52
1918 yil 17 mayda RSFSR xalq komissarlari kengashining «Turkiston
о‘lkasida sug‘orish ishlariga 50 million sо‘m ajratish tо‘g‘risida»gi,
1920 yil 2 va 27 noyabrda “Turkiston va Ozarbayjonda paxtachilikni
rivojlantirish tо‘g‘risida”gi dekretlari qabul qilindi. Bundan tashqari,
1921 yilda Turkistonda paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga
bosh-qosh bо‘luvchi Turkiston paxtachilik qо‘mitasi, (Turkxlopkom),
kо‘p о‘tmay markazda “Bosh paxtachilik qо‘mitasi” (Glavxlopkom)
tashkil etildi.
Shuningdek, bir necha bor paxtakorlar uchun katta
miqdorda mablag‘lar ajratildi. Masalan, 1921 yil sentabrdan 1922 yil
yanvargacha Turkiston paxtachilik qо‘mitasi ixtiyoriga markazdan
134 milliard rubl. mablag‘ jо‘natildi.
1
Bu kо‘rilgan chora-tadbirlar
natijada, asta-sekinlik bilan О‘zbekistonda paxtachilik tiklanib, rivojlana
boshladi. 1924 yilda, yani О‘zbekiston SSR
tuzilgan yili respublikada
paxta ekiladigan maydonlar 264,8 ming gektarni, yalpi hosil esa
205,8 ming tonnani tashkil etdi. Bu 1921 yilga nisbatan mos ravishda
2,8 va 6,6 barobar kо‘p edi.
2
Kо‘p о‘tmay, 1928 yilga kelib,
О‘zbekistonda paxtachilik tiklandi.
Shu yili paxta maydonlari
589,2 ming gektarga, yalpi hosil esa 533,3 ming tonnaga yetdi.
3
Bundan ruhlanib ketgan sovet hukumati О‘zbekiston
mehnatkashlari oldiga 'yanada kattaroq vazifa qо‘ydi. U ham bо‘lsa,
paxta tayyorlashni yaqin besh yil (1928-1932y.y) ichida kamida 1 mln.
tonnaga yetkazish va shu bilan sobiq ittifoqning chetdan paxta sotib
olishiga chek qо‘yib mamlakat “paxta mustaqilligi” ni taminlash vazifasi
edi.
Shо‘rolarning dabdabali soxta vadalariga uchgan,
ertaga albatta
turmishimiz yaxshi bо‘ladi deb ishongan о‘zbek xalqi bu vazifani о‘ziga
katta ishonch deb bildi. Sof, halol, lekin og‘ir mehnat qilib oldiga
qо‘yilgan vazifani bajardi. 1932 yilda Respublikada 814 ming tonna
paxta xomashyosi tayyorlanib, undan 250 ming tonna paxta tolasi ishlab
chiqarildi. Buncha miqdordagi paxta bilan sobiq ittifoq о‘zining
tо‘qimachilik sanoati va boshqa ehtiyojlari
uchun qimmatli hamda
strategik ahamiyatga ega bо‘lgan xomashyo-paxta tolasiga talabini
1
O‘sha joyda, 17- bet
2
Uzbekskaya SSR. T. 1977 y., 105- bet
3
O‘sha joyda.
53
94,6 foizga qondirdi. Bu amalda “SSSR ning paxta mustaqilligi” ga
erishildi degan sо‘z edi.
Mamlakat “Paxta mustaqilligi” ning taminlanishi sobiq ittifoqni har
yili chetdan paxta sotib olish uchun sarflaydigan 100 millionlab. oltin
rubldan xalos etdi. Bu industrlashtirish uchun О‘zbekiston qо‘shgan
katta hissa edi. Afsuslar bо‘lsinkim, bu mablag‘ning bir foizi ham
О‘zbekistonga tegmadi yoki respublikada shu hisobdan birorta ham yirik
sanoat korxonasi qurilmadi. О‘zbek
xalqiga rahmat ham aytilmadi,
kosasi ham oqarmadi.
Aksincha, paxta va paxtachilik xalqimiz uchun “milliy g‘urur,
iftixor, milliy boylik, partiya va vatan oldidagi burch” deb e’lon qilindi.
Vazifalar esa yanada kengaydi. Shunday qilib, sovet hokimiyati yillarida
О‘zbekiston paxtachiligi katta, og‘ir va murakkab davrni boshidan
kechirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: