Buyuk Britaniya Reja Davlat tuzumi Tabiati Tarixi



Download 1,4 Mb.
Sana13.01.2020
Hajmi1,4 Mb.
#33657
Bog'liq
Buyuk Britaniya

  • Reja
  • Davlat tuzumi
  • Tabiati
  • Tarixi
  • Sanoati
  • Transporti
  • Adabiyoti
  • WWW.ARXIV.UZ
  • WWW.ARXIV.UZ
  • WWW.ARXIV.UZ

Tarixi

  • Tarixi
  • Hoz. B. B. hududida mil. av. 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-a.ning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-a. boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 y.larda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida bo’lgan.
  • 1066 y. Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan so’ng mamlakatda feodal yer egaligi paydo bo’lib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-a.larda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bo’la boshladi. 12—13-a.larda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 y. paydo bo’lgan
  • WWW.ARXIV.UZ

Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo’ldi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning ko’payishi va 1348—49 y.lardagi vabodan so’ng aholi ahvolining og’irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloniga sabab bo’ldi. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki bo’ldi. 15-a.da Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yo’qotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o’rta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo’ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko’payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xo’jaliklari xonavayron bo’ldi. 16-a.ning 30-y. larida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo’yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo’lib berildi. 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shim. Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bo’dsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g’olib chikdi. 16-a. oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-a.dagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda g’alaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar q. x. hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga to’siq bo’lib turgan g’ovlarni yo’qotdi, i. ch. kuchlarining rivojlanishiga yo’l ochdi. 17-a. oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo bo’ldi. 18-a. o’rtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga o’tish uchun sharoit yaratildi. 18-a.ning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-a. o’rtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.

  • Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo’ldi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning ko’payishi va 1348—49 y.lardagi vabodan so’ng aholi ahvolining og’irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloniga sabab bo’ldi. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki bo’ldi. 15-a.da Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yo’qotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o’rta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo’ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko’payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xo’jaliklari xonavayron bo’ldi. 16-a.ning 30-y. larida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo’yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo’lib berildi. 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shim. Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bo’dsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g’olib chikdi. 16-a. oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-a.dagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda g’alaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar q. x. hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga to’siq bo’lib turgan g’ovlarni yo’qotdi, i. ch. kuchlarining rivojlanishiga yo’l ochdi. 17-a. oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo bo’ldi. 18-a. o’rtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga o’tish uchun sharoit yaratildi. 18-a.ning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-a. o’rtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.
  • WWW.ARXIV.UZ

17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun bo’lgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo’ldi. Fransiyaning mag’lubiyatidan B. B. burjuaziyasi o’z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga o’tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg’arilib, sanoatda to’ntarish yasashga zamin tayyorlandi.

  • 17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun bo’lgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo’ldi. Fransiyaning mag’lubiyatidan B. B. burjuaziyasi o’z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga o’tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg’arilib, sanoatda to’ntarish yasashga zamin tayyorlandi.
  • 19-a.ning 30-y.larida i. ch.ning fka tizimi qaror topdi. 30—40-y.larda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni ko’paytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Jan. Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-a.ning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afg’onistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va b.), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qo’zg’olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qo’zg’olonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. 1878 y. Kipr o.ni, 1882 y. Misr, 1898 y. Sharqiy Sudanni, 1899—1902 y.larda Jan. Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.
  • 20-a. boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya o’rtasidagi ziddiyat 1-jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida g’olib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga o’z mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-y.larda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 y. B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qo’shilib, 2-jahon urushining boshlanishiga yo’l ochdi. 1939 y. 3 sent.da B. B. Olmoniyaga urush e’lon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. 2-jahon urushidan so’ng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-y.larning o’rtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. 2-jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979 y.dan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT a’zosi. O’zR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 18 fevralda o’rnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tug’ilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).
  • Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 y. tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 y. tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 y.da tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 y.da tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 y.da B.B. Kommunistik partiyasining sobiq a’zolari tomonidan tuzilgan; So’l demokratlar partiyasi, 1920 y. tashkil etilgan.
  • Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 y. tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 y. tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 y. tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 y. tashkil etilgan.
  • WWW.ARXIV.UZ

Adabiyoti

  • Adabiyoti
  • Ingliz adabiyoti 5—6-a.
  • larda vujudga kela boshlagan. 5—11-a.larda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. B. B.ni normannlar zabt etgach (11-a.), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-a.ning ikkinchi yarmiga kelib, o’rta ayerlar B. B. adabiyoti yuqori bosqichga ko’tarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan B. B. adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani an’analari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qo’shchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uyg’onish davri B. B. adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser she’rlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulug’ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uyg’onish davri B. B. adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bog’liqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, ma’naviy o’zgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining so’nggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon bo’ldi.
  • WWW.ARXIV.UZ

18-a. ingliz ma’rifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilg’or g’oyalarni targ’ib qilish xosdir. Bu davrda she’riyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zo’r irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-a. B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yo’nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilg’or romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning o’tmishi, urfodati, siyosiy kurashlari o’z ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-a.ning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo bo’ldi.

  • 18-a. ingliz ma’rifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilg’or g’oyalarni targ’ib qilish xosdir. Bu davrda she’riyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zo’r irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-a. B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yo’nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilg’or romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning o’tmishi, urfodati, siyosiy kurashlari o’z ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-a.ning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo bo’ldi.
  • 19-a.ning oxiri, 20-a.ning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-a. tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich bo’ldi. 20-a.ning ikkinchi yarmida dekadentlik va b. reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz o’girib, voqelikni to’g’ri ko’rsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi.
  • B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari o’zbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „So’na“ romanlari va b.
  • WWW.ARXIV.UZ

Me’morligi

  • Me’morligi
  • B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy me’moriy yodgorliklar (Stonxenj — megalit inshooti) va o’rta asrda qurilgan Vinchester, Norij va b. ibodatxonalar mavjud. Me’morlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga bo’linadi: roman (11— 12-a.lar); gotika (12—15-a.lar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels sh.laridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-a.lar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari ko’proq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur me’morlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-a.), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va b.) avj oldi. 19-a. oxiri, 20-a. boshlarida shaharlar qurish („bog’shahar“, „yo’ldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi me’morlar), maktab, turar joy, maishiyma’muriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va b. me’morlar) kjsaldi. 20-a. boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa bo’ylab bu oqim inqirozga uchradi va b. („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi me’morlar zamonaviy me’morlikning rivojlanishiga hissa qo’shdilar.
  • Tasviriy san’ati
  • 7— 12-a.larda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh o’ymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-a.
  • ga mansub ibodatxonalarda haykalchalar o’rnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-a. rassomligida portret salmoqli o’rin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret san’atini yaratdilar.
  • 18-a. birinchi yarmida paydo bo’lgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U o’sha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-a. ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuyg’ularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo bo’ldi.
  • WWW.ARXIV.UZ

Teatri

  • Teatri
  • B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bog’liq o’yinlar va urfodatlardan boshlanadi. O’rta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-a.dan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uyg’onish davrining insonparvarlik g’oyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-a. oxiri — 17-a. boshi B. B. teatrining „oltin davri“ bo’ldi. Bu davrda 3 xil teatr bo’lgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-a.ga kelib, teatr ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy o’rinni egalladi. 19-a. dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga o’tdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon sh.da Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961 y.dan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-a. boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qo’yildi. 20-a.ning 30—40-y.larida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963 y. Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rej.lar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud B. B. teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. B. B.dagi teatr o’quv yurtlari: Qirollik drama san’ati akademiyasi (1904 y.dan), Bristol untining teatr fakulteti.
  • B. B.da teatr raqsi o’rta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol o’ynadi. B. B.da „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.
  • B. B. sirki 18-a.da laydo bo’lib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pog’onaga ko’tarildi. U ot o’ynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol o’ynadi. B. B.da yezda ko’chma sirklar ishlaydi.
  • WWW.ARXIV.UZ

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish