Bog'liq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashiga 29
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashiga 29-Sayqal saylov okrugidan saylangan deputat D.A.Umerovaning faoliyati to’g’risida
MA’LUMOT
Deputat D.A.Umerova o’zining 2021 yil uchun ish rejasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalardan kelib chiqib faoliyat olib bordi.
Jumladan o’zi saylangan hududdagi aholining muammolarini o’rganib yechim topish masalasida bir qator deputatlik so’rovlari bilan tegishli tashkilot va korxonalarga murojaatlar yo’lladi. Yangiyer shahar Shodiyona mahallasi, Fazogirlar ko’chasida yashovchi fuqarolar tomonidan yo’llangan murojaatnoma asosida ushbu ko’chada yashovchi aholi uchun toza ichimlik suvini yetarli darajada ta’minlanmaganligi, ko’p qavatli uylarning tomlarini yaroqsiz holga kelganligi va kanalizatsiya tizimining ishlamasligi, tungi vaqtda ko’chalarning yoritilishi yetarli emasligi, yo’llar tamir-talab ekanligi yuzasidan tegishli shahar korxona va tashkilotlariga murojaat qilinib muammolar o’z joyida bartaraf etishiga erishildi.
Yagiyer shahar Ma’rifat mahallasi, Baxt ko’chasida yashovchi fuqarolar tomonidan keltirilgan murojaatnoma asosida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelayotganligi to’g’risidagi muammolarni hal etishda, Yangiyer shahar “Suvoqova” DUK tashkiloti tomonidan ushbu masalalarni hal etilishida murojaat qilinib muammolar o’z joyida bartaraf etildi.
Yangiyer shahar “Shodlik” mahallasi, Alisher Navoiy va Yangi bog’ ko’chasida yashovchi fuqarolari o’tkazilgan qabuldagi og’zaki murojaatlariga ko’ra 8 va 3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga avtomobil yo’lini kesib o’tishlarida bir muncha noqulayliklar tug’ilayotganligi sababli piyodalar o’tish yo’li belgisi zarurligi, Navro’zobod MFY, A.Navoiy ko’chasida yashovchi fuqarolarning farzandlari Shodiyona mahallasida joylashgan 10-sonli umumiy o’rta maktabga kelib –ketishlariga ichki yo’l mavjud emasligi kabi muammolar yuzasidan “O’zavtoyo’l” xududiy boshqarmasiga ushbu muammolarni ijobiy hal etishda amaliy yordam so’rab qilingan deputatlik so’rovi o’z vatida ijobiy hal etilgan.
Saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o’rnatish maqsadida partiyaning “Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida haftaning chorshanba kunlari o’zi saylangan mahallalarda xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar o’rnatildi. Ushbu muloqotlar davomida aholining muammolari tinglanib og’zaki va yozma murojaatlari o’z vaqtida hal etilishiga erishildi. Shuningdek Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida partiyaning “Adolat siyosiy –huquqiy o’quvlari kuni” loyihasi doirasida har haftaning seshanba kunlari mahallalarda aholini keng jalb qilgan holda 15 ta siyosiy-huquqiy o’quvlar tashkil etdi.
Vaqtincha daromadsiz qolgan ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko’mak” umumxalq xarakati bo’yicha kam ta’minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarga oziq-ovqat va tibbiyot maxsulotlarini beg’araz yordam sifatida berdi. Jumladan Yangiyer shahar Shodlik mahallasida yashovchi Rajabova Naziraga turmush sharoitini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida bir million sakkiz yuz ming so’mlik moddiy yordam ko’rsatildi. “Keksalarni qadrlash” oyligi doirasida Shodlik mahallasida yashovchi nuroniylarga “Bir payola choy ustida” ko’ngilli hordiq chiqarishlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. “Shodiyona” mahallasida yashovchi 12 nafar mehnat faxriylariga 1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan sakkiz yuz ming so’mlik estalik sovg’alari tarqatildi. Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga yordam ko’rsatish, “Yoshlar daftari”da turgan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida Shukrona mahallasida yashovchi Xuseinova Fazilat, Shodiyona mahallasida yashovchi Yo’ldasheva Barchinoylar ish bilan ta’minlandi. “Ayollar daftari”da turuvchi Shodiyona mahallasi fuqarosi Shoirani bandligi ta’minlandi.
Deputatlik faoliyati davomida –dan ortiq ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirib, oilalarni saqlab qoldi. 2021 yil oilaviy kelishmovchilik orqali ajrim yoqasiga kelib qolgan –ta oilalar yarashtirilib, -nafar bolalar etimlikdan saqlab qolindi, olib borilgan tushuntirish va targ’ibot ishlaridan so’ng salbiy ko’rsatkichlar bir muncha kamaygan. 2021 yil yakuni bo’yicha “Shodlik”, “Ma’rifat” va “Navro’zobod” mahallalarida –nafar xotin-qizlar bilan muloqotlar o’tkazildi va uning yakunlari bo’yicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan –nafar xotin-qizlarga bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o’qitish, tadbirkorlikka jalb etib kredit ajratish, uy-joyni ta’mirlash, moddiy, tibbiy yordam, huquqiy va psixologik maslahat berish orqali ularga amaliy yordamlar ko’rsatildi. 2021 yil davomida –nafardan ortiq tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilishida ko’maklashib, ushbu xonadonlarda parradachilik, issiqxonalar, kichik tikuvchilik sexlari tashkil etilib, xotin-qizlarni banligini ta’minlab, axoli daromadini oshirishga xissa qo’shib kelmoqda. Shunindek 200 dan ortiq xotin-qizlarni kelajakda yetuk tadbirkor bo’lishlariga ko’maklashish maqsadida “Tadbirkorlik markazida o’qitilishiga erishdi.