40.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tushunchasi va jinoyat-huquqiy
tavsifi
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari – bu ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda
aybli deb topilgan aqli noraso shaxslarga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan
qo’llanadigan va ularni davolash hamda ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar
sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanadigan majburlov Aqli noraso
shaxs esa jinoyat subekti bo‘lishi mumkin emas. Shu sababdan ham aqli noraso
deb topilgan shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganda sud tomonidan unga
nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin. Tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralari bu ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda aybli deb
topilgan aqli noraso shaxslarga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan
qo‘llanadigan va ularni davolash hamda ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar
sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanadigan majburlov chorasi
hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 91-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarining maqsadlari belgilangan. Unga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralari ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga
nisbatan ularni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir
etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin. Bundan tashqari sud
jazolash bilan bir qatorda alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga
yo‘liqqan shaxslarga nisbatan davolash hamda jazolash maqsadiga erishishga
ko‘maklashuvchi sharoit yaratish uchun tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
tayinlashi mumkin. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy
asoslari quyidagilarda ifodalanadi: - ijtimoiy xavfli qilmishning aqli norasolik
holatida sodir etilganligi; - hukm chiqarilgunga qadar ruhiy kasallikka
chalinganligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o‘z
harakatlarini boshqara olmaslik holati; - jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka
chalinganligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o‘z
harakatlarini boshqara olmaslik holati; -shaxsning ruhiy holati va u sodir etgan
qilmishning xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavfli deb topilishi. Shunga ko‘ra
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashdan quyidagi maqsadlar ko‘zda
tutiladi: - ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga
nisbatan ularni davolash; - ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etgan shaxslarning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishining oldini olish; -
alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan shaxslarni
davolash; - alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan
shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun tayinlangan jazoning maqsadiga
erishishga ko‘maklashuvchi sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |