Xalqaro huquqda javobgarlik



Download 66,72 Kb.
bet1/7
Sana31.05.2022
Hajmi66,72 Kb.
#621368
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
khalaro uuda zhavobgarlik


Aim.Uz

Xalqaro huquqda javobgarlik

Reja


  1. Xalqaro huquqiy javobgarlik tushunchasi.

  2. Davlatlar javobgarligining asoslanishi

  3. Davlat javobgarligi kelib chiqishi uchun aybdorlik ahamiyati

  4. Huquqiy faoliyatning zararli oqibatlari uchun davlat javobgarligi

  5. Xalqaro jinoyatchilikning klassifikatsiyasi

  6. Xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari

  7. Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi

  8. Shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarligi




  1. Xalqaro huquqiy javobgarlik tushunchasi.

Xalqaro huquqiy javobgarlik deganda xalqaro huqyq sub’ekti uchun u xalqaro huquqiy majburiyatlarni buzgan taqdirda kelib chiqadigan yuridik oqibatlar tushuniladi.


Xalqaro huquqiy majburiyatning ahamiyati xalqaro huquq sub’ekti xalqaro huquq normalariga rioya qilishini ta’minlashning zarur yuridik vositasi ekanligi fakti bilan bog‘liqdir. Xalqaro huquq sub’ektlari javobgarligi xalqaro qonunchilikni og‘ishmay bajarish, tinchlikni saqlash va mustahkamlash uchun kurash, xalqaro hamkorlikni ta’minlash bilan bog‘liq. U xalqaro munosabatlarda huquqiy tartibga solishning muayyan quroli sifatida amal qilmoqda va xalqaro huquq amalda bo‘lishini rag‘batlantirmoqda.
Davlatlarning xalqaro huquqda javobgarligiga taalluqli normalar xalqaro huquqiy institutning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Bu institut xalqaro huquq tarixi jarayonida jiddiy o‘zgardi. Hozirgi xalqaro huquq bo‘yicha javobgarlik Oktabr to‘ntarishigacha amalda bo‘lgan eski xalqaro huquqdagi javobgarlikdan ancha farq qiladi. Hozirgi xalqaro huquq agressiya uchun javobgarliq mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berishdan voz kechish uchun javobgarlik singari muhim institutlarni o‘z ichiga oladi. Ilgari bun­day institutlar bo‘lmagan edi. Xalqaro tartibotni buzgan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladigan majbur qilish choralarining xarakteri o‘zgardi. Javobgarlikni amalga oshirishning shakllarida ham javobgarlik sub’­ektlari doirasida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, xalqaro tashkilotlarning javobgarligi paydo bo‘ldi.
Davlatlarning javobgarligini yo‘lga qo‘yuvchi xalqaro huquq normalari orasida xozirgi paytda odat tarzida kelib chiqqan normalar ko‘p. Shuning uchun ularni kodifikatsiyalash dolzarb vazifadir, Millatlar Ligasi shaxsga va chet elliklarning mulkiga keltirilgan zarar uchun davlat javobgarligiga taalluqli xalqaro huquq normalarini kodifikatsiyalashga urinib ko‘rdi. Bu reaksion davlatlar manfaatlariga to‘la mos tushardi. Aslini olganda davlatlar. javobgarligini tartibga soluvchi normalarni ishlab chiqish ham mana shu yo‘nalishda olib borildi. 1956 – 1957-yillarda BMT xalqaro huquq Komissiyasi bu masala yuzasidan maxsus ma’ruzachi bo‘lgan edi. 1963 yili sobiq SSSR tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan lalqaro huquq Komissiyasi ishining yangi programmasi qabul qilinganligi, komissiya davlatlarning agressiya uchun, mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berishdan voz kechganlik uchun mas’uliyat singari javobgarliklarning asosiy muammolarini hal qilishga yo‘naltirdi. Shunga binoan Komissiya bu muammolarni ishlab chiqishni yangitdan boshladi. Ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha maxsus ma’ruzachi italiyalik professor R.Agoning 1969—1979-yillardagi ma’ruzalari xalqaro huquqni buzganlik uchun davlatlar javobgarligining umumiy normalariga bag‘ishlandi. BMT xalqaro huquq Komissiyasi bu masalani muhokama qilishda davom etmoqda.

Download 66,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish