Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering


Jinoyat huquqida xato va uning turlarini bayon eting



Download 279,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana09.03.2023
Hajmi279,68 Kb.
#917534
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
jinoyat huquqi javoblar

 Jinoyat huquqida xato va uning turlarini bayon eting 
Xato tushunchasi va uning turlari jinoyat tarkibi subyektiv tomonini 
o‘rganishda alohida ahamiyatga ega. Jinoyat sodir etgan shaxs o‘z navbatida 
qilmishining jinoiyligini oldindan bilishi yoki bilmasligi ham mumkin, bu esa 
shaxsga jinoiy javobgarlik belgilashga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik olimlar 
tomonidan xato yuridik va faktik xatolarga bo‘linadi. Yuridik xato (error juris) 
deyilganda, bu sodir etilayotgan qilmishning yuridik mohiyati va oqibatlarining 
noto‘g‘ri baholanishi hamda tasavvur qilinishi tushuniladi. Faktik xato (error 
facti) deyilganda jinoyat huquqi nazariyasida shaxs tomonidan sodir etilgan 
ijtimoiy xavfli qilmishning faktik holatlari, jinoyat tarkibining zaruriy 
belgilariga nisbatan yanglishishi, noto‘g‘ri tasavvur qilishi tushuniladi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida faktik xatoning ham bir necha ko‘rinishi berilgan: 
jinoyatning obyektiga, jinoyat predmetiga; jinoyatning obyektiv belgilariga 
(harakat yoki harakatsizlik va undan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
oqibatlarga) nisbatan xato va hokazolar. Jinoyat obyektiga nisbatan xato – 
tajovuz qilinayotgan obyektning ijtimoiy va yuridik mohiyati haqida noto‘g‘ri 
tasavvur qilishdir. Masalan, aybdor ayolning homiladorligini oldindan bila 
turib qasddan o‘ldirsa JK 97-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan, agar aybdor 
homilador bo‘lmagan ayolni homilador deb o‘ylab qasddan o‘ldirgan bo‘lsa, 
qilmish JK 97-moddasi birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi18 . 
Jabrlanuvchi shaxsiga yoki predmetiga nisbatan xato – tajovuzning predmetiga 


nisbatan xato qilishda, aybdor mo‘ljallangan predmetga emas, boshqabir 
predmetga ta’sir ko‘rsatadi Masalan, A.ni o‘ldirishni maqsad qilgan shaxs 
adashib B.ni o‘ldirib qo‘yadi. Bunda aybdorning adashganligi qilmishni 
kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmaydi va aybdorning qilmishi umumiy 
asoslarda JK 97-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Agar shaxs o‘zga 
shaxsning diplomatida ko‘p miqdorda pul bor deb o‘g‘irlasa, biroq diplomatni 
ochib qarasa pul emas, oddiy qog‘ozlar bo‘lsa, bunday holatda shaxsning 
predmetga nisbatan xatosi tugallangan jinoyat deb emas, balki jinoyatga 
suiqasd deb kvalifikatsiya qilinishi lozim (JK 25,169-modda). Jinoyatning 
obyektiv belgilariga nisbatan xato – shaxs ijtimoiy xavfli qilmish qilyapman 
deb o‘ylaydi, biroq uning harakatida u o‘ylagan ijtimoiy xavflilik xususiyati 
bo‘lmaydi. Shaxs qonuniy harakat qilmoqdaman deb o‘ylaydi, aslida harakati 
ijtimoiy xavfli qilmishligini anglamaydi (Masalan, shaxs chet el valyutasi 
qalbakiligini bilmay ayirboshlaydi, aslida esa u qalbaki bo‘lib chiqadi yoki 
aybdor boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda bir shaxsga 
tajovuz qiladi, biroq ehtiyotsizlik orqasida boshqa shaxs ham o‘ladi yoki 
sog‘lig‘iga shikast yetkaziladi).

Download 279,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish