Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida



Download 264 Kb.
bet1/2
Sana10.04.2017
Hajmi264 Kb.
  1   2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni


Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida

(O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2016 y., 40-son, 467-modda)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta`minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo`lidagi byurokratik to`siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta`minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo`l qo`yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo`nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin.

Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar:

o`z faoliyatida yuqorida ko`rsatilgan talabni hamda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so`zsiz amalga oshirilishini ta`minlasinlar;

o`z vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili asosida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish hamda ularga yo`l qo`ymaslik borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga doir asoslangan takliflarni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar;

tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to`sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to`xtatib qo`yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to`g`risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat`iy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta`minlasinlar.

2. O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.

3. Belgilab qo`yilsinki, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab:

tadbirkorlik sub`ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo`yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o`tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno;

tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi;

moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub`ektlari va ularning xodimlari yo`l qo`yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog`lig`i va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, ma`muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanktsiyalar (penyadan tashqari) qo`llanilishidan ozod etiladilar;

noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e`tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning o`rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub`ekti sifatida ro`yxatdan o`tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma`muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar;

tadbirkorlik sub`ektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo`llanilmaydi;

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat ro`yxatidan o`tkazish vaqtida amalda bo`lgan soliq va boshqa majburiy to`lovlar stavkalarini (resurs va bojxona to`lovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qo`llash huquqi beriladi;

tadbirkorlik sub`ektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to`g`risida ariza bergan taqdirda davlat boji to`lashdan ozod etiladilar;

tadbirkorlik sub`ektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo`yish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi, bundan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag`batlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish bo`yicha kontraktlar mustasno;

eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to`g`risidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida beriladi.

4. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagi asosiy vakolatlarga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil institutini tashkil etish masalasini ko`rib chiqish tavsiya etilsin:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo`llab-quvvatlash;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro`yobga chiqarilayotganligini o`rganish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta`siri samaradorligini baholash;

davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

5. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo`mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarga yo`naltirilgan asoslangan takliflar kiritsinlar:

soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni yig`ish xarajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq to`lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni ta`minlaydigan soliq ma`murchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;

respublikaning eksport salohiyati o`sishini, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni rag`batlantiradigan valyutani tartibga solishning va valyutalar kursi siyosatining ilg`or bozor mexanizmlarini joriy etish;

tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va o`tkazishning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;

tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o`tkazish soni va muddatlarini qisqartirish;

huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga itoatkor tadbirkorlik sub`ektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari ko`rsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, kredit siyosatiga ma`muriy aralashuvlarning oldini olish va ularga yo`l qo`ymaslik;

bankning samarali faoliyat ko`rsatishiga to`sqinlik qiluvchi g`ovlarni tugatish, shuningdek, mijozlarning o`z pul mablag`larini erkin tasarruf etish huquqi to`liq ro`yobga chiqarilishini ta`minlash.

6. O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, «O`zstandart» agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

barcha texnik talablarni (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yong`in xavfsizligi qoidalari, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar va texnik normativlarni) xatlovdan o`tkazsin hamda ilg`or xorijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining o`rnini egallab olgan normalarni bartaraf etadigan tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqsinlar va qabul qilsinlar;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan moneliksiz va bepul foydalanish imkonini berish maqsadida ularning jahon Internet axborot tarmog`idagi o`z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini ta`minlasinlar.

7. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub`ektlari va ularning xodimlariga nisbatan ma`muriy jazolarni qo`llash borasidagi funktsiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga o`tkazish yuzasidan takliflar kiritsinlar;

iqtisodiy jinoyatlar sodir etish, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish oqibatida yetkazilgan zararni aniqlashning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini ishlab chiqsinlar.

8. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo`lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korruptsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan «Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini;

jinoyat to`g`risidagi qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq normalarini yanada liberallashtirish bo`yicha takliflarni;

qonun hujjatlariga, eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini ta`minlashga, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati to`xtatib qo`yilishiga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan, qo`zg`atilgan jinoyat ishlari bo`yicha moliya-xo`jalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, o`tkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi o`zgartish va qo`shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.

9. O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va xolislikni ta`minlash maqsadida uch oy muddatda sud majlislariga audio va video qayd etish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishini, shuningdek, qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dasturning ishlab chiqilishini ta`minlasin.

10. O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tadbirkorlik sub`ektlariga faqat davlat xizmatlari ko`rsatish bo`yicha yagona markazlar orqali «yagona darcha» tamoyili asosida ko`rsatiladigan davlat xizmatlari ro`yxatini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.

11. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziya berish va tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga normativ-huquqiy hujjatlar qanchalik muvofiqligini tanqidiy o`rganish asosida Vazirlar Mahkamasiga eskirib qolgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan ruxsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish hamda ruxsat berish tartib-taomillarining muddatlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov va O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullaev zimmalariga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. Mirziyoyev

Toshkent sh.,

2016 yil 5 oktyabr,

PF-4848-son

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoniga
ILOVA

O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar



DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas`ul bajaruvchilar

I. Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida

1.

Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vazifa va vakolatlarini tanqidiy tahlil qilish hamda tadbirkorlikni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish, ularga yo`l qo`ymaslik borasidagi tadbirlarning samaradorligini oshirish va takomillashtirishga doir asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016 yil noyabr

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari

2.

Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to`sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to`xtatib qo`yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to`g`risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat`iy bajarilishini, shuningdek tadbirkorlik sub`ektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta`minlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2016 yil dekabr Doimiy ravishda kompleks chora-tadbirlar ijrosi

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo`lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek korruptsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan «Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2016 yil noyabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

«Davlat-xususiy sherikligi to`g`risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

DXSh tushunchasi, vazifalari va asosiy yo`nalishlari;

DXSh ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari;

DXSh ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, tadbirkorlik sub`ektlari mablag`larining sarflanishi shaffofligi va samaradorligi kafolatlari;

DXSh loyihalari amalga oshiriladigan ustuvor sohalar;

DXSh ishtirokchilarini rag`batlantirish hamda ushbu sohada nazoratni amalga oshirish tartibi va shartlari.



Qonun loyihasi

2017 yil III choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat raqobat qo`mitasi, Oliy xo`jalik sudi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar



5.

«Davlat xaridlari to`g`risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korruptsiyaning oldini olish choralari;

davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini keng jalb qilish;

davlat xaridlari tizimini qo`llash majburiy bo`lgan sub`ektlar doirasini kengaytirish, ularning qatoriga davlat korxonalari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo`lgan tijorat tashkilotlarini qo`shish;

davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

elektron xaridlarni yanada rivojlantirish, natijalarini tahlil qilish uchun ma`lumotlar yagona bazasini, xaridlarning zaruriy parametrlarini joriy etish.



Qonun loyihasi

2017 yil II choragi

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo`mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

«Ma`muriy tartib-taomillar to`g`risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

davlat organlari boshqaruv faoliyati tashkil etilishini takomillashtirish;

asosli va tezkor qarorlar qabul qilish orqali samarali davlat xizmatlari ko`rsatilishini ta`minlash;

yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish.



Qonun loyihasi

2017 yil II choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DBQ, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Tadbirkorlik sub`ektlarini jahon Internet axborot tarmog`i orqali davlat ro`yxatidan o`tkazish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017 yil I choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo`mitasi, Axborot texnolo-

giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ



8.

Quyidagi asosiy vakolatlarga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil institutini tashkil etish masalasini ko`rib chiqish:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo`llab-quvvatlash;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro`yobga chiqarilayotganligini o`rganish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta`siri samaradorligini baholash;

davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.




«O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik sub`ektlarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida»gi qonuni loyihasi

2017 yil I choragi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

II. Tadbirkorlik sub`ektlarini tekshirishlarni qisqartirish va ularning faoliyatiga asossiz aralashishning
oldini olish sohasida


9.

Tadbirkorlik sub`ektlarining rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo`yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o`tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016 yil dekabr

DSQ, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini, shu jumladan jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2016 yil dekabr

DSQ, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini ta`minlashga, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati to`xtatib qo`yilishiga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan, qo`zg`atilgan jinoyat ishlari bo`yicha moliya-xo`jalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, o`tkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016 yil noyabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar huzurida jamoatchilik maslahat kengashlarini tashkil etish va ular tarkibiga tadbirkorlik sub`ektlarini, shuningdek ularning uyushmalari vakillarini kiritish.

Idoraviy hujjatlar

2016 yil dekabr

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari

III. Tadbirkorlik sub`ektlarining javobgarligini yanada liberallashtirish sohasida

13.

Moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub`ektlari va ularning xodimlari yo`l qo`yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog`lig`i va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, ma`muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanktsiyalar (penyadan tashqari) qo`llanilishidan ozod etish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016 yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e`tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning o`rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub`ekti sifatida ro`yxatdan o`tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma`muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016 yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Tadbirkorlik sub`ektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo`llamaslik tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016 yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

16.

Iqtisodiy jinoyatlar sodir etish, shuningdek tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish oqibatida yetkazilgan zararni aniqlashning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini belgilash.

Oliy sud Plenumining qarori loyihasi

2016 yil dekabr

Oliy sud, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan jinoyat qonunchiligi normalarini yanada liberallashtirish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2016 yil noyabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Moliyaviy hamda soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish sohasida

18.

Quyidagilarga yo`naltirilgan asosli takliflar kiritish:

soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni yig`ish xarajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq to`lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni ta`minlaydigan soliq ma`muriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;

respublikaning eksport salohiyati o`sishini, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni rag`batlantiradigan valyutani tartibga solishning va valyutalarkursisiyosatining ilg`or bozor mexanizmlarini joriy etish;

tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va o`tkazishning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;

tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o`tkazish soni va muddatlarini qisqartirish;

huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga itoatkor tadbirkorlik sub`ektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida, auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari ko`rsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, kredit siyosatiga ma`muriy aralashuvlarning oldini olish va ularga yo`l qo`ymaslik;

bankning samarali faoliyat ko`rsatishiga to`sqinlik qiluvchi g`ovlarni tugatish, shuningdek mijozlarning o`z pul mablag`larini erkin tasarruf etish huquqi to`liq ro`yobga chiqarilishini ta`minlash.



Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016 yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

Naqdsiz pul aylanmasini, avvalambor terminallar va plastik kartochkalar sonini ko`paytirish orqali kengaytirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2016 yil dekabr

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari

20.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat ro`yxatidan o`tkazish vaqtida amalda bo`lgan soliq va boshqa majburiy to`lovlar stavkalarini (resurs va bojxona to`lovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qo`llash huquqini berish.

Qonun loyihasi

2016 yil dekabr

Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV

21.

Tadbirkorlik sub`ektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to`g`risida ariza bergan taqdirda davlat boji to`lashdan ozod etish.

Qonun loyihasi

2016 yil dekabr

Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy xo`jalik sudi

22.

Tadbirkorlik sub`ektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo`yish borasidagi talab, valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalariningyagonaelektronaxborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilish, bundan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag`batlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish bo`yicha kontraktlar mustasno.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016 yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

23.

eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to`g`risidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida berish tartibini belgilash

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016 yil dekabr

TIAISV, «O`zstandart» agentligi, «O`zbekekspertiza» AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

24.

«eksport» bojxona rejimga amalga oshirilmaydigan joylarda joylashtirilgan tovar uchun bojxona rasmiylashtiruvi yig`im stavkalarini amaldagiga nisbatan ikki marta kamaytirish (eng kam oylik ish haqining 10 foizidan 5 foizgacha).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016 yil dekabr

Moliya vazirligi, TIAISV, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi

V. Tadbirkorlarning sud orqali himoya qilinishini kuchaytirish, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash, investitsiyaviy jozibadorligini va respublikaning xalqaro reytingini oshirish sohasida

25.

Nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub`ektlari va ularning xodimlariga nisbatan ma`muriy jazolarni qo`llash borasidagi funktsiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga o`tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016 yil dekabr

Oliy sud, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va xolislikni ta`minlash maqsadida sud majlislariga audio va video qayd etish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishini, shuningdek qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dasturning ishlab chiqish.

Dastur loyihasi Dastur ijrosi

2016 yil dekabr 2017-2018 yy.

Oliy xo`jalik sudi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

27.

«yagona darcha» tamoyili asosida ko`rsatiladigan davlat xizmatlari tizimining samarali faoliyat olib borishi uchun idoralararo axborot almashinuvi mexanizmini takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017 yil IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28.

Tadbirkorlik sub`ektlarini elektr energiyasi, gaz va suv bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida shahar (tuman)larning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini rivojlantirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017 yil I choragi

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, «Davarxitektqurilish» qo`mitasi, «O`zbekenergo» AJ, «O`zbekneftgaz» MXK, «O`ztransgaz» AJ, «O`zavtoyul» AJ, «O`zkommunxizmat» agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Ruxsat beruvchi va litsenziyalash tartibotlaridan o`tishda shaffoflikni oshirish, ularning soni va ko`rib chiqish muddatlarini optimallashtirish, shu jumladan korruptsion omillar shakllanishi imkonini bartaraf etish va byurokratiya holatlarini tugatish maqsadlarida.

Ayrim litsenziya turlarining amal qilish muddatlari bo`yicha talablarni bekor qilish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish.



Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017 yil I choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

30.

Tadbirkorlik sub`ektlariga faqat davlat xizmatlari ko`rsatish bo`yicha yagona markazlar orqali «yagona darcha» tamoyili asosida ko`rsatiladigan davlat xizmatlari ro`yxatini kengaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2016 yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

31.

yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (yaIDXP) bilan integratsiyalashgan «yagona darcha» markazlari faoliyatiga oid yagona veb-saytni yaratish va unga quyidagilarni kiritish:

markazlar faoliyati haqidagi umumiy ma`lumotlar hamda ko`rsatiladigan davlat xizmatlari ro`yxati;

ta`sis hujjatlarining (tashkiliy-huquqiy shakllari bo`yicha) standart namunalari;

xizmatdan foydalanish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning to`liq ro`yxati, xizmatlar pulli bo`lgan taqdirda, ularning qiymati, to`lovni amalga oshirish tartibi hamda bank rekvizitlari haqidagi ma`lumotlar;

davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida davlat organlari bilan o`zaro hamkorlik qilish uchun «tadbirkorlik sub`ektining shaxsiy kabineti» elektron resursi (saytni yaIDXP bilan integratsiyalashtirish orqali).


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017 yil III choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar



32.

«elektron hukumat» tizimi doirasida davlat xizmatlari ko`rsatishning asosiy tartib-taomillari elektron shaklga o`tkazishni jadallashtirish, bunda:

tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish, litsenziyalash va boshqa ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshiradigan vakolatli davlat organlari ma`lumotlar bazasining «Litsenziya» axborot tizimi majmuasi bilan integratsiyalashuvini jadallashtirish;

2017 yil yakuniga qadar yer uchastkalari hamda qurilishga ruxsat berish, mulkka bo`lgan huquqlarni ro`yxatdan o`tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga oid tartib- taomillarni interaktiv shaklga o`tkazishni yakunlash;

barcha tartib-taomillardan o`tish hamda «yagona darcha» tamoyili bo`yicha elektron shaklda davlat xizmatlari ko`rsatish va tranzaktsion xizmatlar uchun to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan «Soliq» va «Bojxona» axborot tizimlari majmuining idoralararo integratsiyalashgan platformasi orqali bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish.



Kompleks chora-tadbirlar

2017 yil IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, DBQ, «O`zkommunxizmat» agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

33.

Tovarning kelib chiqish sertifikatini, veterinariya, fitosanitariya, ekologik, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub`ektlariga ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o`tish jarayonini interaktiv kuzatish imkonini beradigan «yagona darcha» idoralararo axborot tizimini to`liq joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017 yil I choragi

DBQ, «O`zstandart» agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi,

Sog`liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi



34.

«O`zbekekspertiza» AJ tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmati ko`rsatish yagona portalini integratsiyalash yo`li bilan:

tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish;

mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalaniladigan texnologik uskunalarni va uning ehtiyot qismlarini, shuningdek tarkibiy qismlari, xom ashyo hamda materiallarini olib kirishda xulosa berish bo`yicha elektron xizmatlarni joriy etish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017 yil I choragi

TIAISV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi

35.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlanishini yanada rag`batlantirish, bunda:

davlat organlari tomonidan Yoshlar tadbirkorligini tashkil etilishiga ko`maklashish;

tadbirkorlik faoliyatiga yoshlarni jalb qilish maqsadida imtiyozli kreditlar berish;

yoshlarga tadbirkorlik faoliyati asoslarini o`qitish, ta`lim muassasalari bilan ish beruvchilar o`rtasida shartnoma asosidagi hamkorlikni rivojlantirish;



yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ko`zda tutish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

«Kamolot» YeIH, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Barcha texnik talablarni (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yong`in xavfsizligi qoidalari, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar va texnik normativlarni) xatlovdan o`tkazsin hamda ilg`or xorijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining o`rnini egallab olgan normalarni bartaraf etadigan tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ hujjatlar loyihalari

2016 yil dekabr

«Davarxitektqurilish» qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, IIV, «O`zstandart» agentligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «Sanoatgeokontexnazorat» DI, manfaatdor vazirliklar va idoralar

37.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan moneliksiz va bepul foydalanish imkonini berish maqsadida ularning jahon Internet axborot tarmog`idagi o`z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini ta`minlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2016 yil dekabr

«Davarxitektqurilish» qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, IIV, «O`zstandart» agentligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «Sanoatgeokontexnazorat» DI, manfaatdor vazirliklar va idoralar


38.

«O`zbekiston» MTRK telekanalida doimiy namoyish etiladigan «Tadbirkor davri» ko`rsatuvini tashkil etish yo`li bilan aholiga, eng avvalo, tadbirkorlik sub`ektlariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish bilan bog`liq bo`lgan tartib-taomillarni tushuntirishga bag`ishlangan interaktiv teleko`rsatuvlarni tashkil etish.

Teledasturlar rukni

Doimiy

MTRK, Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Qurilish ob`ektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko`ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o`tkazish tartibini takomillashtirish, bunda:

murakkablik (xavflilik) darajasiga ko`ra tekshirishlarni tayinlashning aniq mezonlarini;

tekshirishlarni o`tkazish (nazorat funktsiyalarini amalga oshirish) tartibi va muddatlarini;

o`tkazilgan tekshirishlar natijalari bo`yicha taraflarning javobgarligini nazarda tutish.



Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017 yil II choragi

«Davarxitektqurilish» qo`mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

40.

Tadbirkorlik sub`ektlarini elektr va gaz tarmoqlariga «tayyor holda topshirish» sharti bilan ulash mexanizmini yanada takomillashtirish, bunda:

ARTni ishlab chiqish muddatlari va qiymatini (II qismi);

topografik kartani ishlab chiqish tartibi, muddatlari va qiymatini;

shartnoma tuzish uchun ob`ektning shartnoma qiymatini aniqlash tartibini belgilash.

Tadbirkorlik sub`ektlarini elektr va gaz tarmoqlariga «tayyor holda topshirish» sharti bilan ulashda ob`ektning shartnoma va smeta qiymatini tayyorlash bo`yicha «amal qilish hujjati»ni ishlab chiqish, unda:

shartnoma va smeta hujjatlarida minimal boshqa xarajatlar (haqiqiy xarajat asosida);

qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun har bir hududiy birlikka zarur bo`lgan xodimlar shtatining cheklangan sonini nazarda tutish.

Monitoring natijalarini «O`zbekenergo» AJ rasmiy veb-saytida doimiy ravishda yangilab borgan holda, (SAIDI va SAIFI indekslari asosida) energiya ta`minoti monitoringini joriy etish, shu jumladan rejadan tashqari o`chirib qo`yishlar, rejadan tashqari o`chirib qo`yishlarning davomiyligi va chastotasini hisobga olish, shuningdek rejadan tashqari o`chirib qo`yishda elektr energiyasi berishni tiklash tartibini belgilash.



Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016 yil dekabr

«O`zbekenergo» AJ, «O`zbekneftgaz» MXK, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, «Davarxitektqurilish» qo`mitasi

41.

Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan banklararo savdo sessiyasida sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddatini 7 kundan 15 kunga uzaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016 yil dekabr

Markaziy bank, Adliya vazirligi

42.

Kredit-axborot xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda xalqaro kredit byurosini «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi ta`sischilari tarkibiga jalb qilish masalasini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017 yil davomida

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston Banklar assotsiatsiyasi

Каталог: images -> Downloads
images -> Namangan viloyatida 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma
images -> Namangan viloyatida 2015 yil yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma
images -> 1. 1-Toshmatov, Maqsudov Olimjon Fayzullaevich, 1967 yil
images -> Asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar
images -> Date: Friday March 17th or Saturday March 18th 2017 where
Downloads -> A. Counties & Communities by Area
Downloads -> Site: Auschwitz Jewish Centre (Coach D: 2 groups) Approximate time: 20-40 minutes Resources: Historical notes; Father Skarbek, Exhibition & Deportation photos; Exhibition photos – educator version; paper; pens
Downloads -> Detailed research & development project proposal


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa