O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida «O‘qitishning ilg‘or
shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini
o‘quv jarayoniga joriy etish» bugungi kundagi
asosiy masalalardan biri, deb
ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ta’limning yangi
modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi.
O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq
maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz». Shunday ekan,
turli fanlar, jumladan, o‘zbek tili fanidan zamon talabiga javob beradigan darslar
o‘tkazish, ularda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb vazifadir.
Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning asosini
an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga
ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini
takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash,
uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatining turli
sohalarida kompyuter texnologiyalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi
Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish,
kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab
chiqarishning turli sohalari, balki
madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi,
bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi
bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning
professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham
belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-mayda e’lon qilingan
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolo-
giyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida umumta’lim maktablari,
kasb-hunar
kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga zamonaviy
kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan faol foydalanishga
asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot texnologiyalarini rivojlantirish
va joriy etishning eng muhim va birinchi navbatdagi vazifalaridan deb ko‘rsatilgan.
Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda dars o‘tish
uchun
bundan bir necha yil avval
, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish
ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu yo‘nalishda turli ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilgan, o‘qitishning audiovizual vositalari o‘rganilgan, o‘zbek tilidan
dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan, test asosida o‘quvchilar bilimini
nazorat qilish uchun maxsus qurilmalaridan
foydalanish tavsiya etilgan, dasturiy
boshqariladigan o‘quv mikro-EHMning tuzilishi va ishlash tamoyillari o‘rganilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ta’lim tizimida
axborot texnologiyalari, kompyuter vositalaridan foydalanish muammosining
o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron
materiallar tayyorlash
borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan.
Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar va respublikamizda mavjud axborot
texnologiyalarining mahsullarini tahlil qilishdan aniqlanishicha, xorijiy ta’lim tizimida,
shuningdek, O‘zbekistondagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy
universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat pedagogika
universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti, Andijon Davlat tillar instituti, Jizzax Davlat
pedagogika instituti va ko‘plab akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida, umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida muayyan mashg‘ulotlar to‘la kompyuterlashtirilgan yoki ularda
axborot texnologiyalaridan qisman foydalanilmoqda, fanlar bo‘yicha elektron darsliklar
yaratilmoqda va bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga erishilmoqda.
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni
kompyuter texnologiyalari
vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish asosiy yo‘nalishlardan
biriga aylanib qolmoqda.
Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo‘lib, axborotni turli ko‘rinishlarda
– matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm), videotasvir, musiqa
yordamida yig‘ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson-
kompyuter» interfaol muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda
foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Mutaxassislarning fikricha,
multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida o‘quv
materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi
ko‘rinishidir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai
nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga erishiladi:
-
o‘quv-tarbiya
jarayoni
faollashtiriladi
,
-
ta’lim samaradorligi oshadi;
-
axborotning turli shaklda berilishi o‘quvchilarning diqqatini tortadi,
-
yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik ularda katta qiziqish uyg‘otadi,
-
mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minlaydi;
-
talaba dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi;
-
mustaqil ta’lim olish imkoniyati, sohalari ko‘payadi; kompyuter savodxonligi
oshib boradi;
-
o‘qituvchi tomonidan bajariladigan ko‘pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter
amalga oshiradi;
-
dars davomida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni
keskin ortadi;
-
o‘yinli texnologiyalar, rolli o‘yinlar o‘tkazish imkoniyati ortadi.
Shuningdek, o‘qituvchining o‘z kompyuteri orqali o‘quvchilar kompyuteri monitoriga
kira olishi har bir o‘quvchi faoliyatini alohida kuzatish imkonini beradi, ya’ni kompyuter
tabaqalashtirish imkonini beradi. Masalan, dars mavzusi yuzasidan bahs-munozara
uyushtirishda o‘qituvchi o‘zi tanlagan o‘quvchilarning monitor raqamini bosadi va
ularga topshiriq beradi, javoblarni mikrofon orqali eshitib boradi. Sinfdagi boshqa
o‘quvchilar bu paytda o‘zlariga berilgan alohida topshiriq bilan band bo‘ladilar. Yana
bir qulaylik — o‘qituvchi masofadan boshqaruv kalitlari yordamida o‘quvchilarning ish
faoliyatini boshqarib boradi, u istalgan o‘quvchini o‘qitib eshitishi va uning nutqini yozib
olib, o‘ziga eshittirishi yoki to‘g‘ri talaffuz bilan ham taqqoslashi mumkin. Bu o‘quvchiga
o‘z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Bulardan tashqari, albatta,
kompyuter o‘quvchilarning
bilimlarini xolisona baholash, o‘qituvchining darsga
tayyorgarlik ko‘rish va dars jarayonida vaqtini hamda ko‘rgazmali qurollar uchun
sarflanadigan mablag‘ini tejash imkoniyatini beradi. Hozirgi paytda ommaviy tus
olayotgan elektron pochta va videoanjumanlar yordamida esa o‘quvchilar boshqa
viloyat, shahardagi tengdoshlari bilan o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda
bo‘lishlari, biron mavzuda bahs-munozara o‘tkazishlari mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning didaktik maqsadini
amalga oshirishda kompyuterning imkoniyatlari beqiyosdir.