65
va eritrotsitlar antigeniga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin. Zardob oqsillarining
ko‘p shaklliligi, asosan har xil
elektroforetik harakatchanligi, antigen
xususiyatining har xilligi va ba’zan ikkalasining birga qo‘shilishi bilan ko‘zga
tashlanadi. Hozirgi davrda zardob sistemasining immunoglobulinlari (Gin, InV
yoki Km), gaptoglobin (Нр), guruh spetsifikli komponentlar (Gc), lipoproteinlar
(Ag, Lp, Ld), proteazli ingibitorlar (Pi), transferrin komplementni har xil
komponentlari (S3, S6) va boshqalar yaxshi o‘rganilgan.
Zardob tizimini eritrotsitar izoserologik sistema bilan tekshirish qon dog‘i
aniq shaxsdan hosil bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi
savolni yechishda
foydali bo‘lishi mumkin. Gm va InV antigenlari bilan bog‘langan immunoglobulin
sistemasining ayniqsa ahamiyati kattadir. Keyingi yillarda ekspert amaliyotida qon
dog‘laridan gaptoglobin guruhini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Gaptoglobin ham gemoglobin singari nasldan-naslga o‘tish xususiyatiga ega.
Gaptoglobin sistemasi bo‘yicha barcha kishilar 3 guruhga bo‘linadi. Нр 1-1, Нр 2-
1 ва Нр 2-2. Bular kraxmalli, agar-kraxmalli va poliakrilamid elektroforezi
yordamida aniqlanadi. Poliakrilamidli elektroforez juda yaxshi natija beradi.
Bunda qon dog‘ining davomliligi 1 oygacha bo‘lsa ham yaxshi natija kuzatiladi.
Gammaglobulin (Gm) 20 dan ortiq guruhlarga bo‘linadi. Shuningdek, Gc, ya’ni
guruh spetsifik komponentlari ham aniqlanadi.
Tirik shaxslar va yangi o‘lgan murdalar gaptoglobinini tekshirish hech qanday
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo, o‘lgandan keyin ko‘p vaqt o‘tganda
qonning
gemolizlanishi, yiringlanishi, quyuqlashishi, zardobni tiniqsizlanishi yoki umuman
ajralmasligi va boshqa sabablar tufayli gaptoglobin guruhlarini aniqlash
qiyinlashadi yoki umuman aniqlab bo‘lmaydi. Yuqorida ko‘rsatilganlarni hisobga
olgan holda, gemolizga uchragan, yiringlagan
murda qonlarida gaptoglobin
guruhini aniqlash uslublarini izlab topish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqsadga
erishish uchun yurak oldi, plevra va qorin bo‘shliqlari suyuqliklarida qon
zardobiga tegishli gaptoglobinning mavjudligi tekshirildi. Tajriba natijasida aytib
o‘tilgan suyuqliklardagi gaptoglobin guruhi qon zardobidagi gaptoglobin guruhiga
to‘g‘ri kelishi isbotlandi. Plevra va qorin bo‘shliqlari
suyuqliklari hamda yurak
66
oldi xaltasi suyuqligi parallel tekshirilganda ulardagi gaptoglobin fraktsiyalarining
jadalligi har xil ekanligi, qon zardobi va perikard suyuqligi gaptoglobin
fraktsiyalarining jadalligi bir xilligi, lekin ayrim vaqtlarda
perikard suyuqligida
qon zardobidagiga nisbatan jadallirog‘i aniqlandi.
Tajribalar plevra va qorin bo‘shliqlari suyuqliklarida gaptoglobin fraktsiyasi
jadaligining pastligi va o‘z navbatida, qorin bo‘shlig‘i suyuqligidagi gaptoglobin
fraktsiyasining plevra suyuqligidagi gaptoglobin fraktsiyasi jadalligidan ancha past
ekanligi hamda plevra va qorin bo‘shlig‘idan
olingan suyuqliklarga nisbatan,
perikard suyuqligida qon zardobiga xos gaptoglobin guruhi yuqori jadallikka ega
ekanligini ko‘rsatdi.
Shuning uchun teng vaziyatda gaptoglobin guruhini gemolizlangan,
yiringlangan murda qonida aniqlashda perikard suyuqligini tekshirish lozim va
faqat uning bo‘lmaslik holatlarida (yurak, perikard jarohatlanganda va boshqalar)
plevra bo‘shlig‘i yoki qorin bo‘shlig‘i suyuqligida tekshirish o‘tkazilishi
lozim
Yuqoridagilardan kelib chiqib, gaptoglobin fenotiplarini gemolizlangan,
yiringlangan murda qonida perikard suyuqligini tekshirish orqali aniqlanash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: