Резервная копия Монография Адилбекова cdr


ABO izoserologik sistemasi guruhini kichik o‘lchamli qon dog‘larida



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

ABO izoserologik sistemasi guruhini kichik o‘lchamli qon dog‘larida 
absorbtsiya-elyutsiya usuli bilan a-H (o‘tli buzina) ekstrakti yordamida aniqlash. 
Tajriba o‘tkazish uchun dastlab tekshiriluvchi qon dog‘i va predmet tashuvchisidan 
hamda ma’lum guruhli qon namunasidan 0,2x0,2 sm o‘lchamli yoki 0,5-0,6 sm 
uzunlikdagi alohida ipchalar kesib olinadi. Planshet o‘yiqchalari belgilab chiqiladi: 
“K ob.№…, ob.№…, KD, A, B, AB, O”. Har bir ob’ekt belgilangan 
agglyutinatsion probirkalarga solinadi va 2 tomchi a-H o‘tli buzina ekstrakti 
tomiziladi. Probirkali shtativ +4-6
0
C sovutgichga 20-24 soatga absorbtsiya uchun 
qo‘yiladi. Ish jurnaliga reaksiya bajarilishini boshlanish vaqti ko‘rsatiladi. Zardobli 
probirkalardan ob’ektlar uchi berk pipetka yordamida filtrli qog‘ozga 
chiqariladi. Muzli maxsus idishga chuqur o‘yiqchali planshet va sovutilgan fizio-
logik eritma qo‘yiladi. Har bir ob’ekt uchun ekstraktning titri va predmet 
tashuvchining ta’siriga qarab, o‘yiqchalarning 2-3 qatori sovutilgan fiziologik 
eritma bilan 2/3 qismigacha to‘ldirib chiqiladi. Tekshiriluvchi ob’ektlar ingichka 
uchli pintset yordamida olinib, 2 daqiqa taymer nazorati ostida birinchi o‘yiqchalar 
qatoriga joylashtiriladi. Yuvish tugagandan so‘ng ob’ektlar filtr qog‘ozga 
o‘tkaziladi va quritiladi. Toza probirkalar belgilanadi va pintset yordamida 
quritilgan ob’ektlar ularga solib chiqiladi. Har bir probirkaga 2 tomchidan 
fiziologik eritma tomizilib chiqiladi. Probirkali shtativ +56
0
C termostatga 30 
daqiqa davomida qo‘yiladi. Probikalardagi ipchalar (bo‘lakchalar) uchi berk 
pipetka yordamida filtr qog‘ozga chiqariladi. “a-H” bilan belgilangan probirkalarga 
1 tomchidan Oαβ(І) guruhli 1% eritrotsitlar tomiziladi. 1500 ayl/daq da 4 daqiqa 
tsentrifugalanadi. Silkitiladi. Har bir probirkadan 1 tomchidan predmet oynasiga 
tomizilib, uning ustiga qoplovchi oyna yopiladi va mikroskopda ko‘riladi. Predmet 


63 
tashuvchi tortilmalarining probirkalarida agglyutinatsiya kuzatilgan holatlarda
predmet 
tashuvchi 
ta’sirini 
bartaraf 
qilish 
choralarini 
o‘tkazish 
lozim. Tekshiriluvchi ob’ektlar va ularning predmet tashuvchisi tortilmalarining 
probirkalarida agglyutinatsiya kuzatilmasa, qayta absorbtsiya-elyutsiya reaksiyasi 
absorbtsiya fazasidan boshlab, o‘tkazilishi kerak. Absorbtsiya fazasi bir necha 
marotaba o‘tkaziladi (ketma-ket) absorbtsiya): ob’ektlarning ipchalari 2 soatga 
zardoblar bilan quyiladi, pipetka yordamida zardoblar olib tashlanadi, qaytadan 
zardoblar bilan yana 2 soatga quyiladi. Bir necha marotaba bu manipulyatsiya 
o‘tkazilgandan so‘ng, zardobning oxirgi portsiyasi bilan 20-24 soat davomida 
to‘liq absorbtsiya reaksiyasi o‘tkaziladi. “a-H” bilan belgilangan probirkalar 
qatorida agglyutinatsiya kuzatilsa, N antigeni aniqlanganidan dalolat beradi. Agar 
predmet tashuvchili probirkalarda agglyutinatsiya kuzatilmasa va ipchali 
(bo‘lakchali) ma’lum guruhli qon namunalarida mos keluvchi eritrotsitlar bilan 
agglyutinatsiya kuzatilsa (ya’ni a-H o‘tli buzina ekstrakti va O orasida), reaksiya 
tegishli tarzda o‘tkazilgan va qon guruhi aniqlangan hisoblanadi. 
Ekspert amaliyotida shularga o‘xshash yana bir 
“aralash agglyutsinatsiya” 
reaksiyasi
qo‘llanila boshlandi. Bu usulning mohiyati shundaki, bunda standart 
zardobning antitanasi ma’lum sharoitda ham qon dog‘i antigeni bilan, ham standart 
eritrotsitlar bilan bog‘lanadi. Shuning uchun ham dog‘da antigen bo‘lganda 
eritrotsitlar “marjon” va qon dog‘ida tekshiriluvchi ipchada agglyutinantlar 
kuzatiladi. 
Absorbtsiya-elyutsiya va aralash agglyutinatsiya usullari materialdan kam 
miqdorni talab etsada, bu ikkala usullar murakkabligi va ko‘p probirkalar talab 
qilishi tufayli amaliyotda kichik hajmdagi qon dog‘larini tekshirishda ko‘llaniladi.
Yukorida ta’kidlab o‘tilgan kamchiliklarni bataraf etish uchun, ayni paytda 
ABO tizimining antigenlarini aniqlash uchun 
affin xromatografiya usuli
tavsiya 
etilgan. Mazkur usul xromatografiya tekshirish usullaridan bir bo‘lib, ifloslangan 
ob’ektni tozalash xususiyatiga ega bo‘lganligi, sezgirligi va oddiyligi tufayli sud 
tibbiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu usulning mohiyati shundan 
iboratki, qon dog‘idan olingan tola xromatografik qog‘ozning start chizig‘iga 


64 
qistirilib, qog‘ozni xromatografik kameraga qo‘yib, dog‘ ustidan kapillyar so‘rilish 
xususiyatiga asoslanib cheksiz suyultirilgan anti-A va anti-B zardoblari o‘tkaziladi. 
Natijada antigen faqat o‘zining gomologik antitanasini suyuqlikdan tortib oladi. 
Agar so‘rilayotgan suyuqlik tarkibida geterologik antitana mavjud bo‘lsa, unda qon 
dog‘idan olib kistirilgan tolaga so‘rilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, suyuqlik oqimi 
bilan o‘tib ketadi. Mazkur usulning avzalligi shundaki, u orqali bir vaqtda bir 
nechta ob’ektlarni tekshirish mumkin. Undan tashqari, xromatografiya usuli bilan 
qon mavjudligi aniqlangan ob’ektlarning o‘zida ham ABO tizimiga mansub 
antigenlarni aniqlash mumkin. 
Yangi qon dog‘larida qon guruhini aniqlash deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
Ammo, turli tashqi omillar ta’sir qilgan va xosil bo‘lganiga uzoq vaqt o‘tgan qon 
dog‘larining tekshirishda qon guruhini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bu esa 
birinchi o‘rinda agglyutininlarning qon dog‘larida yomon saqlanib qolishligi bilan 
bog‘liq. 
Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida gemolizlangan va chirish jarayoni 
boshlanayotgan murda qon dog‘larini dastlab etil spirti bilan ishlov berish 
yordamida agglyutininlarni aniqlashni imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, 
qon 
dog‘lari 
mavjud 
bo‘lgan 
murda 
kiyimlarida 
agglyutininlarning aniqlanish ko‘rsatkichini yaxshilash maqsadida ularga oldindan 
yuqori haroratli quruq havoda iShlov berish taklif etildi.
Turli moddalar (tuproq, qum, benzin, mazut) bilan ifloslangan yoki 
agglyutininlar titri past bo‘lgan qon dog‘larida, mavjud usullar yordamida, guruh 
mansubligini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan holatlarda ham affin xromatografiyasi 
(biospetsifik adsorbtsion xromatografiya) usulida qon dog‘laridagi agglyutininlarni 
kontsentratsiyalab aniqlash mumkinligi laborator tekshiruvlar bilan isbotlandi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish