Биринчи молуль саволлари



Download 156,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.11.2022
Hajmi156,67 Kb.
#870550
  1   2
Bog'liq
Тиббий-биохимия-узб



 
Tibbiy bioximiya magistratura mutaxassisligi boyicha kirish savollari 
1.
Oqsillar tuzilishining peptid nazariyasi. Biologik faol peptidlar.
2.
Oqsillarning biologik vazifalari. Oqsillarning elementar tarkibi. To’qima va 
a’zolarning oqsil tarkibi. 
3.
Oqsillar tasnifi. 
4.
Oqsillarning birlamchi strukturasi, uni tur va tur ichi spetsifikligi, turli tumanligi va 
funksiyalari bilan bog’liqligi(turli hayvonlar va odamning insulin garmoni misolida). 
5.
Oqsillarning ikkilamchi tuzilishi va uning biologik funksiyalariga bog’liqligi 
6.
Oqsillarning uchlamchi strukturasi. Oqsillar biologik xususiyatlarining uchlamchi 
strukturaga bog’liqligi. 
7.
Oqsillarning superikkilamchi strukturalari. Oqsil molekulasining konformatsion 
o’zgarishlari. 
8.
Folding, shaperonlar, issiqlik shoki ingibitorlari. 
9.
Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi. Oqsillar biologik faolligining to’rtlamchi 
strukturaga 
bog’liqligi; 
protomerlar 
komplementarligi; 
protomerlar 
konformatsiyasining kooperativ o’zgarishi (gemoglobin misolida). 
10.
Izofunksional oqsillar.
11.
Oqsillarning ligandlar bilan ta’sirlashuvi. 
12.
Oqsillarni erishi va cho’kishi. Oqsillarning kolloid xususiyati. 
13.
Oqsillarni ajratish usullari. Xromatografiya, tuzlash, gelfiltratsiya va dializ usullari. 
14.
Oqsillarning molekulyar massasi va uni aniqlash usullari. 
15.
Oqsillar denaturatsiya va renativatsiyasi, tibbiyotda qo’llanilishi.
16.
Organizm oqsil tarkibining ontogenezda o’zgarishi. 
17.
Proteinopatiyalar. 
18.
Eng ko’p tarqalgan hujayra nukleotidlari. DNK va RNK. 
19.
Nuklein kislotalarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturasi. 
20.
Chargaff qoidalari. Spesifiklik koeffitsiyenti.
21.
RNK tuzilishining o’ziga xosligi: axborot, transport RNKlar. Ribosomalar tuzilishi. 
22.
Nuklein kislotalarning duragaylanishi. DNK-DNK va DNK-RNK. Restriktazalar. 
23.
Xromatin tuzilishi, nukleosomalar, giston va giston bo’lmagan oqsillari, vazifalari.
24.
Hujayra bo’linish fazalari, siklinlar, ularni DNK sintezi bilan bog’liqligi. 
25.
Irsiy axborotni nasldan naslga o’tkazish bosqichlari. DNK biosintezi (replikatsiya):
26.
DNK-polimerazalar va ularning DNK boisintezidagi o’ziga xos vazifalari. 
27.
Replikatsiyadan so’ng bo’ladigan o’zgarishlar: metillanish, telomerlanish, 
reparatsiya. 
28.
RNK biosintezi – transkripsiya. RNK-polimeraza turlari.
29.
Ribosomal, transport va axborot preRNKlarning yetilishi. 
30.
Bir gen - bir oqsil (bir sistron – bir polipeptid zanjir) konsepsiyasi. Kolinearlik; 
Nirenberg va Matteyning tajribasi. 
31.
Genetik kod va uning xususiyatlari.
32.
Nukleotidlar (kodonlar) va aminokislotalar o’rtasida komplementarlikning yo’qligi; 
tRNK adaptor sifatida; izoakseptor tRNK.
33.
Oqsil sintezining asosiy bosqichlari: Aminokislotalarning aktivlanishi: aminoatsil-
tRNK-sintetazaning substrat spesifikligi. 
34.
Oqsil sintezining asosiy bosqichlari: Initsiatsiya. 
35.
Oqsil sintezining asosiy bosqichlari: elongatsiya ва terminatsiya. 


36.
Oqsillardagi translyatsiyadan keyingi o’zgarishlar: oligomer oqsillarning hosil 
bo’lishi, qisman proteoliz, oqsil bo’lmagan komponentlarning qo’shilishi. 
37.
Nuklein kislota va oqsillar sintezi ingibitorlari (antimetabolitlar, antibiotiklar, 
interferon va toksinlar). 
38.
Prokariot va eukariot hujayralarda oqsil biosintezining boshqarilishi va hujayra 
differensirovkasi. Genlar ta’sirining gоrmonlar yordamida boshqarilishi.
39.
DNKning jarohatlanishi va reparatsiyasi. Apoptoz. Molekulyar mutatsiyalar: 
almashtirish, deletsiya, nukleotidlar kiritish. 
40.
Oqsillar polimorfizmi. Organizm kimyoviy (antigen) tarkibi o’ziga xosligining 
to’qima mustaqilligi (transplantatsion) asosi haqida tushuncha. 
41.
Fermentlarning tuzulishi va xususiyatlari, katalitik va boshqaruv markazlar; 
kofaktorlar, koferment va prostetik guruhlar.
42.
Fermentativ reaksiya tezliklarining harorat, muhit, ferment va substrat 
konsentratsiyasiga bog’liqligi.
43.
Fermentativ reaksiyalar kinetikasi. Mixaelis va Menten konstantasi va uni ahamiyati. 
44.
Fermentlar klassifikatsiyasi va nomenklaturasi. Fermentlar faolligini o’lchash 
birliklari. 
45.
Fermentlarning xujayra ichida joylashishi. Izofermentlar. 
46.
Fermentlar ingibitorlari; ingibirlanish turlari.
47.
Dori moddalar – fermentlar ingibitorlari sifatida. 
48.
Fermentlar faolligining boshqarilishi: massalar ta’sir qonunining ta’siri; ferment 
miqdorining o’zgarishi;
49.
Fermentlar faolligining boshqarilishi: Profermentlar; fermentning kimyoviy 
modifikatsiyasi; fosforillanish-defosforillanish yo’li. 
50.
Аllosterik fermentlarning to’rtlamchi strukturasi va ferment protomerlari 
konformatsiyasining kooperativ o’zgarishi, allosterik boshqarilish. 
51.
Immobillangan fermentlar, ularni tibbiyotda qo’llanilishi.
52.
A’zo va to’qimalar ferment tarkibining farqi. Organospesifik fermentlar. 
Ontogenezda ferment tarkibining o’zgarishi.
53.
Klinik enzimologiya: Enzimodiagnostika. 
54.
Klinik enzimologiya: Enzimopatologiya. 
55.
Klinik enzimologiya: Enzimoterapiya. 
56.
Vitaminlar haqida tushuncha, tasnifi, nomenklaturasi, kofermentlik vazifalari. 
57.
Yog’da eruvchi vitaminlar: Vitamin A. 
58.
Yog’da eruvchi vitaminlar: Vitamin D. 
59.
Yog’da eruvchi vitaminlar: Vitamin E ва К. 
60.
Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin B
1
va B
2

61.
Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin B

va B
5
(pantoten kislota). 
62.
Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin H va PP. 
63.
Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin B
12
va Folat kislota. 
64.
Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin C va P. 
65.
Vitaminsimon moddalar. 
66.
Alimentar va ikkilamchi avitaminoz va gipovitaminozlar. Gipervitaminozlar. 
67.
Antivitaminlar. 
68.
Moddalar almashinuvi va uning bosqichlari.
69.
Ovqatlanish, ovqatning asosiy va minor tarkibiy qismlari, balansli va ratsional 
ovqatlanish. 
70.
Hazmlanishning asosiy tamoyillari: ovqatlanishdagi qisman o’rnini bosish. Ovqat 


tarkibidagi almashtirib bo’lmaydigan tarkibiy qismlar. 
71.
Ovqatning mineral tarkibiy qismi. Ovqat va suv tarkibida mikroelementlar 
etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan regionar kasalliklar. 
72.
Modda almashinuvini o’rganish usullari. Metabolizm, metabolik yo’llar haqida 
tushuncha, metabolizm xaritasi.
73.
Katabolizm va anabolizm. Asosiy ovqat moddalari katabolizmining sxemasi. 
74.
Membranalar to’g’risida tushuncha, membranalar vazifalari. 
75.
Lipid tarkibi, lipid qo’shqavatining tuzilishi. Xujayra membranasi oqsillari, 
glikoproteidlar va ularning vazifalari. 
76.
Membranalarning umumiy xususiyatlari, hujayra membranalarining turli-tumanligi. 
77.
Membrana reseptorlari. Membrana orqali signallarning o’tkazilishi. 
78.
Membrana orqali moddalarning o’tkazilishi: oddiy, engillashgan diffuziya, aktiv 
transport. 
79.
Vezikulyar, mexanik, elektroforetik transport 
80.
Katabolizmning xususiy (uglevod va ko’pchilik aminokislotalardan piruvat hosil 
bo’lguncha) va umumiy yo’llari haqida tushuncha.
81.
Tirik xujayradagi endergonik va ekzergonik reaksiyalar. Makroergik moddalar. 
82.
Substratlarning degidrogenlanishi va vodorodning oksidlanishi (suv hosil bo’lishi). 
Degidrogenazalar va vodorodning birlamchi akseptorlari – NAD va flavoproteinlar
NADH-degidrogenaza. 
83.
Terminal oksidlanish: ubixinon, sitoxromlar. Sitoxromoksidaza. 
84.
Elektron tashuvchilarning oksidlanish-qaytarilish potensiali.
85.
Substratli va oksidlanishli fosforillanish: P/O koeffitsienti. 
86.
Elektron tashish zanjirining boshqarilishi (nafas nazorati); to’qima nafas olishining 
termoregulyator funksiyasi.
87.
Mitoxondriyalar tuzulishi, proton va elektronlarni nafas olish zanjirida o’tkazilishi 
(komplekslari). 
88.
Oksidlanish-fosforillanish mexanizmi. 
89.
To’qima nafas olishi va oksidlanish bilan boruvchi fosforillanishning ajratuvchilari 
va ingibitorlari. 
90.
Gipoenergetik holatlar. 
91.
Ovqat va
 
odam to’qimasi asosiy lipidlarining tuzilishi va tasnifi. Zahira va 
protoplazmatik lipidlar.
92.
Yog’larning hazmlanishi, o’t kislotalarining yog’larni hazmlanishi va so’rilishidagi 
ahamiyati.
93.
Yog’larning ichak devorida resintezi. Xilomikronlarning hosil bo’lishi. 
Lipoproteinlipaza.
94.
Yog’ to’qimasida yog’larning to’planishi va safarbarlanishi, uni garmonlar 
yordamida boshqarilishi va fiziologik ahamiyati. Semizlik. 
95.
Yog’ kislotalarining beta-oksidlanishi. Yog’ kislotalar katabolizmi va transportida 
ishtirok etuvchi fermentlar va ularning mitoxondriyada joylashuvi. 
96.
To’yinmagan va toq uglerod atomli yog’ kislotalarning oksidlanishi. Yog’ kislotalar 
oksidlanishining fiziologik ahamiyati.
97.
Yog’ kislotalar biosintezi.
98.
Palmitat sintetaza multiferment kompleksining tuzilishi. 
99.
Uzun uglerod zanjirli va to’yinmagan yog’ kislotalar sintezi. 
100.
Keton tanachalar biosintezi va ularning katabolizmi. Bu jarayonning fiziologik 
ahamiyati.


101.
Steroidlar funksiyasi va tuzilishi. Xolesterinning boshqa steroidlar 
o’tmishdoshi sifatida.
102.
Xolesterin biosintezi va uning boshqarilishi.
103.
Jigarda ZJPLP hosil bo’lishi, ularning qonda tashilishi. ZJPLPlarning ZPLPga 
aylanishi.ZYULP, LXAT fermentining ahamiyati. 
104.
Xolesterindan o’t kislotalar hosil bo’lishi. Enterogepatik sikl. 
105.
Murakkab yog’lar vazifalari va almashinuvi, organizm to’qimalarinining 
asosiy fosfolipidlari va glikolipidlari. 
106.
Fosfolipidlar va sfingomiyelin sintezi va katabolizmi. 
107.
Glikolipidlar sintezi va katabolizmi, ularning o’zgarishi bilan bog’liq 
kasalliklar. 
108.
Yog’lar almashinuvining boshqarilishi. Kaxeksiya, semirish. Semirish 
rivojlanishining biokimyoviy asoslari. 
109.
Giperxolesterinemiya. Dislipoproteinemiya tiplari va ularning rivojlanish 
sabablari. 
110.
Ateroskleroz rivojlanishining biokimyoviy asoslari, uning rivojlanishini 
tushuntiruvchi asosiy nazariyalar. 
111.
Giperlipoproteinemiya rivojlanishida alkogol, nefroz, qandli diabet, alimentar 
omillarning o’rni. 
112.
O’t tosh kasalligi. O’t tarkibi. Xolesterinli toshlar rivojlanishining mexanizmi.
113.
To’qimalardagi aminokislotalarning asosiy manbalari, ularning ishlatilish 
yo’llari. Azot balansi. 
114.
Organizmdagi oqsillarning dinamik holati. Katepsinlar, ularning organizmdagi 
vazifalari.
115.
Ovqat ratsionidagi oqsil meyori. Oqsillarning biologik qiymati. Oqsil 
zahiralari. 
116.
Oqsillarning hazmlanishi. Oshqozon ichak yo’lida hazmlanishning garmonlar 
yordamida boshqarilishining biokimyoviy mexanizmlari.
117.
Xlorid kislotaning hosil bo’lishi va uni oqsillar hazmlanishidagi ahamiyati. 
118.
Proteinazalarning substrat spesifikligi. Aminokislotalarning so’rilishi.
119.
Ichakda aminokislotalar chirishi va hosil bo’lgan toksik birikmalarning 
zararsizlantirilishi.
120.
Parenteral ovqatlanish. Oshqozon va duodenal shirasini biokimyoviy 
tekshirishning diagnostik ahamiyati.
121.
Oshqozon osti bezi proteazalari va pankreatit rivojlanishining biokimyoviy 
asoslari. Pankreatitni davolash.
122.
So’rilgan 
aminokislotalar 
taqdiri. 
To’qimalarda 
aminokislotalarning 
almashinuvi. Aminokislotalar almshinuvining umumiy yo’llari.
123.
Transaminlanish: aminotransferazalar. Transaminlanishda B
6
vitaminining 
kofermentlik vazifasi. Aminotransferazalar spetsifikligi.
124.
Aminokislotalar dezaminlanishi, aminokislotalarning bevosita va bilvosita 
oksidlanish yo’li bilan dezaminlanishi.
125.
Gepatitlar va miokard infarktida qon zardobida transaminazalar faolligini 
aniqlashning diagnostikasi. 
126.
Aminokislotalar dekarboksillanishi. Biogen aminlarning zararsizlantirilishi. 
127.
Biogen aminlar: gistamin, serotonin, γ-aminomoy kislota, katexolaminlar hosil 
bo’lishi va ularning funksiyalari



128.
Gistaminning allergik reaksiyalar va yallig’lanishlar rivojlanishidagi roli. 
Antigistamin preparatlar. 
 
129.
Organizmda 
ammiakning 
asosiy 
hosil bo’lish yo’llari va uning 
zararsizlantirilishi. Glutamin va ammoniy tuzlarining hosil bo’lishi va ularning 
ekskretsiyasi. 
130.
Siydikchil biosintezi (Ornitin sikli), uni asparagin va fumarat kislota 
almashinuvi bilan bog’liqligi. Siydikchildagi azot atomlari manbalari.
131.
Siydikchil sintezi va chiqarilishining buzilishi. Giperammonemiya; irsiy, jigar 
sirrozi va turli katabolik holatlarda.
132.
Serin va glitsin almashinuvi. Bir uglerodli guruhlarning hosil bo’lishi. 
133.
Transmetillanish. 
Metionin 
va 
S-adenozilmetionin. 
Gomosisteinning 
metillanishi. 
134.
Tetragidrofolat kislota va bir uglerodli qoldiqlarning tashilishi. Sulfanilamid 
preparatlarining bakteriostatik ta’siri. Antimetabolitlar haqida. 
135.
Fenilalanin almashinuvi. Fenilketonuriya: biokimyoviy mexanizmi, kasallik 
belgilari, oldini olish usullari, tashxisi va davolash.
136.
Tirozin almashinuvi. Tirozin almashinuvining buzilishi: Alkaptonuriya. 
Albinizm. Dofamin etishmovchiligi.
137.
Oltingugurt saqlovchi aminokislotalar almashinuvi, triptofan, gistidin va ular 
almashinuvining irsiy buzilishlari. 
138.
Nukleotidlar vazifalari. Oshqozon-ichak yo’li va to’qimalar nukleazalari.
139.
Purin nukleotidlarining parchalanishi.
140.
Purin nukleotidlari sintezi, purin yadrosi atomlarining manbalari; boshqarilishi.
141.
Pirimidin nukleotidlarining biosintezi va boshqarilishi.
142.
Pirimidin nukleotidlari parchalanishi.
143.
Dezoksiribonukleotidlar biosintezi. Timidil nukleotidlar biosintezi. 
144.
Giperurikemiya va podagra; allopurinoldan podagrani davolashda foydalanish. 

Download 156,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish