Sudlanuvchining yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi



Download 25,69 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi25,69 Kb.
#549911
Bog'liq
Sudlanuvchining yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish to


Sudlanuvchining yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi
AJRIM

Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi 2021 yil noyabr oyi “20” kuni ochiq sud majlisida o’z binosida, unda


Raislik etuvchi, sudya: I.A.Malikov
S.Saidumarov kotibligida

Tomonlardan tuman prokurorining o’rinbosari A.Akmalovning ishtirokida O’zbekiston Respublikasi JK 105-moddasi 1-qismi bilan ayiblanib sudga berilgan Axmedov.Bga oid 54725-sonli jinoyat ishini ko’rib, quyidagilarni

ANIQLADI:

Dastlabki tergov organlari tomonidan yeg’ilgan hujjatlarga ko’ra Axmedov.B 2021 yil 25-oktyabr kuni taxminan soat 20:00larda boshqa shaxslarning sog’lig’iga qarshi jinoyat qilib, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 30-28-5da ya’ni o’z xonadonida turmush o’rtog’i Axmedova.Aga rashk oqibatida tan jaroxati yetqazgan. Sud-tibbiy ekspertizasininh № 728-sonli 02.11.2021 yilgi xulosasiga ko’ra Axmedova.Aga og’irlik darajasi bo’yicha o’rtacha og’irlikdagi tan jarohati yetqazganlikda ayiblanib, dastlabki tergov organlari tomonidan Axmedov.Bga sodir etgan harakarlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi JK 105-moddasi 1-qismi bilan ayb e’lon qilingan.


Mazkur jinoyat ishi mazmunan hal qilishlik uchun tuman sudiga yuborilgan bo’lib, jinoyat ishini ko’rish 2021 yil 20-noyabr kuniga tayinlangan. Lekin, sudlanuvchining turmush o’rtog’i ya’ni Axmedova.A dastlabki tergov jarayonida uning turmush o’rtogi ya’ni Axmedov.B, Axmedova.Aning davolanishi uchun ketgan xarajatlarni qoplaganligi, shuningdek, ma’naviy zarar qoplanganligi va turmush o’rtog’i bilan yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish haqida ariza bilan murojat qilinganligi bayon etilgan.
O’zbekiston Respublikasi JPKninga 84-moddasining 8-bandida korsatilishicha shaxsning o’z qilimishiga amalda pushaymon bo’lishi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetqazilgan moddiy zararni o’rni qoplanganligi va jinoyat oqibatlari bartaraf etilgan bo’lsa shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik to’g’risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatilishi lozimligi nazarda tutilgan. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasida yarashganligi munosabti bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish nazarda tutilgan.
Sud, sudlanuvchining Axmedov.Bni Axmedova.Aga nisbatan qilgan jinoyatidan pushaymonligini va yetqazilgan moddiy zararni qoplaganligi, shuningdek Axmedova.A ning yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish to’g’risidagi arizasini inobatga olib, hamda yuqorida ko’rsatib o’tilgan qonun normalariga rioya qilgan holda jinoyat ishini harakatdan tugatishni lozim de topadi.
Yuqoridagilarga asosan hamda O’zbekiston Respublikasi JPKninga 84-moddasining 8-bandi, JKning 661-moddasi va 423-moddalariga asoslanib, sud ajrim qiladi

AJRIM
1991 yil 10-martda Toshkent shahrida tug’ilgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – o’zbek, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, deputat etib saylanmagan, oilali 1 nafar farzandi bor, Uchtepa tumani 30-28-5 yashovchi Axmedov.Bni O’zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan ayiblash haqidagi 54725-sonli jinoyat ishi Axmedov.Bning turmush o’rtog’i ya’ni jabrlanuchi Axmedova.A bilan yarashganligi munosabati bilan, JPKninga 84-moddasining 8-bandi va JKning 661-moddasiga asosan harakatdan tugatilsin.


Axmedov.Bga nisbatan qo’llanilgan ehtiyot chorasi bekor qilinsin.
Ajrimdan norozi tomon 20 kun ichida xususiy shikoyat yoki e’tiroz keltirishlari mumkin.

Raislik etuvchi, sudya: I.A.Malikov
Download 25,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish