonik eritmasi yordamida ajralib u yerda standart 
eritrotsitlar bilan birga aniqlanadi. Agar dog‘da antigen bo‘lmasa reaksiya nisbiy 
bo‘ladi. Qoidasi oddiy bo‘lishiga qaramasdan bu reaksiya bajarish ancha qiyin va 
bu faqat yetuk malakali ekspertlar tomonidan bajarilishi mumkin.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish