Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering



Download 279,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana09.03.2023
Hajmi279,68 Kb.
#917534
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
jinoyat huquqi javoblar

21.
 
Jinoyatlar majmui tushunchasi va uni jazo tayinlashdagi 
ahamiyati. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Bir necha jinoyat sodir 
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorida 
jinoyatlar majmuiga oid qoidalar tushunchasi va uni qo‘llashga oid tushuntirishlar 
berilgan. Shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalari yoki bitta 
moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni (qasddan 
yoxud ehtiyotsizlik oqibatida qilinishidan qat’iy nazar) sodir etilishini jinoyatlar 
majmui deb tushunilishi lozim. Jinoyatlar majmui tushunchasi o‘zida quyidagi 
belgilarni ifoda etadi: – Jinoyat kodeksining turli moddalarida yoki bitta 
moddasining turli qismlaridagi javobgarlikka tortiladigan ikki yoki undan ortiq 
qilmishni sodir etishi; – sodir etgan qilmishlarining birortasi uchun ham shaxs 
sudlanmagan bo‘lishi lozim. Masalan, shaxs qasddan odam o‘ldirish jinoyatini 
sodir etgandan so‘ng sudlanmasdan ehtiyotsizlikdan odam o‘ldiradi. Shaxs 
bezorilik jinoyatini sodir etgandan so‘ng, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 
jinoyatini sodir etadi. Jinoyatlar majmui haqidagi normalar qo‘llashda 
adabiyotlarda jinoyatlar majmui real va ideal turga bo‘linadi. Jinoyatlar real 
majmui ikki va undan ortiq, har qaysisi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli 
moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan muayyan jinoyat tarkibini 
tashkil etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud bo‘ladi. Masalan, shaxs 
bosqinchilik jinoyatini sodir etganda so‘ng sudlanmasdan o‘g‘rilik jinoyatini sodir 


etadi. Ushbu misolda ikkita jinoyat alohida-alohida harakatlar bilan sodir etilgan. 
Jinoyatlar ideal majmuida esa aybdorning bitta xatti-harakatida Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan kamida 
ikkita jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo‘ladi. Masalan, A. mashina boshqarib 
ketayotgan B.ni qasddan o‘ldirish niyatida o‘q uzadi. Otilgan o‘q mashina 
g‘ildiragiga tegib, mashina ag‘darilib ketadi. Natijada B. halok bo‘ladi va mashina 
tuzatib bo‘lmas darajada shikastlanadi. Ushbu harakatda qasddan odam o‘ldirish va 
mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish jinoyati tarkiblari 
mavjud. 

Download 279,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish