5.3. TEMIR YO’L TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA HOSIL QILISH
Reja
Temiryo’l transportida tog’ jinslarini ag’darmalashda ag’darmalarda mexanik kuraklar, draglaylar, ag’darma pluglari, abzetsterlar va buldozerlar qo’llaniladi.
Temiryo’l transportida ekskavatorli ag’darma hosil qilish mahalliy karyerlarda oldinig o’rinlarda turadi (unga 85-90% qism to’g’ri keladi). Ag’darma ekskavatorlarining ishi dumpkarlaran bo’shatiladigan tog’ jinslarini ekskavastiya qilish va ularni ag’darmaga yotqazishga asoslangan. Mexanik kurakdan foydalanishda pog’onalar ikkita nimpog’onaga bo’linadi. Mexanik kurak pastki nimpog’onaning ustiga joylashtiriladi. Dumpkarlardan bo’shatiladigan tog’ jinsini qabul qilish va ekskavastiya qilish uchun pastki nimpog’onaning ustida maxsus qabul qiladigan, dumpkarning bir yarim yoki ikki marta kattaligini tashkil qiluvchi qazilma hosil kilinadi, uning chuqurligi 0.8-1m (rasm. 5.4). Lokomotivtarkib ag’darmalarga vagonlar oldin tomondan uzatiladi. Qabul qiladigan qazilmaga qoidaga ko’ra dumpkarlar birin-ketin bo’shatiladi. Tog’ jinsini ekskavator bilan ag’darmaga joylashtirish uchta yo’nalishda amalga oshiriladi: yo’nalish bo’yicha oldinga pastki nimpog’onaga, pastki nimpog’onaning qiyaligi tomonga qarab va yuqori nimpog’onaga.
Ag’darmaga joylashtiriladigan va asosda joylashgan tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlariga ko’ra ag’darmada ekskavatorlarning ikki turdagi ish sxemasi qo’llaniladi.
Agar ag’darma asosi tog’ jinslari va yotqiziladigan tog’ jinslari turg’un bo’lsa tashlash bir vaqtning o’zida ham yuqori ham pastki nimpog’onalarga amalga oshiriladi. Ag’darma zaxodkaning to’ldirilishidan keyin ekskavator oldingi holatga qaytadi va yangi zaxodkani tashlashni boshlaydi.
Turg’un bo’lmagan tog’ jinslarida ekskavatorning oldingi harakatida (almashinuv nuqtasidan oxiri berk yo’lgacha) faqatgina pastki nimpog’onaga tashlash amalga oshiriladi. Orqaga qaytishda ekskavator yuqori nimpog’onaga tashlashni amalga oshiradi. Bu sxema ekskavatorning bo’sh harakatini chetlab o’tadi. Shu o’rinda ekskavatorning orqaga harakatida tog’ jinsi zichlanadi va ag’darma turg’unligi va zichligi oshadi.
Ag’darma pog’onasining ratsional balandligi keng chegaralarda o’zgaradi va asosan tashlanadigan tog’ jinsi va asosdagi tog’ jinslari fizik-texnik xususiyatlari, yer yuzasi relyefi, ekskavatorning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi va tekislikda 15-30m ni va tog’li joylarda 70m va undan yuqori bo’ladi. Yuqori nimpog’onaning balandligi ekskavator yuklash balandligiga bog’liq bo’ladi va mos ravishda EKG-5, EKG-8I va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun 4-6, 6-8 va 7-9m ni tashkil qiladi.
Ag’darma yo’llarining qayta tashlash qadami (m) ekskavatorning chiziqli o’lchamlariga bog’liq va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(5.3)
Bunda, , - mos ravishda ekskavatorning qazish va bo’shatish radiusi, m;
=0.85-0.9 – ekskavatorning chizichli parametrlarini hisobga olish koeffitsiyenti.
EKG-5, EKG-8 va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun qayta tashlash qadami mos ravishda 25, 30 va 35m.
Kon va transport vositalarining eng unumli foydalanishini ta’minlovchi ag’darma ohiri berkliklarning optimal uzunligi texnik-iqtisodiy hisoblar asosida o’rnatiladi va 1500-2000m ni tashkil qiladi.
Ag’darma pog’onasining balandligi , ag’darma yo’llarining qayta tashlash qadami va ag’darma oxiri berkligining uzunligi ag’darmaning asosiy parametrlari hisoblanadi. Belgilangan asosiy ag’darma o’lchamlarida ag’darmaning o’z parametrlari quyidagi formular bilan aniqlanadi.
Ikkita yo’l qayta tashlanmalari orasidagi ag’darma oxiri berkligining (stelikdagi hajmi bo’yicha) qabul qilish qobiliyati ( )
(5.4)
Ikkita yo’l qayta yuklanmalari orasida ag’darma oxiri berkligining ishlash davomiyligi (kun)
(5.6)
Bunda, - ag’darma oxiri berkligining kunlik qabul qilish qobiliyati (stelikdagi hajmi bo’yicha), :
(5.7)
- sutkasiga bo’shatilishi mumkin bo’lgan lokomotivtarkiblarning soni;
- lokomotiv tarkib bilan tashiladigan qoplovchi tog’ jinsi hajmi, ;
(5.7)
=0.85-0.95 – transport ishining bir tekismasligini hisobga olish koeffitsiyenti;
- oxiri berklikning sutkasiga ish soatlari;
- ag’darmada lokomotivtarkiblarning hajmining davomiyligi, soat;
- lokomotivtarkibning bo’shatilish vaqti, soat;
(5.8)
- almashinuv nuqtasidan ag’darmaning markazigacha bo’lgan masofa, km;
- ag’darma nuqtalari bo’yicha lokomotivtarkibning o’rtacha harakatlanish tezligi, km/soat;
- temiryo’l aloqasining davomiyligi, soat;
(5.9)
- lokomotivtarkibda dumpkarlar soni;
- dumpkarning bo’shatilish vaqti davomiyligi, soat.
Ishdagi ag’darma oxiri berkliklari soni:
(5.10)
Bunda, - ag’darmaga keladigan sutkalik qoplovchi tog’ jinsi hajmi, .
Zaxiralar bilan ag’darmada oxiri berkliklar soni
(5.11)
Bunda, - ag’darma oxiri berkligida yo’lni qayta yotqizish davomiyligi, sut.
To’xtovsiz va katta unumdorli ag’darma oxiri berkligining ishi uning transport holatlari qabul qilishi va ekskavatorning unumdorligi bilan bir hil vaqt oralig’ida bir hil bo’lganda erishiladi, ya’ni quyidagi holatga rioya qilish kerak:
(5.12)
Bunda, - ekskavator cho’michida tog’ jinsining maydalnish koeffitsiyenti;
- ag’darma ekskavatorining vaqt ichida ishlatilishi vaqtini hisobga olish koeffitsiyenti;
- ekskavator cho’michining to’ldirilish koeffitsiyenti;
E – ag’darma ekskavatori cho’michining hajmi, .
(5.12) tenglikdan ag’darmada ishlaydigan ushbu ekskavator cho’miy hajmi uchun optimal lokomotivtarkib almashinuvi vaqtini (soat) aniqlaymiz:
(5.13)
Lokomotivtarkiblarning almashinuv vaqtini bilgan holda almashinuv nuqtasining joylashuv joyini aniqlash mumkin. Shuningdek lokomotivtarkiblarning almashinuv vaqti bo’yicha ekskavatorning kerakli cho’mich hajmini ham aniqlash mumkin:
(5.14)
Mexanik kuraklarning ag’darmalardagi unumdorligi karyerdagidan ko’ra 1.2-1.3 marta yuqoriroq, bu ekskavastiya koeffitsiyentining yuqoriroq qiymatlari bilan va ag’darmada ekskavatorning vaqt ichida foydalanilishi yuqoriligi (0.5-0.6 o’rniga 0.7-0.8) bilan asoslanadi. Mexanik kuraklarni ag’darmalarda har qanday qattiqlikdagi tog’ jinslarini ag’darma hosil qilishda qo’llash mumkin.
Maydalangan yumshoq qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda draglaynlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Draglaynlar bilan ag’darma hosil qilish mexanik kuraklarda ag’darma hosil qilishdan uncha farq qilmaydi. Ag’darma hosil qilishning draglayn bilan amalga oshiriladigan sxemalar draglayn bilan xizmat qo’rsatiladigan oxiri berkliklar soni bilan, ag’darma yaruslarining hosil qilinishi va ularni to’ldirish bilan farq qiladi (5.5-rasm.). Draglayn ag’darma zaxodkaining kengligi mexanik kuraklarnikidan kengroq bo’ladi va 30-100m oralig’ida bo’ladi. Zaxodka kengligining oshirilishi katta hajmda yo’l qayta tashlash ishlarini kamaytiradi (3-6 marta). Draglayn ag’darma hosil qilishning kamchiliklari bu tuman, qor, qattiq shamol holatida ishning murakkabligi, ekskavatorni sotib olish uchun katta kapital harajatlar hisoblanadi. Ag’darmalarda cho’mich hajmi 20 bo’lgan ESh turidagi draglaynlar keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |