R. X. Maksudov, I. S. Hayitov



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/63
Sana07.09.2021
Hajmi3,71 Mb.
#167442
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
toqimachilik tarixi

Ikkinchidan, g‘о‘zaga ishlov berish maqsadida turli xil ximikat va
gerbitsidlarning ishlatilishi oqibatida suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari,
eng  yomoni  odamlar  zaharlandi.   Natijada  ayollarda kamqonlik
kasali, farzandlarning nogiron bо‘lib tug‘ilishi kо‘payib ketdi. Hisob-
kitoblarga qaraganda, AQSH 70-yillarda Vyetnamdagi urushda jon
boshiga 3-4 kg zaharli kimyoviy modlalar ishlatgan ekan. Tinch
О‘zbekistonda esa bu kо‘rsatkich 53-54 kg ni tashkil etgan. Biroq bu
hakda «markaz» lom-mim demasdi, chunki “paxta bahonasi” bor edida.
Uchinchidan, Respublikada ekologik vaziyat buzildi. Katta
mikdordagi yer maydonlari ishdan chiqdi. Urushdan keyingi yillarda
1
O‘zbekiston Respublikasi. EnsiklopediY. 287-bet


57
sug‘oriladigan yerlar maydoni 2 barobar kо‘paydi. Faqat
1975 - 1985 yillarda 1 million gektar yangi yerlar о‘zlashtirildi. 1985
yilga kelib ekin maydonlarining 75 foizi paxta hissasiga tо‘g‘ri keldi.
1
Dunyoning hech bir mamlakatida paxta bu qadar monopoliya darajasiga
yetmagan edi.
Tо‘rtinchidan, 50-60 yillardan boshlab keng masshtabda yangi
yerlarning о‘zlashtirilishi, sanoat va chorvachilik komplekslarining
ekstensiv rivojlanishi Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonda suv
mikdorining kamayishi va shо‘rlanishga olib keldi.
Beshinchidan, nafaqat О‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo
uchun eng katta muammo - Orol fojeasi kelib chikdi. 1962-1990 yillar
ichida Orol dengizida suv hajmi 1064 kub. km. dan 400 ming kub km.
ga kamaydi yoki shu davrda uning suv havzasi maydoni 66 ming kv.km
dan 32,5 ming kv.km ga qisqarib, bugun Orol dengizi bir necha
bо‘laklarga bо‘linib ketdi. Uning qirg‘oqlari 80-100 kilometr chekinib,
4 million gektardan ortiq yangi qum-tuzli chо‘l paydo bо‘ldi.
2
Orolning bunday  axvolga  tushib  qolishi  uning  mintaqasida
yashovchi 35-40 million aholi turmush tarziga salbiy ta’sir kо‘rsatdi.
Xususan, uning о‘rnida paydo bо‘lgan chо‘ldan har yili atmosferaga
kо‘tarilayotgan   15-75  million  tonna  chang  va  tuz  aralash  qum
400-500 kilometrgacha borib yetmoqda. Natijada, aholini toza ichimlik
suv, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muammolar kelib
chiqdi. Kasalmand kishilar soni ortib bormoqda.
Xulosa qilib aytsak, mana shu va boshqa sabablar О‘zbekiston
iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanib, asosan paxtachilik va u bilan
bog‘liq tarmoqlar bilan о‘ralashib qolganligini bevosita isbotidir.
Natijada, iqtisodiyotimizning boshqa hayotiy zarur sohalari rivojlanmay
qoldi. О‘zbekiston agrar mamlakat bо‘lib qolaveradi. Xalqimiz turmush
darajasida jiddiy о‘zgarishlar bо‘lmadi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish