1.
Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima
tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering.
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda
amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar agar ularning
o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan
e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi
1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan bo‘lib, shu kunda rasman e’lon qilingan.
Chunki, rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga
tortilishi yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. E’tiborli
tomoni Shundaki, Jinoyat kodeksi 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinishiga
qaramasdan, 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan. Demak, 1995-yil 1-apreldan
boshlab sodir etilgan jinoyatlar faqatgina yangi tahrirdagi O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi. Jinoyat huquqida ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etilgan vaqtni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
jinoyat sodir etilgan vaqt tamom bo‘lgan jinoyat sifatida e’tirof etiladi va amaldagi
Jinoyat kodeksi bo‘yicha tartibga solinadi. Jinoyat huquqida jinoyat sodir etilgan
vaqt formal yoki moddiy tarkibli jinoyatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Formal
tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan aybli
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi tamom bo‘lgan
jinoyat deb, topilishi mumkin. Bunda, Jinoyat kodeksi 13-moddasida belgilangan:
“Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti
jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan bo‘lsa, ijtimoiy xavfli qilmish
bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi”, 22 degan qoidasi amal
qiladi. Masalan, shaxsiy hayot daxlsizligini buzish jinoyati (1411 -modda). Moddiy
tarkibli jinoyatlarda esa Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan aybli
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi natijasida ijtimoiy
xavfli oqibat yuzaga kelishi tamom bo‘lgan jinoyat deb topilishi mumkin. Bunda
Jinoyat kodeksi 13-moddasida belgilangan: “agarda ushbu Kodeks moddasida
jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa,
jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi” degan qoida
amal qiladi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyati (109-
modda). Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki
shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga
ega, ya’ni Jinoyat kodeksi kuchga kirguniga qadar muayyan jinoyatni sodir etgan
shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan,
agar ular hali sudlangan hisoblansa tatbiq etiladi. Jinoyat qonuni amal qilish doirasi
va kuchi quyidagi holatlarda bekor bo‘lishi mumkin: 1) Jinoyat kodeksi bekor
qilinib, uning o‘rniga yangi tahrirda qonun qabul qilinsa; 2) Jinoyat kodeksining u
yoki bu normasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsa. Jinoyat qonunining orqaga
qaytish kuchi deyilganda yangi qabul qilingan qonun kuchga kirgunga qadar sodir