tarkib va formal tarkib) bog‘liq bo‘ladi. Javobgarlikka tortish muddatlarining o‘tib
ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish masalasi dastlabki tergov
bosqichida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan shaxsni jinoyat sodir
etishda aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan
jinoyat ishini tugatish
to‘g‘risidagi qaror asosida tugatiladi. Javobgarlikka tortish muddati jinoyat ishi
sudda ko‘rilayotgan vaqtda o‘tib ketgan bo‘lsa, jinoyat ishi sud tomonidan ajrim
bilan tugatiladi.
29.
Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish va yarashilganligi
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishning o‘zaro
o‘xshash va farqli jihatlarini bayon eting
.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-moddasida aybdor o‘z
qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati
bilan javobgarlikdan ozod
qilishning quyidagi shartlari keltirilgan: 1) shaxs ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan
yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni
birinchi marta sodir etganligi; 2) aybini
bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilganligi; 3) shaxs o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lganligi; 4) jinoyatning ochilishiga faol yordam berganligi; 5)
jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf qilganligi. Ushbu keltirilgan
holatlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo‘lganda jinoyat sodir etgan shaxs o‘z
qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod
qilinishi mumkin. Yuqorida keltirilgan holatlarning barchasi bir vaqtda bo‘lmagan
taqdirda ushbu norma qo‘llanilmay, shaxsga nisbatan jazoni yengillashtiruvchi
holatlar (JK 55-moddasi), yengilroq jazo tayinlash yoki aybdor o‘z qilmishiga
amalda pushaymon bo‘lganida (JK 57-moddasi) jazo tayinlash normalari
qo‘llanilishi mumkin. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar qasddan sodir
etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish
tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir
etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar tushuniladi. Uncha og‘ir bo‘lmagan
jinoyatlar qasddan sodir etilib,
qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p
bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan
jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan
ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan
jinoyatlar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi
asosida jinoyatni birinchi marta sodir etganligi deganda
shaxsni sudning qonuniy
kuchga kirgan ayblov hukmi asosida javobgarlikka tortilmaganini tushunilishi
lozim. Agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo ayblilik
to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa ham unga
nisbatan JKning 66-moddasini qo‘llashni istisno etmaydi. Aybni bo‘yniga olish
to‘g‘risidagi arz qilish – ariza beruvchining o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u
shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon
etilmasdan
oldin bergan xabaridir. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish bu – shaxsning o‘z
sodir etgan qilmishi va uning oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati bo‘lib, chin
ko‘ngildan pushaymonlik nafaqat kechirim so‘rashda, balki jinoyat oqibatlarini
bartaraf etishda faol ishtirok etishda, yetkazilgan zararni qoplashda, o‘zida
aybdorlik hissini tuygan holda jabrlanuvchi va jinoyat natijasida jabrlanganlar,
ularning
yaqinlari, jamoatchilik oldida o‘zidagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatishda
ifodalanadi. Jinoyatning ochilishiga faol yordam berish bu – shaxs tomonidan
dastlabki tergov yoki sud organlariga ma’lum bo‘lmagan, ammo jinoyatning sodir
etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faktlar va ma’lumotlarni taqdim etish, vakolatli
organlarga topshirish, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va
holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish faol ishtirok etish tushuniladi
Do'stlaringiz bilan baham: