Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering



Download 279,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/31
Sana09.03.2023
Hajmi279,68 Kb.
#917534
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
jinoyat huquqi javoblar

Jinoyatda ishtirokchilik 
Ishtirokchilik tushunchasi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-
moddasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda 
birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir 
etish jazoni va qilmishni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lganligi sababli qilmishni 
to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hamda adolatli va qonuniy jazo tayinlashda 
jinoyatda ishtirokchilik tushunchasini va uning belgilarini bilish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Jinoyatda ishtirokchilikning belgilari – obyektiv va subyektiv belgilarga 
bo‘linadi. Jinoyatda ishtirokchilikning obyektiv belgisi jinoyatni sodir etishda 
ikki yoki undan ortiq shaxsning (miqdor ko‘rsatgichi) birgalikda (sifat 


ko‘rsatgichi) qatnashishi tushuniladi. Ya’ni jinoyat sodir etilishida ikki yoki 
undan ortiq shaxs ishtirok etadi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etilganlik deb 
topish uchun har qanday shaxsni jinoyat sodir etishda ishtirokini emas, balki 
jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lgan (JKning 17-modda.) va aqli raso bo‘lgan 
jismoniy shaxslarni (JKning 18- modda.) ishtiroki tushuniladi. Jinoyatda 
ishtirokchilikning subyektiv belgisi jinoyatni o‘zaro xabardorlik va 
kelishganlik asosida qasddan sodir etilishi tushuniladi. Jinoyat kodeksining 27-
moddasida ishtirokchilik qasddan sodir etilishi nazarda tutilgan. Ya’ni qasddan 
sodir etiladigan jinoyatlarda ishtirokchilik bo‘lishi mumkin. Jinoyatda 
ishtirokchilikning subyektiv belgisi sifatidagi o‘zaro xabardorlik bu jinoyatni 
sodir etishda ishtirok etayotgan shaxslar mazkur jinoyatni birgalikda sodir 
etayotganliklarini anglaydilar hamda yakka holda harakat qilmayotganliklarini 
tushunadilar. Jinoyatda ishtirokchilikning subyektiv belgisi sifatidagi 
kelishganlik bu shaxsni boshqa shaxs bilan birgalikda jinoyat sodir etish 
istagini mavjudligini anglatadi. Kelishganlik belgisi jinoyat sodir etilishidan 
oldin yoki jinoyat tamom bo‘lguniga qadar bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko‘ra jinoyatda ishtirokchilarning 4 turi 
mavjud. Bular bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar. 
Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga 
muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa 
vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi. 
Demak, jinoyatda bajaruvchi, eng avvalambor, jinoyat subyekti talablariga 
javob berishi shart. Ya’ni aqli rasolik va jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lgan 
shaxs bo‘lishi kerak 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan 
shaxs tashkilotchi deb topiladi. Uyushgan qurolli guruh yoki jinoiy uyushma 
tashkil etgan yoki unga rahbarlik qilgan shaxs ham tashkilotchi hisoblanadi. 
Jinoyat tashkilotchisi jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilishi, jinoyatning 
boshqa ishtirokchilarini vazifalarini bo‘lib berishi, ular o‘rtasida hamjihatlikni 
ta’minlash, jinoyatni sodir etishni boshqarishi bilan boshqa ishtirokchilardan 
xavfliligi bilan ajralib turadi 
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi. 
Dalolatchining ijtimoiy xavfliligi shundaki, u shaxsda jinoyat sodir etish 
xohishini uyg‘otadi. Jinoyat sodir etish tashabbusi bilan chiqadi. Dalolatchini 
jinoyat sodir etishga qiziqtirishi turli shaklda namoyon bo‘lishi mumkin.
Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish 
yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, 
jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga 
kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va 


o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi. 
Jinoyatda yordamchi jinoyatning boshqa ishtirokchilaridan farqi jinoyat sodir 
etish tashabbusi, jinoyatga qiziqtirish, jinoyatga rahbarlik qilish kabi 
vazifalarni bajarmaydi. Jinoyatda yordamchi jinoyat sodir etilishiga o‘z 
yordamini berishi haqida oldindan va’da beradi. 

Download 279,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish