Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering



Download 279,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana09.03.2023
Hajmi279,68 Kb.
#917534
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
jinoyat huquqi javoblar

Jinoyatning motivi.
Jinoyat motivi – subyekt ehtiyojlari va manfaatlari sababli yuzaga
keladigan, anglangan moyillik bo‘lib, uni jinoiy qilmish sodir etishga
undaydi. 
Insonning har qanday irodaviy harakati, jumladan jinoiy harakati
muayyan motivlarga ega bo‘ladi va qo‘yilgan maqsadga erishish tomon
yo‘nalgan bo‘ladi. Motiv va maqsad o‘rtasida ichki aloqadorlik mavjud.
Shaxsda jinoyat motivining shakllanishi muayyan maqsadning
qo‘yilishini ham nazarda tutadi. Shu bois u yoki bu jinoyatni sodir etish
motivlarini aniqlash ko‘pincha shaxsning jinoyat sodir etish orqali
erishmoqchi bo‘lgan jinoiy maqsadlarini ham aniqlash imkonini beradi.
Masalan, birovning mulkini g‘ayriqonuniy egallashda g‘arazli
motivlarning mavjudligi o‘zganing mulki hisobidan boyish maqsadi ham
mavjudligini taqozo etadi. 
12.
Aqli rasolik va aqli norasolik deb nimaga aytiladi? Uning mezonlarini 
ochib bering. 
Amaldagi jinoyat qonuniga ko‘ra, faqat aqli raso shaxslar
javobgarlikka tortilishlari va sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchun
sudlangan deb topilishi mumkin. Demak, aqli rasolik, shaxsning
belgilangan yoshga yetishi bilan birga, jinoiy javobgarlik vujudga
kelishining zaruriy sharti hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 18-moddasi 1-qismiga muvofiq, jinoyat sodir
etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z


harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi. Shundan kelib
chiqqan holda, «aqli rasolik» tushunchasining yuridik mezoni ikki turdagi
belgi bilan tavsiflanadi: aqliy (intellektual) va irodaviy. Aqli rasolikning
aqliy (intellektual) belgisi – shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish xususiyatini
anglab yetish qobiliyati. Irodaviy belgi shaxsning o‘z xulq-atvorini
boshqarish layoqatini aks ettiradi. 
Jinoyat huquqi odamning aqli rasolik prezumpsiyasidan kelib
chiqadi. Bu shuni bildiradiki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs,
qoidaga ko‘ra, aqli raso shaxs bo‘ladi. Barcha holatlarda jinoyat
subyektining aqli rasolik belgisini tekshirish talab qilinmaydi. Bunday
tekshiruv faqat sodir etilgan jinoyatning xususiyati, qilmishni sodir
etishdan oldin va keyingi xulq-atvorga asosan, uni sodir etgan shaxsning
ruhiy sog‘lig‘i to‘g‘risida shubha tug‘ilgandagina amalga oshiriladi.
Bunday holatlarda aqli rasolik ruhshunos shifokorlarga yuklatilgan sudpsixiatriya 
ekspertizasini tayinlash orqali amalga oshiriladi. 
Aqli norasolik deganda, shaxs ruhiy holatiga ko‘ra, sodir etayotgan
jinoyatining mohiyatini anglamasligi va o‘zini boshqara olmasligi
tushuniladi. Jinoyat kodeksining 18-moddasi 2-qismida ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni surunkali
ruhiy kasalligi; ruhiy holati vaqtincha buzilganligi; aqli zaifligi yoki
boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini
anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka
tortilmaydi. Shunday qilib, aqli norasolik holati jinoiy javobgarlikni
istisno qiladi. Shaxsning aqli norasoligi tibbiy va yuridik mezonlar birligi
va majmui bilan aniqlanadi.
Qoidaga ko‘ra, odamning aqli norasoligini bilish aqli norasolikning
tibbiy mezonini aniqlashdan boshlanadi. Aqli norasolikning tibbiy mezoni


shaxsni aqli noraso deb topish uchun obyektiv asos bo‘ladigan ruhiy
xastalikning mavjudligidir. Jinoyat qonuni ruhiy xastaliklarning quyidagi
tasnifini belgilaydi: 1) surunkali ruhiy kasallik; 2) ruhiy holatning
vaqtincha buzilganligi; 3) aqli zaiflik; 4) boshqa tarzdagi ruhiy kasalliklar
(JK 18-m. 2-q.) 
13.

Download 279,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish