Tadbirkorlik faoliyati bo’yicha qat’iy belgilangan soliq



Download 67,78 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi67,78 Kb.
#777932
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va


Tadbirkorlik faoliyati bo’yicha qat’iy belgilangan soliq
Bir kalendar yilda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, bir kalendar yil davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor oshgan oyning keyingi oyidan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oilaviy tadbirkorlik sub’yekti nomidan ish ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi bo‘ladi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi va elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar sirasiga kirmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda to‘laydi:
I. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realiza t siya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad solig‘ini ikki xil usulda:
1) har oyda qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lashi;
2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi bo‘yicha ushbu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yo‘li bilan daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.
II. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni to‘lashni tanlashi mumkin:
Ø kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi;
Ø kalendar yilida realizasiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.
III. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi.
Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.
Bunda, foyda solig‘ining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar koʻp yillar mobaynida qat’iy belgilangan soliq toʻlab kelishdi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida bunday soliq boʻlmaydi – uni jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS) almashtiradi. 100 mln soʻmgacha aylanmaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar, qonun loyihasida nazarda tutilganidek, tanlash huquqiga ega boʻladilar: uni belgilangan stavka boʻyicha yoki qat’iy belgilangan summa bilan toʻlash.
Bunda 2020 yil uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari YaTTning talay faoliyat turlari boʻyicha sezilarli pasaytirilgan. Masalan, Toshkent shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchilar 25% kam, dehqon bozorlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 37,5% kam, gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 2 baravar kam toʻlaydilar. Poytaхtda maishiy хizmatlar koʻrsatuvchi YaTT uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari 28,6%ga kamayadi.
Umuman, 2020 yilga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari quyidagi koʻrinishga ega: a) bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullangan taqdirda, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliqning qat’iy belgilangan summasini toʻlaydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida ma’lumotnoma (aхborot) taqdim etishi kerak;
v) davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqning qat’iy belgilangan summasini roʻyхatdan oʻtkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazilgan joyda toʻlaydi.
g) I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaхslar, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan summaning 50%ini, biroq BHMning 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq kalendar yil uchun 100 mln. so‘mdan kam mahsulot yoki xizmatlarni sotishdan tushgan daromadga yega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor shaxsiy daromad solig‘ini belgilangan miqdorda yoki har tomonlama daromad deklaratsiyasi asosida to‘laydi. Agar yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi miqdori 100 mln. so‘mdan ortiq, lekin bir mlrd. dan kam bo‘lsa, u aylanma soliqni to‘lovchisi deb ye'tirof yetiladi. Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkor ixtiyoriy ravishda daromad solig‘i va QQS to‘lashga o‘tishi mumkin. Agar yakka tartibdagi tadbirkorning tovar yoki xizmatlarni sotishdan olgan daromadlari miqdori 1 mlrd. so‘mdan oshsa, u holda daromad solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchiga aylanadi.
2022-yil uchun soliq siyosati va stavkalari. Nimalar o‘zgardi?
Moliya vazirligi 2022-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman


Soliq stavkalari


Qo‘shilgan qiymat solig‘i (15 foiz), foyda solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i (2 foiz), qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘i (0,95 foiz), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi subyektlar — 12 foiz, budjet tashkilotlari — 25 foiz) va aylanmadan olinadigan solig‘i (bazaviy stavka — 4 foiz) bo‘yicha stavkalar saqlanib qolinmoqda.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i


Tushumidan qat’i nazar, QQS to‘lovchi korxonalar doirasi soliq maslahatchilari tashkilotlari, auditorlik tashkilotlari va notijorat (shu jumladan budjet) tashkilotlari hisobiga kengaytirilmoqda. Bunda notijorat tashkilotlari faqatgina tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda QQS to‘lovchisi hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari QQS to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni ellik gektardan yigirma besh gektargacha pasaytirilmoqda.


Quyidagilar bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda:


jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlari (budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sport xizmatlari bundan mustasno);


qiymati qat’iy summada belgilangan bank operatsiyalari.
Moliyaviy va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga bir oyda bir marta hisob varaq-fakturani taqdim etish huquqi berildi.

Shu munosabat bilan Soliq kodeksida ular uchun xizmatlar ko‘rsatilgan kalendar oyining oxirgi kuni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani amalga oshirish sanasi deb hisoblanishi belgilanmoqda.


Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, QQS summasiga tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan holatlar ro‘yxati kengaytirildi.


Eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) QQS summasini soliq to‘lovchining O‘zbekistondagi bank hisob varag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar, hisobga olish tartibi belgilandi.


Ushbu norma oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi.


Tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob varag‘iga kelib tushmagan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan summasi yoki uning mos qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.


Qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinmoqda.


Soliq to‘lovchi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.


Barcha toifadagi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun yagona soliq davri etib bir oy belgilanmoqda.


2022-yilning 1-aprelidan 31-dekabriga qadar tajriba tariqasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va Uzbekistan Airways AJ misolida shunday tartib joriy etiladiki, unga ko‘ra QQS salbiy summasi tovarlarni import qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga kamaytiriladi.


Aksiz solig‘i


Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda. Qat’iy summada belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 2022-yil 1-iyundan o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

Shu tariqa, ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga 2021-yil oktabr oyidan belgilangan soliq stavkalari 2022-yil 1-iyunga qadar saqlab qolinadi.


Neft mahsulotlari, shu jumladan, yakuniy iste’molchiga sotiladigan neft mahsulotlariga soliq stavkalari bir marta 2022-yil 1-iyundan 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.


Polietilen granulalariga aksiz solig‘i stavkasi, ularni import qilishda ham joriy qilgan holda 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirilmoqda.


Suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilariga aksiz solig‘i bekor qilinmoqda.


Foyda solig‘i


2022-yil 1-yanvardan foyda solig‘ini hisoblash maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tan olishning alohida tartibi joriy qilinmoqda.

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini aniqlash maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivlarga Soliq kodeksda keltirilgan mezonlariga javob beradigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kiritiladi.


Zararlarni joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda 10 yil mobaynida kelgusiga o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinmoqda.


Tijorat banklari tomonidan shakllantirilayotgan zaxiralar Markaziy bank tomonidan belgilangan normalar 80 foizi miqdorida foyda solig‘i hisoblanganda xarajatlarga kiritiladi.


O‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatishga xarajatlar chegiriladigan xarajatlar deb hisoblanadi.


Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliq to‘langandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtiriladi va 10 foiz soliq stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi.


Sof foyda deganda jami daromad va doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Bunda joriy soliq davri uchun sof foyda ayni bir doimiy muassasa doirasida avvalgi soliq davrlarida ko‘rilgan zararning (zararlarning) umumiy summasiga, basharti ilgari bunday zarar (zararlar) sof foydani aniqlashda hisobga olinmagan bo‘lsa, kamaytiriladi.


Foyda solig‘ini hisoblashda ijobiy va salbiy kurs farqlarini aniqlash tartibi belgilanmoqda.


Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkni va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkni qo‘shimcha baholashda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning qiymatini pasaytirishda yuzaga keladigan kursdagi farq ijobiy farq deb e’tirof etiladi.


Bunda berilgan (olingan) bo‘naklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi.


Soliq organlariga agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past bo‘lsa aynan qo‘shilgan qiymat solig‘i kabi foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqi berilmoqda.


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i


Soliq to‘lovchilar safi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, shuningdek shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga 0,1 foiz ajratmalar va soliq hisobotini taqdim etish muddati saqlab qolinmoqda.

Soliqqa tortilmaydigan daromadlar tarkibi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda:


yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlar;


soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari;
soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;
soliq to‘lovchining soliq davri davomida bazaviy hisoblash miqdorining 8-baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari.
Ijtimoiy soliq
Soliq to‘lovchilar ro‘yxati, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi hamda soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari saqlab qolinmoqda.

“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari ijtimoiy soliqni har oyda to‘lashdan bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tkazilmoqda.


2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanmoqda.


Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha


Soliq to‘lovchilar ro‘yxati, shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlanib qolinmoqda.

Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) bu obyektlarga 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi bo‘yicha quyidagi miqdordagi tartib kiritilmoqda:


Toshkent shahrida – 2 500 000 so‘m;


Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1 500 000 so‘m;
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 000 000 so‘m.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan minimal qiymatga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.

Agar obyektning 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.


Agar baholash natijalari qiymati 1 kvadrat metr uchun belgilangan minimal qiymatdan ko‘p bo‘lib chiqsa, ushbu holda soliq to‘lovchilar soliqni hisoblab chiqish maqsadida, 1 kvadrat metr uchun belgilangan minimal qiymatni qo‘llash huquqiga ega.


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i


Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilinmoqda.

Bunga jismoniy shaxslar uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan 2018-yilda belgilangan soliq solish obyektlarining (soliq bazasining) kadastr qiymatining miqdori saqlab qolinganligi sabab bo‘lmoqda.




2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018-yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021-yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Download 67,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish