19
qonun borasida kurash keskinlashdi. Sanoatchilar proteksionizm o'rniga erkin
savdo (fritred)ga o'tishni talab qilayotgan edilar. Chunki Angliya endi sanoat,
savdo va mustamlakalar bo'yicha dunyodagi eng qudratli davlat bolib. u bilan
raqobat qila oladigan xavfli raqib yo'q edi.1846 yil g'alla to'g'risidagi qonun,
keyinroq boshqa soliq va to'lovlar ham bekor qilindi.
Angliya fritred tizimiga
o'tdi.Erkin savdo ingliz sanoat burjuaziyasi uchun yangi bozorlarni egallash
imkoniyatini berdi.Chartistlar harakati hukmron doiralarni bir qator islohotlar
o'tkazishga va ishchilarga yon berishga majbur qildi. Parlament 1847 yilda 10
soatlik ish kuni haqida qonun qabul qildi.Chartistlar harakatini inqirozga yuz
tutishining bir qancha sabablari mavjud. XIX asrning 50-yillariga kelib ingiliz
sanoati
va savdosining ancha davomli yuksalish davrining boshlanishi bilan ishsizlar soni
tez qisqardi. Savdo va sanoat rivojidan juda katta foyda
olgan ingiliz burjuaziyasi
foydaning ma'lum bir qismini malakali ishchilarning moddiy ahvolini yaxshilashga
sarflab, ishchilar orasida bo'linishni yuzaga keltirdi. Angliyadan mustamlakalarga
ayniqsa, Kaliforniyadagi oltin konlarining ochilishi bilan AQSHga ishchilarning
ommaviy emigratsiyasning kuchayishi ham 50-yillarda chartistlar harakatining
tushkunlikka uchrashiga sabab bo'ldi.Bu holva bo'lib o'tgan iqtisodiy inqirozlar,
narx-navo, eksport va ish haqini tushib ketishiga olib keldi.
Inqiroz chartistlar
harakatini yangidan ko'tarilishiga sabab bo'ldi. 1842 yil may oyida chartistlar
parlamentga 3 mln. kishi imzolagan xalq xartiyasi to'g'risidagi 2-iltimosnomani
taqdim etdilar. Bu iltimosnomaga ham asosan oldingi iltimosnomadagi 6 ta talab
kiritildi. Ammo, undan farqli ravishda keyingi iltimosnoma ijtimoiy tengsizlikka, ish
haqining pastligiga qat’iy qarshi chiqib, kambag'allar to'g'risidagi qonunni bekor
qilishni talab qildi.Biroq, parlament 2-iltimosnomani ham qabul qilmadi.40-
yillarning o'rtalarida chartistlar harakati yangidan jonlandi.1845 yil
"Chartistlarning agrar jamiyati" tuzildi.Uning asosiy maqsadi yer islohotini o'tkazish
edi.Yer islohoti lendlordlarga tegishli yerlarni davlat tomonidan sotib olinishini va bu
yerlarni ishchilarga mayda yer mulklari siiatida berilishini ko'zda tutgan edi. Ammo,
bu rejalarning xayoliy ekanligi, qolaversa 1848 yilda jamiyatning moliyaviv bankrotga
uchrashi natijasida ushbu jamiyatning ishchilar orasidagi ta'siri tushib ketdi.1847 yil
Angliyada eng kuchli savdo-sanoat inqirozi yuz berdi.Angliyaning sanoati
rivojlangan tumanlaridan biri bo'lgan Lankashirdagi fabrikalarning aksariyati
butunlay to'xtatildi.1848 yil boshlarida mamlakatdagi ishsizlar soni 4 mln.ga
yaqin edi.1847 yilgi inqiroz va 1848 yildagi inqilob yana chartistlar harakalini
kuchayishiga sabab bo'ldi. 1848 yil aprelida chartistlarning Milliy konventi
ochildi.U parlamentga 3-iltimosnomani berishga qaror qildi.lltimosnomani
parlamentga berish uchun 10 aprelda Londonda ommaviy xalq namoyishini
uyushtirish rejalashtirildi. Biroq, bundan xabar topgan hukumat tezda
poytaxtga
ko'p
sonli
qo'shin
kiritib
ommaviy
namoyishga
yo'l
qo'ymadi.Chartistlarning
maqsadi
amalga
oshmadi.1848
yil
yozida
parlament 3-iltimosnomani ham rad etdi. Chartistlarga qarshi ta'qib va
qatag'onlar bu harakatning susayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: